O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Farg‘ona, Bо‘ka, Parkent va Namangan voqealari


Download 0.52 Mb.
bet6/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

3.Farg‘ona, Bо‘ka, Parkent va Namangan voqealari.

Farg‘ona vodiysida XX asr 80-90-yillarida о‘ziga xos murakkab demografik vaziyat hukm surardi. Aholining tabiiy о‘sish darajasining tezlashuvi natijasida mintaqada siyosiy-iqtisodiy va etnodemografik muammolar keskinlashuvi ma’lum darajada о‘ziga xos chigal ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik sharoitni yuzaga keltardi.


Farg‘ona voqealari etnik va maishiy asosda (turli millat vakillarining restoranlarda о‘zaro mushtlashuvi) bilan boshlangan bо‘lishiga qaramasdan, fojeaning chuqur ildizlari vodiyda yashayotgan aholining, eng avvalo, о‘zbeklarning og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bog‘liq edi. Markazning О‘zbekistonda olib borayotgan siyosati, bu siyosatni izchil amalga oshirgan mahalliy partiya, sovet va xо‘jalik organlarining tub aholi manfaatlariga pisandsiz qarashi, xokimiyatning boshqaruv organlarida poraxо‘rlik va korrupsiyaning avj olishi, jinoyatchilikning kuchayishi о‘n yillar davomida tо‘plangan muammolarni yana ham keskinlashtirgan edi.
Ma’lumki, Ikkinchi jahon urushi davrida I.V.Stalinning 1944 yil 14 noyabrdagi qaroriga kо‘ra, 120 ming nafar mesxeti turklari Gruziyadan О‘rta Osiyo respublikalariga kо‘chirilgan edi. Deportyatsiya qilingan mesxeti turklarining eng kо‘p qismi (106 ming 700 kishi) О‘zbekistonga joylashtirilgan. Shulardan 17 ming nafari Farg‘ona viloyatiga joylashtiriladi. Ular viloyatning asosan, Quvasoy, Komsomolsk (hozirgi Yangi Marg‘ilon) posyolkalarida, Oxunboboyev, Quva, Rishton, Farg‘ona, Kirov (hozirgi Beshariq) rayonlarida yashar edilar.
1989 yilda Quvasoy rayonida 58 400 kishi yashagan bо‘lsa, boshqa 47 ta millatlar orasida mesxeti turklarining soni 4340 tani tashkil qilgan. Quvasoyda 1989 yil may oyida bо‘lgan bir qancha bezoriliklar, ayniqsa mesxeti turk yoshlarining tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari Farg‘ona voqealarining boshlanishiga turki vazifasini о‘tagan. Bu xolatdan mesxeti tuklari vaziyatni keskinlashtirib, о‘z tarixiy vatanlariga qaytishni tezlashtirish yо‘lida foydalanmoqchi bо‘lishadi.
Quvasoyda yashovchi mesxeti turklarining aksariyati savdo muassasalarida, maishiy xizmat va boshqa shu kabi sohalarda faoliyat olib borishar, shaharda kо‘pgina daromadli jabhalarda ham ushbu xalq vakillari xizmat qilar, natidaja bu yerda juda kо‘p yer uchastkalari va qurilish obektlari ularning xissasiga tо‘g‘ri kelar edi. Quvasoyda mesxeti turklarining iqtisodiy ahvoli boshqa millatlarnikiga qaraganda yaxshi edi. Xullas, “tadbirkor va uddaburon” mesxeti turklari mahalliy hokimiyat organlari bilan yaxshi munosabatda bо‘lib, iqtisodiy jihatdan ularni “ta’minlab” ham turishgan.
Quvasoyda hukm surgan ijtimoiy tanglik bu yerda yashovchi turli millatlar, jumladan о‘zbeklar va mesxeti turklari о‘rtasida janjalni yuzaga keltirib, jiddiy tо‘qnashuvlarni keltirib chiqargan. Bu qarama-qarshilik butun may oyi davom etgan. Lekin bunga mahalliy sovet va partiya idoralari yetarli darajada e’tibor qaratmagan. Mayda bezorilar о‘z vaqtida jazolanmagan. Voqealar tafsiloti sovet hokimiyati tomonidan odatdagidek xalqdan sir tutilgan. Voqealardan bir oy о‘tib matbuotda e’lon qilingan materiallarda esa mesxeti turklari jabrdiyda qilib kо‘rsatilgan va markaziy gazetalarda ayb о‘zbek xalqiga yuklanib ularga nisbatan notо‘g‘ri qarash shakllantirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga kо‘ra birinchi bо‘lib mesxeti turklari mahalliy aholiga nisbatan sovuq qurol ishlatganlar. Xatto militsiya xodimlari mesxeti turklariga murojaat qilib, “о‘zbeklarga tegmanglar, ularni о‘tqazib yuboringlar” deyishlariga qaramay, ular katta tо‘qnashuvlarni keltirib chiqarishgan. Natijada 72 nafar о‘zbek, tojik, qirg‘iz millatiga mansub kishilar, bir necha militsiya xodimlari og‘ir yarador holatda shifoxonaga keltirilgan. Vaziyat 1989 yilning 24 may kuni kechqurun nihoyatda keskinlashgan.
1.Ushlanganlar ozod qilinsin. 2. Mesxeti turklari Farg‘onadan zudlik bilan kо‘chirilsin.
Talabnoma rad qilingach, olomon raykom binosiga hujum qiladi. Militsiya xodimi olomonga qarata avtomatdan о‘q uzadi. 2 kishi xalok bо‘lgan 5-6 kishi yaralangan va olomon chekingan. Lekin olomon shaharning boshqa joylarida tо‘palonlarni davom ettirishgan.
Toshloqdagi fojealar oqibatida 5 iyunga qadar tumanda 16 nafar kishi (11 nafari mesxeti turklari va 5 nafar о‘zbek), keyinroq yana 2 nafar kishi xalok bо‘ldi. 46 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan, 57 ta uy yondirildi va 121 ta uyga shikast yetkazildi. Tuman xо‘jaligiga 0,5 mln. rubl zarar yetkazildi.
4 iyunda О‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan Farg‘ona viloyatining mesxeti turklari zich yashaydigan hududlarida kommendantlik soati joriy qilinadi. Hukumat komissiyasinig raisi G‘.Qodirov komissiya a’zolari bilan maslahatlashmasdan Farg‘ona viloyatida harbiy holat joriy qilish tо‘g‘risida iltimosnoma bilan Markazga murojaat qildi. U о‘zining bu qarorini ekstremistlarning Farg‘ona viloyatidagi harakatlari sovet hokimiyatini qulatishga qaratilgan deb asoslamoqchi bо‘ldi. Markaz butun bunyo nigohi Moskvada о‘tayotgan SSSR xalq deputatlari 1-syezdiga qaratilgan paytda Farg‘onada harbiy holat joriy etishga jur’at qilmagan bо‘lsada, SSSR Ichki ishlar ministrligiga bо‘ysunuvchi general-polkovnik Y.Shatalin boshchiligida IIVning ichki qо‘shinlarini Farg‘onaga jо‘natdi. Iyun oyi davomida Farg‘onaga ittifoqning markaziy rayonlaridan jami 13 000 nafar harbiylar keltirildi.
5 iyunda Marg‘ilon shahrida О‘z KP MK birinchi sekretari R.Nishonov, О‘zR Oliy Soveti Prezidiumi raisi M.Ibrohimov, О‘zSSR Ministrlar Soveti raisi G‘.Qodirov, SSSR Ichki ishlar ministri V.Bakatin, О‘zSSR Ichki ishlar ministri U.Raximov, Farg‘ona obkomi SH.Yо‘ldoshev ishtirokida yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.
Yig‘ilishda R.Nishonov quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Fojealar natijasida 93 kishi xalok bо‘ldi. Shundan 64 kishi mesxeti turklari, 17 nafar о‘zbek, qolganlari millati aniqlanmoqda. II ichki qо‘shinlarining 178 xarbiy xizmatchisi, 57 nafar militsiya xodimi yarador bо‘ldi. 1 ta militsiya xodimi vafot etdi. Viloyatda 700 dan kо‘proq uy va boshqa imoratlarga, 168 ta transport vositasiga о‘t quyildi”.
6 iyunda Marg‘ilon shahrida ruxsat berilmagan 2 ta miting bо‘ldi. Bu mitingda “Birlik” harakati riisi Abduraxmon Pо‘latov, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi Muhammad Solih va diniy ulamolar qatnashib aholini tinchlantirishga harakat qilishdi. Miting qatnashchilari mesxeti turklarini tarixiy vatanlariga qaytishini hamda hibsga olingan namoyishchilarni ozod qilishni talab qildilar. Shu kuni Quvasoyda ham shu talablar bilan miting bо‘lib о‘tdi.
7 iyunda Oxunboboyev, Toshloq, Oltiariq, Rishton, Bog‘dod, Buvayda tumanlari va Marg‘ilon shahridan xar xil narsalar bilan qurollangan asosan 16-25 yoshlardagi yigitlar avtobus va yuk mashinalarda Qо‘qon shahriga kirib kela boshladilar. Ular Qо‘qon shahri yoshlarini о‘zlariga qо‘shilishni talab qildilar. Qо‘qon shahri markazidagi Lenin maydoniga tо‘planib, bir kun avval hibsga olingan yoshlarni ozod qilishni talab qildilar. Shu payt militsiya xodimlaridan biri tо‘pponchadan о‘q uzib 16 yashar о‘smirni о‘ldirdi. Tо‘qnashuv boshlanib ketadi. Militsiya xodimlari va askarlar maydonda tо‘plangan aholini о‘qqa tutadi. Rasmiy ma’lumotlarga kо‘ra shu yerning о‘zida 20 kishi xalok bо‘ldi, 77 nafar kishi yaralandi.
Qо‘qonda bu paytda 2 000 nafar mesxeti turklari bor edi. Ular xavfsiz joyga olib chiqilgan edi. Tо‘palonlar paytida shaharda qolgan 200 nafar mesxeti turklaridan birortasi ham jabrlanmadi. Biroq mesxeti turklarini о‘z uylarida yashirgan ayrim qо‘qonliklar sovet harbiylari va militsionerlari tomonidan jazolanadi.
Namoyishchilarning о‘qqa tutilishi barcha qo’qonliklarning g‘azabini keltirdi. 8 iyun kuni Qо‘qonda 5000 nafardan ziyod mahalliy aholi shahar rahbarlariga о‘z noroziliklarini bildirish uchun shahar partiya komiteti binosi oldiga tо‘planishib, 6 banddan iborat quyidagi talabnoma bilan chiqishadi:
1. Yangi Qо‘qon ximiya kombinati yopilsin. 2. Ishsizlar ish bilan ta’minlansin. 3. Yosh oilalar alohida uy bilan ta’minlansin. 4. Oylik maoshlar oshirilsin. 5. 7 iyunda aholiga о‘q о‘zganlar javobgarlikka tortilsin. 6. Paxta plani kamaytirilsin va xarid narxi oshirilsin.
Shahar obkomi X.Xojimatov va pratkom X.Musabekovlar namoyishchilar oldiga chiqib 6 ta talabnomani tushuntirayotgan paytida katta leytinant Maksimovich avtomatlardan о‘q uzishni buyuradi. X.Musabekov va uning yonidagilar hech narsa demasdan gorkom binosiga kirib ketishadi. Askarlar yig‘ilganlarni о‘qqa tutishda davom etadi. Osmondan turib 2 ta harbiy vertolyot olomonga о‘q yog‘diradi. Rasmiy ma’lumotlarga kо‘ra bu yerda 8 kishi xalok bо‘lgan. 10 dan ziyod kishi yaralangan.
О‘zbekistonda 11 iyun motam kuni deb e’lon qilindi. Shu kuni Farg‘ona viloyatining butun hududida osoyishtalik saqlanib turdi.
12-13 iyunda SSSR Ministrlar Sovetining raisi N.I.Rijkov, KPSS MK sekretari V.M.Chebrikov va О‘zSSR KM MK 1-sekretari, SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi R.Nishonovlar Farg‘ona viloyatida bо‘lib, joylardagi avholni о‘z kо‘zlari bilan kо‘rishdi.
Biroq bu tadbirlarga qaramay fojeali voqealar Farg‘onadan qо‘shni hududlarga ham tarqaldi. 12 iyunga о‘tar kechasi Namangan shahrida 16-30 yoshlardagi 300 dan ortiq yshlar tartibsizlik uyushtirishdi.
23 iyul kuni Sirdaryo oblast Guliston rayonidagi Lenin nomli kolxozda bir gurux yoshlar mesxeti turklarining xonadonlariga shikast yetkazadilar.
О‘zbekistonda mesxeti turklarini RSFSRga evakuatsiya qilish 9 iyundan boshlanadi. Farg‘ona oblastidan jami 16. 289 nafar mesxeti turklari kо‘chirildi. Evakuatsiya qilish 18 iyunga kelib yakunlandi. Lekin mesxeti turklari Rossiyada qolishni istamadilar va о‘zlarining tarixiy vatanlariga qaytirilishlarini talab qildilar. Ammo bu talablar sovet rahbariyati tomonidan turli bahonalar bilan bajarilmadi. Ma’lumotlarga kо‘ra Farg‘onadan kо‘chirilgan mesxeti turklarining kо‘pchiligi keyinchalik О‘zbekistonga qaytib kelgan.
15 iyun kuni Toshkentda О‘z KP respublika partiya-xо‘jalik faollarining yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Unda R.Nishonov “Farg‘ona oblastidagi millatchilik kо‘rinishlari va partiya, sovet, ma’muriy organlarning respublikadagi vaziyatni barqarorlashtirish vazifalari tо‘g‘risida” ma’ruza qilib, unda Farg‘onada bо‘lib о‘tgan yoshlarning harakatini “millatchilik” kayfiyatlari bilan quyidagicha bog‘laydi: “Boshboshdoqlik millatlararo tusda bо‘libgina qolmay, tobora sovetlarga qarshi tus ola boshlaydi”. Ushbu yig‘ilishda Farg‘ona fojealariga siyosiy jihatdan tо‘g‘ri baho berilmadi. Mahalliy aholining harakatlari “millatchilik va buzg‘unchilik” sifatida qoralandi. О‘zbekiston SSR rahbariyati ham Markazdan kelgan “nufuzli rahbarlar”ning barcha fikrlariga qо‘shilib, о‘zbek xalqi manfaatlariga hamda tarixiy adolat va haqiqatga zid qarorlar qabul qilishdi.
1989 yil 23 iyunda respublika rahbari etib saylangan Islom Ka­rimov 24 iyun kuni О‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis о‘tkazdi va unda nutq sо‘zladi. Ushbu nutq Islom Karimovning О‘zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi edi. Islom Karimovning mazkur chiqishida siyosiy yetakchiga xos xarakteri namoyon bо‘ldi.
Islom Karimov 1989 yilning 25 iyun kuni Farg‘onaga yо‘l oladi. Оdaмlar bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan oxu nolalarini tinglab, yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy sо‘zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi jarohatlarga malham qо‘ygandek bо‘ladi, kо‘ngillarida yaxshi kunlarga umid uchqunlarini uyg‘otadi. Tartibsizliklar, qon tо‘kilishining oldini olish bо‘yicha butun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar kо‘radi.
Islom Karimov lavozimga kirishganiga ikki kun bо‘lar-bо‘lmas og‘ir muammo bilan tо‘qnashadi. 1989 yil 25 iyunda Farg‘onada vaziyat keskinlashadi. О‘zbekiston SSR Mi­nistrlar Sovetining Raisi tо‘polon bо‘layotgan joyga desantchilarni tashlash tо‘g‘risida kо‘rsatma bergani bois, kо‘chalarda BTRlar turgan, avtomatchilar odamlarni tekshirib о‘tkazayotgan bir paytda Islom Karimov о‘sha yerga yetib bora­di. Bunday sharoitda, avvalo, odamlarni tinchlantirish, buning uchun ular kо‘ngliga vahima solib turgan qurolli kuchlarni olib ketish zarurligini tushungan Islom Kari­mov desantchilarni joyiga qaytarish haqida topshiriq beradi. Shu kuni xavfsizlik xizmatining qattiq qarshiligiga qaramay, Qо‘qonga yetib keladi. Yо‘l-yо‘lakay bir-ikki joyda odamlarning rо‘y berayotgan voqealar haqidagi fikrini о‘rganadi.
Natijada shu narsa ayon bо‘ladiki, odamlar hech kimga va hech narsaga davlatga ham, adolatga ham ishonmay qо‘ygan, nihoyatda alamzada ahvolda edi. Shunda Islom Karimov ularga: “Men sizlar bilan birgaman, muammolarni birgaliqda hal etamiz, lekin sizlardan iltimosim, faqat hamma joyda tinchlik, tartib-qoida bо‘lishi kerak”, deydi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, mintaqadagi ijtimoiy muammolar haqida ochiq-oydin va oshkora gapiradi, mavjud keskin ahvoldan chiqish yо‘li sifatida aholining turmushini yaxshilash, jum­ladan, odamlarni ish bilan, tomorqa va uy-joy uchun yer uchastkalari, chorva mollari bilan ta’minlash masalalarini birinchi bor amaliy nuqtai-nazardan kun tartibiga jiddiy qо‘yib, tegishli vazirlik va idoralar, viloyat va tuman rahbarlariga aniq topshiriqlar beradi.
Islom Karimovning bevosita tashabbusi bilan fashizmga qarshi urush yillarida Vatanidan quvib chiqarilgan qator xalqlarga о‘z yurtiga qaytishlarida yordam berish tо‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi va SSSR Oliy Kengashiga taqdim etildi. Aytish mumkinki, о‘z vaqtida katta siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega bо‘lgan bunday hujjat (u qanday hal etilganidan qat’i nazar) faqat О‘zbekistonda qabul qilindi (Жўраев Н. Агар огоҳсен. Портретга чизгилар. Сиёсий эссе. -Т.: “Ёзувчи”. 1998. 25 б.). Bu harakat respublika rahbariyatining jonkuyarligi va adolatparvarligidan dalolat berardi.
Davlatimiz rahbarining turli chiqishlarida aytgan, millionlab kishilar kо‘ngliga ishonch, bilagiga kuch baxsh etgan sо‘zlari, ya’ni “О‘zbekistonda millatlar о‘rtasida qon tо‘kilmaydi”, “Farg‘ona voqealari boshqa qaytarilmaydi”, deya bergan va’dasi uning ham lafzi qat’iy rahbar, ham ulkan shaxs ekanini namoyon etdi. Hayotda inson uchun oilasi, umr yо‘ldoshi, farzandlari, uy-joyi, mol-mulki, obrо‘-e’tibori, sog‘lig‘i qanchalar qadrli bо‘lsa, shularning barchasidan u millatlararo janjal, qon tо‘kishlar sabab ayrilib qolishi mumkin. Bu shunchaki gap emas. Buni chuqur tushunish, tinchlikni saqlash ishida rahbarni yolg‘izlatib qо‘ymaslik, unga yelkadosh bо‘la bilish kerak.
О‘zbekiston muqaddas diyor. Shunday bо‘lmaganda, xalqimiz Vatan mustaqilligiga erishmagan, Islom Karimovdek buyuk, iqtidorli davlat rahbariga ega bо‘lmagan bо‘lar edi. Qisqa vaqt ichida Islom Karimov rahbarligida respublikada millatlararo totuvlik, milliy kadrlar tayyorlash kabi dolzarb masalalar hal qilina boshlandi. Farg‘ona voqealarida mahalliy idora rahbarlarining xalqdan ajralib qolganligi, voqealarning asl mohiyatidan bexabarligi, xalqning dardu hasratiga beparvoligi, loqaydligi yaqqol namoyon bо‘ldi.
Shundan sо‘ng, mamlakat rahbariyati tomonidan paxta yakkahokimligiga barham berildi, paxtaga tо‘lanadigan haq qayta kо‘rib chiqildi, kam ta’minlangan va kо‘p bolali oilalarga moddiy yordam berila boshlandi. Ayniqsa, shaxsiy yordamchi xо‘jaliklarni kengaytirish maqsadida 720 ming gektarga yaqin unumdor yerlar dehqonlarga muddatsiz topshirilishi (Karimov I. A. О‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafku­ra. 1-j. -T.: О‘zbekiston, 1996. B. 341.) kabi tadbirlar respublikada siyosiy-ijtimoiy keskinlikning kamayishiga olib keldi. Bundan tashqari, respublikamizda shu paytdan boshlab mustaqil rivojlanishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishga e’ti­bor qaratildi.
Agar о‘sha yillar tarixiga e’tibor beradigan bо‘lsak, Farg‘ona voqealari haqida shov-shuv kо‘targanlar, shunday qonli fojia hisobidan obrо‘ topish, о‘z g‘arazli manfaatlariga erishish, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar kо‘p bо‘lgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta dard va jasorat bilan bayon qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy yechimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi.
Islom Karimov Farg‘ona viloyatida ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqargan sabablar haqida quyidagilarni bayon etgan edi: “Boz ustiga, keyinchalik ma’lum bо‘lishicha, kо‘pgina amaldor shaxslar, jumladan voqealar о‘t-olovdek chaqnab ketgan Toshloq rayonidagi ana shunday shaxslar qonun-qoidalarni buzishgan, poraxо‘rlik qilishgan. Ular, avvalo, о‘zlari va qarindosh-urug‘lariga yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari ajratib berishgan, ssudalar olishgan, holbuki, yer va qarz olishga muhtoj bо‘lgan 400 nafar oddiy mehnatkashga rad javobi berilgan edi.
Sotish uchun 319 ta avtomashina ajratilganida, shulardan 236 tasi rayonda yashamaydigan, jumladan, boshqa respublikalarda istiqomat qiladigan kishilarga g‘ayriqonuniy tarzda taqsimlangan, uy-joy taqsimlash tartibi qо‘pol tarzda buzilgan, gazlashtirish, suv ta’minoti, ishga joylashtirish masalalari necha yillar mobaynida hal bо‘lmay qolavergan” (Karimov I. A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О‘zbekiston, 2011. 179-180 b.)
I.Karimov О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо‘mitasining 1989 yil 19 avgustdagi XVI plenumida, keyinchalik Moskvada bо‘lib о‘tgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat’iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi: “О‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari о‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bо‘lmadi. Bu voqealarga tuturiqsiz va g‘arazli maqsadlarni kо‘zlab, kim qanday bо‘yoq bermasin, tarix, albatta, о‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondо‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha о‘zbek xalqiga xos fazilat bо‘lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bо‘lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan kо‘pgina misollar bilan isbotlangan” (O‘sha joyda).
I.Karimov Farg‘ona fojialari haqida shunday degan edi: “Farg‘ona voqealari, shuningdek, keyingi paytlarda rо‘y bergan boshqa tartibsizliklar bularning barchasi turli millat odamlarida bir-biriga ishonchsizlik paydo qildi. Shunday bо‘lishiga kim sababchi? Men hozir aniq-ravshan qilib aytaman: jamiki noma’qulchiliklar respublikamiz chegarasidan tashqaridadir”.
Bunday haqqoniy va haroratli sо‘zlar el-yurtimizning dardiga darmon bо‘ldi, uning tuhmat va malomatlardan egilgan boshini, ruhini kо‘tardi. Shunday kо‘plab misollar aso­sida aytish mumkinki, Islom Karimovning barcha muammolar haqida ular qanchalik og‘ir va noxush bо‘lmasin ochiq gapirishi, hamisha haqiqatning kо‘ziga tik qarashi unga nisbatan xalqimizning ishonchi, e’tirofi va ehtiromini kuchaytirdi.
Farg‘onadagi voqealar tugaganidan sо‘ng ham har xil mish-mishlar natijasida Toshkent viloyatining Parkent va Bо‘ka tumanlarida ba’zi kimsalar tomonidan noxush voqealar uyushtirildi. Masalan, 1990 yil 3 mart kuni Parkentning markazida ommaviy tartibsizliklar tufayli shu yerlik M. Mirtursunov halok bо‘ldi. Ushbu holat aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, noroziliklarni kuchaytir­di.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling