O`zbekistonrespublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 0.55 Mb.
|
11-guruh Nasiba Tosheva kurs ishi 111 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Zebo va mayiz” o‘yini.
- “kim chaqqon” o‘yini.
- “Adashma” o‘yini.
“Rasmni juftini top”
Maыsad: «Z» tovushini so‘zlarida to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish. O‘yinning borishi: Bolalar stullarda o‘tirishadi.Lotopedning stoli ustida teskari qilib qo‘yilgan rasmlar bo‘ladi.Har bir bolaga xuddi shu rasmdan berib chiqiladi.Lotoped bolalardan birini chakiradi va bu bola stoldagi rasmlardan birini oladi va uni ko‘rsatib baland ovoz bilan-“Men zanjirni ”oldim,kimda xuddi shu rasmning jufti bo‘lsa,shu bola o‘rnidan tursin deydi.O‘rnidan turgan bola ham o‘rtoqlariga rasmni ko‘rsatib, “Mendagi rasmda ham zanjir tasvirlangan”,deydi.Bolalar har juft rasmni ustiga qo‘yadilar.O‘yini shu tariqa stol ustidagi rasm tomom bo‘lguncha davom etadi.Buning uchun “z”tovushi so‘zining boshida, o‘rtasida oxirida kelgan rasmlardan foydalaniladi.Bularga: zina,uzum,piyoz,dazmol,muzqaymoq,uzuk,oshpaz,sabzi,tarvuz rasmlari kiradi. “Zebo va mayiz” o‘yini. Maqsad: “Z” tovushini so‘zlarda va gaplarda mustaxkamlash. Jihoz: Rezinali qo‘g‘irchoq. O‘yinning borishi: Lotoped chiroyli kiyintirilgan rezinali qo‘g‘irchoqni olib kiradi va bolalarga: “Bolalar bu qo‘g‘irchoqning ismi Zebo”.Uni magazindan sotib olishdi.U rezinali.Zeboning oyoqlari rezinali,qo‘llari,yuzlari va burni ham rezinali.Keyin esa lotoped bolalardan so‘raydi: “Qo‘g‘irchoqning ismi nima ekan? Uni qayerdan sotib olishibdi?Uning oyoqlari,qo‘llari,yuzlari,burni nimadan qilingan ekan?”bolalar javob beradilar.Lotoped davom etadi: “Zebo mayizni yaxshi ko‘radi.Lola kel Zeboni mayiz bilan mehmon qil”.Lola chiqib,aytadi: “Zebo,mayizdan ol”Bolalar navbatma navbat Zeboni mayiz bilan mehmon qilgan holda yuqoridagi frazalarni aytadilar. “kim chaqqon?” o‘yini. Maqsad: “Z”tovushini so‘zlarda to’g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish. O‘yinning borishi: Lotoped bolalarga bir qancha savollar beradi.Avval bolalarga lotoped shunday deydi: Men sizlarga savollar beraman kim birinchi topsa,shu bolaga qizil yulduzcha beraman.Kim ko‘p qizil yulduzcha yig‘sa,shu bola g‘olib bo‘ladi. Qaysi transportning nomida “Z” tovushi bor? Qaysi daraxtning nomida “Z” tovushi bor? Qaysi hayvonlarning nomida “Z” tovushi bor? Qaysi uy jixozlarining nomida “Z”tovushi bor? Qaysi sabzavotlarning nomida “Z” tovushi bor? Qaysi mevalarning nomida “Z”tovushi bor? Qaysi Gullarning nomida «Z» tovushi bor? Qaysi parrandalarning nomida «Z»tovushi bor? Qaysi qizlarning va bolalar nomida “Z”tovushi bor? “Adashma” o‘yini. Maqsad: S-Z tovushlarining bir-biridan farqlashga o‘rgatish. O‘yinning borishi: Bolalarga ikkitadan rasm beriladi.Bittasida nasos tasvirlangan,ikkinchisida chivin.Nasos tasvirlangan rasmni bolalar chap qo‘llariga oladilar.CHivin tasvirlangan rasmni esa o‘ng qo‘llariga oladilar.CHivin tasvirlangan rasmni esa o‘ng qo‘llariga oladilar.Tarbiyachi nomida S yoki Z tovushi hamda bir so‘zda S va Z tovushi bor bo‘lgan rasmlarni bolalarga ko‘rsatadi va nomini aytadi.Masalan: sabzi,sumka,yulduz,gazeta,somsa va hakazolar. Agar rasmning nomini bildiruvchi so‘zlarda S tovushi bo‘lsa,so‘ngra bolalar nomini bildiruvchi so‘zda har ikki tovush bor bo‘lgan rasmlarni ko‘rsatadilar va S-Z tovushlarida qaysi biri so‘zning boshida kelayotganligini aytadilar. Metodik ko‘rsatma: S va Z tovushini rasmla orqali taqqoslash kerak.Mashg‘ulot paytida nomida S va Z tovushi bo‘lgan rasmlardan ham foydalanish mumkin.Agar tarbiyachi bolalarga bunday rasmlarni ko‘rsatsa,bolalar qo‘llaridagi rasmlarni ko‘rsatmasliklari kerak. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling