11
Kasallik ko‘pincha asta-sekin boshlanadi. Hissiy labillik, ta’sirchanlik,
bezovtalik, beqaror kayfiyat,
impulsivlik, yig‘loqilik, beparvolik, xotira va
konsentrasiyaning
pasayishi, o‘zlashtirishning yomonlashuvi paydo bo‘ladi.
Keyinchalik giperkinez va kichik xoreyaning boshqa ko‘rinishlari qo‘shiladi.
Giperkinez aftni bujmaytirish, noqulay harakatlar,
noaniq nutq, yutishning
buzilishi, dastxat va yurishdagi o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ular ko‘pincha
ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lib, hayajon paytida kuchayadi,
tinch paytda
kamayadi yoki uxlash vaqtida yo‘qoladi. Giperkinezning turli mushak guruhlarida
ifodalanish darajasi kichik harakatlardan massiv harakatlargacha ("xoreik bo‘ron")
o‘zgarishi kuzatiladi. Mushaklar gipotoniyasi "shalviragan yelkalar simptomi"
ko‘rinishida, mushaklar parezi va bemorning to‘liq harakatsizligi ("yumshoq" xoreya)
rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Kichkina xoreya kasalligi O‘RI ning boshqa klinik ko‘rinishlari (kardit, artrit)
bilan birga yoki laboratoriya ko‘rsatkichlarining o‘zgarishisiz, alohida kechishi
mumkin. Xoreyaning kechishi ko‘pincha cho‘zilgan yoki takrorlanadigan xususiyatga
ega, hurujning davomiyligi 4-6 oy yoki undan ko‘proq vaqtga davom etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: