O‘zbekitson Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy shifokorlikda bolalar kasalliklari kafedrasi va bolalar kasalliklari propidevtikasi kafedrasi bolalarda o‘tkir rеmatik isitma


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana30.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1416112
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Методик қўлланма №1, ўзбек (4)

Davolash 
O‘RI bilan og‘rigan bemorlarni davolash taktikasi stasionar davolash (1-
bosqich), mahalliy revmatologik sanatoriyda davolashni davom ettirish (2-bosqich) 
va poliklinikada dispanser kuzatuvini (3-bosqich) o‘z ichiga olgan 3 bosqichli 
kompleks davolash tamoyillariga asoslanadi. 
1-bosqich 
Yengil kechishida yarim yotoq (7-10 kun), og‘ir kechishida esa qat’iy yotoq 
(15-20 kun) rejimi buyuriladi. Klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi 
bilan harakat faolligini kengaytirishga ruxsat beriladi. 
Etiotrop davolash penisillin qatori preparatlarini qo‘llashni o‘z ichiga oladi 
[fenoksimetilpenisillin (Ospen), amoksisillin (Flemoksin solyutab) va boshqalar]. 
Ularga yuqori sezgirlik mavjud bo‘lganida syefalosporinlar yoki makrolidlar guruhi 
antibiotiklari tavsiya etiladi. Antibakterial terapiya kamida 14 kun davomida amalga 


16 
oshiriladi, keyinchalik penisillinning uzoq ta’sir etuvchi shakllarini kiritishga 
o‘tkaziladi. 
Antirevmatik terapiya NSYAQVlarni o‘z ichiga oladi [diklofenak, 
indometasin, nimesulid (Nimulid) jarayon faolligi belgilari bartaraf etilgunga qadar 
kamida 1-1,5 oy davomida qo‘llaniladi] va (ko‘rsatmalarga ko‘ra) o‘rtacha 1-1,5 oy 
davomida glyukokortikoidlar tavsiya qilinadi, so‘ngra ularni berish asta-sekinlik 
bilan to‘xtatiladi (prednizolon 10-14 kun davomida klinik samara olingunga qadar; 
keyin klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari nazorati ostida sutkalik doza har 5-7 
kunda 2,5 mg ga kamaytiriladi). Xinolin unumlarini qo‘llash muddati kasallikning 
kechishiga qarab bir necha oydan 1-2 yilgacha yoki undan ko‘proq davom etadi. 
Bolalarda uchraydigan O‘RI da qo‘llaniladigan dori terapiyasi 3-jadvalda 
taqdim etilgan. 
3-jadval. Bolalarda o‘tkir revmatik isitmada qo‘llaniladigan dori terapiyasi 
Terapiya turi 
Preparatning nomi va dozasi 
Qo‘llash uchun 
ko‘rsatmalar 
Antibakterial 
Penisillin 
qatori 
preparatlar: 
fenoksimetilpenisillin - kuniga 100 
mg/kg, amoksisillin - kuniga 0,1 g/kg 
(Flemoksin solyutab * = kuniga 30 
mg/kg) 
BGSA 
tomonidan 
chaqirilgan 
tonzillofaringit 
mavjudligi 
Antirevmatik 
NSYAQVlar: diklofenak - kuniga 2-3 
mg/kg, indometasin - kuniga 2-3 mg/kg, 
nimesulid (Nimulid*, suspenziya) - 
kuniga 1,5 mg/kg 
Faollikning 
past 
darajasi. 
Izolyasiyalangan 
bo‘g‘im 
sindromi. 
Cho‘zilgan kechishi 
Glyukokortikoidlar: 
prednizolon 

kuniga 0,7-0,8 mg/kg (kuniga 1 mg/kg 
dan ko‘p bo‘lmagan) 
Yuqori yoki o‘rtacha 
darajadagi 
faollik. 
Yaqqol yoki o‘rtacha 
ifodalangan 
kardit. 
Kichik xoreya 
Xinolin 
hosilalari 
(xloroxin, 
gidroksixloroxin) - kuniga 0,06-0,25 g 
Surunkali kechishi 


17 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling