10
Eslatma. QAYe - qon aylanishining yetishmovchiligi; SVT - Strajyesko-Vasilenko
tasnifiga ko‘ra; NYHA – New York Heart Association bo‘yicha funksional sinf.
Klinik manzarasi
1. O‘tkir revmatik isitma
O‘RI debyuti tavsifi bemorlarning yoshi bilan bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda, angina yoki faringit kasalligi o‘tkazilganidan 2-3
haftadan keyin tana
harorati subfebril, ba’zan febril darajaga ko‘tariladi,
aksariyat holatlarda katta
bo‘g‘imlarda, ko‘pincha nosimmetrik ko‘chib yuruvchi og‘riqlar paydo bo‘ladi.
Bo‘g‘imlarning yuqori darajali og‘riqliligi xarakterli. Shu bilan birga, kardit belgilari
paydo bo‘ladi: yurak urishi,
hansirash, yurak chegaralarining kengayishi, yurak
tonlarining bo‘g‘ilishi, sistolik shovqin.
O‘smirlar va yigitlarda kasallik o‘tkir osti kechishi,
bosqichma-bosqich
boshlanishi bilan tavsiflanadi: o‘tkazilgan anginadan keyin subfebril isitma, umumiy
holsizlik, katta bo‘g‘imlarda artrit yoki artralgiya, o‘rtacha klinik belgilari bilan kardit
saqlanib qoladi.
Kardit O‘RIning yetakchi va eng og‘ir ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. 70-
85% hollarda tashxis qilinadi. Odatda bemorlar shikoyat qilmaydi. Anginadan 2-3
hafta o‘tgach, lohaslik, tez charchash, subfebril isitma saqlanib qoladi. Ba’zan (4-6%)
yurak tomonidan sub’yektiv belgilar aniqlanadi: kardialgiya, yurak urishi.
Karditning asosiy diagnostik mezoni mitral qopqoqning valьvuliti bo‘lib,
asosan yurak cho‘qqisida I ton bilan bog‘liq bo‘lgan sistolik shovqinning paydo
bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Ba’zan yurak chegaralarining kengayishi (asosan chapga),
turli darajada ifodalangan yurak tonlarining bo‘g‘iqligi
va ritmning buzilishi
(ko‘pincha - taxikardiya), shuningdek, yurakning boshqa
qavatlarining jarayonga
qo‘shilishini anglatadigan perikardning ishqalanish shovqini bilan birga keladi. Mio-
va perikardning izolyasiyalangan shikastlanish belgilarining mavjudligi (valьvulitsiz)
O‘RI tashxisiga shubha tug‘diradi va chuqurroq tekshirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: