O‘zbekitson Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy shifokorlikda bolalar kasalliklari kafedrasi va bolalar kasalliklari propidevtikasi kafedrasi bolalarda o‘tkir rеmatik isitma


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana30.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1416112
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Методик қўлланма №1, ўзбек (4)

Halqasimon (anulyar) eritema (1-rasm) 4-17% hollarda, asosan kasallikning 
boshlanishida aniqlanadi. Toshmalar asosan ko‘krak, qorin terisida va qo‘l-
oyoqlarning proksimal qismlarida joylashgan. 
2-rasm. O‘tkir revmatik isitmada halqali eritema 
Teri osti revmatik tugunlari (2-rasm) hozirgi vaqtda bolalarda juda kam uchraydi 
(1-3% hollarda). Ular 0,5-1 sm gacha bo‘lgan yumaloq, zich, og‘riqsiz va kam 


12 
harakatchan 
hosilalar 
bo‘lib, ko‘pincha paylarning birikish joylarida, 
bo‘g‘imlarning yoziluvchi yuzasida, umurtqa pog‘onasi o‘tkir o‘simtalari bo‘ylab 
va ensa sohalarida joylashadi. Ryevmatik tugunlar 2-4 haftadan ko‘p bo‘lmagan 
davomiylikda saqlanishi mumkin. 
2-rasm. Revmatik tugunlar 
Boshqa a’zolarning shikastlanishi. O‘RI ning og‘ir ko‘rinishlari qatoriga abdominal 
sindrom va seroz peritonit rivojlanishi bilan kechuvchi seroz qavatlarning 
shikastlanishi kiradi. 
1. Surunkali revmatik yurak kasalligi 
Surunkali revmatik yurak kasalliklarining ko‘rinishlariga (3-rasm) birinchi navbatda 
yurak klapanlari nuqsonlari, shuningdek, tromboembolik sindrom, gemolitik anemiya 
va bo‘lmacha aritmiyalari kiradi. Yurak klapanlari nuqsonlarining shakllanishi 20-
25% hollarda bolalarda va 1/3 hollarda o‘smirlarda qayd etiladi. Asosan 
izolyasiyalangan yurak nuqsonlari, ko‘pincha mitral klapan yetishmovchiligi, kamroq 
hollarda – mitral stenoz, aorta klapanining yetishmovchiligi yoki stenozi, shuningdek, 
mitral-aortal kombinasiyalangan nuqsonlar ustunlik qiladi. Taxminan 10% bolalarda 
O‘RIdan keyin mitral klapan prolapsi rivojlanadi. 


13 
3 – rasm. Surunkali revmatik yurak kasalligi bilan og‘rigan bemor 
Diagnostika 
Hozirgi vaqtda 2003 yilda Rossiya revmatologlar assosiasiyasi tomonidan 
modifikasiyalangan O‘RI diagnostik mezonlari qo‘llaniladi (2-jadval). 
2 – jadval. O‘tkir revmatik isitmani tashxislashda ishlatiladigan Kissel-Djons 
mezonlari (ARR modifikasiyasida, 2003 yil) 
"Katta" 
mezonlar 
"Kichik" mezonlar 
Streptokokk A infeksiyasi 
o‘tkazilganini tasdiqlovchi 
ma’lumotlar 
Kardit. 
Poliartrit. 
Xoreya. 
Halqali 
eritema. 
Tyeri 
osti 
revmatik 
tugunlari 
Klinik 
artralgiyalar. 
Isitma 
(>38°C). 
Laborator: 
oshgan 
o‘tkir 
fazali 
ko‘rsatkichlar: 
ECHT 
(>30 
mm/soat); 
CRO 
(>2 
N)*. 
Instrumental:
EKGda PR intervalining uzayishi 
(> 0,2 s). Dopller ExoKG da 
mitral 
va/yoki 
aortal 
yetishmovchiligi belgilari 
Tomoqdan ajratilgan ijobiy 
A-streptokokk ekmasi yoki 
A-streptokokk Ag ni tezkor 
aniqlashda ijobiy test natijasi. 
Streptokokkga 
qarshi 
antitanachalarning 
oshgan 
yoki 
oshayotgan 
titrlari 
(antistreptolizin 
O, 
anti-
DNKaza V) 
* N - me’yoriy qiymat. 
Ikkita asosiy mezonning yoki bitta asosiy va ikkita kichik mezonning 
mavjudligi, shuningdek, BGSA infeksiyasining o‘tkazilganligini isbotlovchi belgilar 


14 
yuqori ehtimollik bilan bemorda O‘RI mavjudligini ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv 
O‘RI ning birinchi hujumi paytida asoslanadi. Kasallikning yangi holati deb 
hisoblangan revmatik jarayonning qaytalanishida oldingi streptokokk infeksiyasini 
tasdiqlovchi laboratoriya ma’lumotlari bilan birgalikda bitta asosiy yoki faqat kichik 
mezonlarga asoslanish lozim hisoblanadi. 
Laboratoriya o‘zgarishlari leykositozga moyillik, ECHT, seromukoid 
ko‘rsatkichlarining oshishi, disproteinemiya (gamma globulinlar ulushining 
ko‘payishi), CRO ga ijobiy reaksiya, A, M va G sinflariga mansub Ig darajasining 
oshishi bilan tavsiflanadi. BG-SA – infeksiya o‘tkazilganligini tasdiqlash imkonini 
beradigan serologik tadqiqotlar (antistreptokokk antitanachalar - antistreptolizin O va 
V anti-DNKaza titrlari) alohida o‘rin tutadi. 
Ko‘pincha, O‘RI IgG sinfiga mansub kardiolipinga antitanachalar va neopterin 
(rIL-2R darajasining oshishi tufayli monositlar / makrofaglar va T-limfositlarning 
faollashuvini aks ettiradi) darajalarining oshishi bilan birga keladi. O‘RI D8/17 
monoklonal antitanachalari yordamida aniqlanadigan Dr5-Dr7, Cw2-Cw3 gistologik 
moslik Ag, shuningdek, B-limfosit alloantigenining ko‘p uchrashi bilan tavsiflanadi. 
Ryentgenologik jihatdan kardiomegaliya, yurak soyasi konfigurasiyasining 
o‘zgarishi (valvulitning joylashishiga qarab mitral yoki aorta), shuningdek, yurak 
dekompensasiyasi bo‘lsa, o‘pkada dimlanish belgilari aniqlanadi. 
EKGda yurak ritmining buzilishi, ko‘pincha taxikardiya, I–II darajali AB 
blokadasi, ritm boshqaruvchisi migrasiyasi, ekstrasistoliyalar va qorincha 
repolyarizasiya jarayonlarining buzilishi aniqlanadi. Og‘ir holatlarda bo‘lmachalar 
fibrillyasiyasi va aritmiyaning boshqa shakllari kuzatilishi mumkin. 
ExoKG 
valvulit 
belgilarini 
(shikastlangan 
klapanlar 
tavaqalarining 
yupqalashuvi va qalinlashishi, ularning harakatchanligini cheklanishi, klapanli 
regurgitasiya) aniqlashga va butun yurakning morfo-funksional holatini, shu 
jumladan gemodinamik parametrlarning xususiyatlarini baholashga imkon beradi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling