O‘zbekitson Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy shifokorlikda bolalar kasalliklari kafedrasi va bolalar kasalliklari propidevtikasi kafedrasi bolalarda o‘tkir rеmatik isitma


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana30.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1416112
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Методик қўлланма №1, ўзбек (4)

Etiologiya 
O‘RI rivojlanishida tonzillit va faringit belgilarini keltirib chiqaradigan A 
guruh beta-gemolitik streptokokklarining (BGSA) yuqori virulent shtammlari 
yetakchi rol o‘ynaydi. Ushbu BGSA shtammlarining yuqori patogenligini uning 
yuqori yuqumliligi, yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatini shikastlash xususiyati, turga 
xos ATlarning induksiyasi, M-protein oqsillarning (streptokokk hujayrasi devorining 
tarkibiy qismi bo‘lgan va uning fagositozini bostiradigan maxsus oqsil) mavjudligi 
belgilaydi. 
Patogenez 
O‘RI patogenezida 2 ta jarayon hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
1. BGSA fermentlarining bevosita zaharlovchi ta’siri. 
2. BGSA antigyeni (Ag) ga immun javob – aylanib yuruvchi immun komplekslarni 
shakllantirishda ishtirok etadigan streptokokkga qarshi antitanachalarning (AT) 
(antistreptolizin O, antistreptogialuronidaza va boshqalar) mahsuloti hisoblanadi. 
Streptokokkning patologik ta’siri ular ishlab chiqaradigan antitanachalarning 



bevosita shikastlovchi va toksik ta’siri, shuningdek uning o‘z to‘qimalari:
bo‘g‘imlarning sinovial membranasi, markaziy asab tizimi (MAT), yurak 
klapanlari kardiomiositlari sarkolemmasi, teri (molekulyar mimikriya fenomeni) 
antigenlari bilan ta’sirlashishida namoyon bo‘ladi. 
Kasallikning kelib chiqishida nasliy moyillikning ahamiyati muhim 
hisoblanadi, revmatik isitmaning oilaviy agregasiyasi bundan dalolat beradi, bu aholi 
orasida kasallikning sezilarli darajada tarqalishiga olib keladi. O‘RIga genetik 
moyillik O‘RI bilan og‘rigan bemorlarda qator genetik belgilar – A (0) va V (II) qon 
guruhlari, HLA DR5-DR7, CW2-CW3 tizimi lokuslari, nordon eritrositar fosfataza 
fenotiplari, D 8/17 monoklonal antitanachalarning yuqori chastotada aniqlanishi bilan 
tasdiqlanadi, bu ularni O‘RI ni tashhislash uchun qo‘shimcha diagnostika mezoni 
sifatida ko‘rib chiqishga asos bo‘ladi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling