O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Qadimgi janubiy Osiyo
Hudud va aholi, davrlashtirish, manbashunoslik va tarixnavislik 366 Hindistonning bepoyon hududi, iqlim sharoitlari, re'lefi, joyi va tuprog`i jihatdan bir necha zonaga bo’linadi. Shimoliy-g`arbiy viloyatlar qadimda qalin o’rmonlar bilan qoplangan. Hind vodiysining tuprog`i juda hosildor. Shu yerda eramizdan avvalgi III ming yillikda janubiy Osiyoda eng qadimgi shahar sivilizatsiyasi shakllandi. Hindiston shimoldan va shimoliy-sharqdan Osiyoning boshqa qismidan Himolay tog`lari bilan ajratilgan. Err. avv. II ming yillikda bu yerdan hind-yevropa qabilalari yo’li o’tgan. Hind-Gang tekisligining markaziy qismi qadimda «oriy» larning «muqaddas yeri» (Ar'yavarta) deb atalgan. Ikki buyuk daryoning oralig`ida va Gangning yuqori qismida er. avv. I ming yillikning birinchi yarmida veda sivilizatsiyasi shakllandi. Gang daryosining shimoliy-sharqiy havzasida namlik darajasi juda yuqori va boy tropik o’simliklarga ega. Er. avv. I ming yillik o’rtalarida bu hududda keng miqyosda dehqonchilik ishlari boshlanadi. Er. avv. I ming yillikning ikkinchi yarmida bu yerda Qadimgi Hindistonning eng muhim siyosiy va madaniy markazlari vujudga keldi. Hind-gang tekisligining Dekan (qadimgi hind tilida «Danishna» - janub) yarim orolidan yassi tog`lar ajratib turadi. Dekan yarim orolida faqat eramizning boshlarida yirik davlatlar paydo bo’ldi. Orolning markaziy qismida Shri-Lanka (Seylon) 367 o’rmonli tog`lik hudud. Orolning geografik o’rnini janubiy Hindiston qirg`og`i bilan muntazam aloqalar shartlab keladi. Janubiy Osiyoning hozirgi aholisining katta qismi asosiy yevropoid irqiga mansub. Faqat yarim orolnig janubiy qismi va Shri-Lankaning aholisi irqiy belgilariga qarab (badani, sochining qora rangi va boshqalar) avstroloidlarga yaqin turadi. Shimoliy sharqning qator qabilalari janubiy mongoloid irqiga mansub. Shimolda Hind-Yevropa tillari (hind, bengal va boshqalar), janubda dravid (masalan, tamil.) Dekan va shimoliy sharqiy Hindistonning qator tillari Janubiy –Sharqiy Osiyo, Tibetda va Xitoyda tibet- birma va mund tillari bilan yaqin turadi. Shri-Lanka aholisining ko’pchilik qismi hind-yevropa (singal ) tilida ozchilik qismi dravid (tamil) tilida so`zlashadi. Ma'lumki, hind-yevropa tillarida so’zlashuvchi oriylar Hindistonga er.avv. II ming yillikda kirib kelganlar. Singallar materikdan Shri-Lankada er.avv. I ming yillikda paydo bo’lganlar. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling