O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
 
Davrlashtirish 
Janubiy Osiyning qadimgi tarixi quyidagi 
davrlarga bo’linadi:


368 
1. Eng qadimgi hind sivilizasiyasi. Taxminan er. 
avv. XXIII-XVIII asrlar bilan belgilanadi. (ilk 
shaharlar, davlatlarning paydo bo’lishi) 
2. Er. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida 
oriylarning paydo bo’lishi. Er. avv. II ming 
yillikning oxiridan er.avv. VII asrgacha «Veda» 
davri. Bu davrda yaratilgan muqaddas kitoblar
«vedalar» nomi bilan mashhur. 
3. «Budda davri». Er. avv. VI-III asrlar. Budda 
dinining paydo bo’lishi va tarqalishi davri. Bu 
davrda iqtisodiyotning yuqori taraqqiyoti, 
shaharlarni shakllanishi-yirik davlatlar Mauriylar 
Umum Hind davlatining tashkil topishi.
4. Er. avv. II asrdan eramizning V asrigacha . 
«Klassik davr» janubiy Osiyo mamlakatlarining 
iqtisodiyoti va madaniyatini gullab-yashnagan davri. 
Manbalar 
Janubiy Osiyoga xos jihat taraqqiyotning 
merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va o’rta 
asrlarda bu yerda keskin etnik o’zgarishlar yuz 
bermadi. Ijtimoiy munosabatlarda kasta tuzumi va 
madaniy an'analarning barqarorligi ko`rinib turadi. 
Qadimgi Hindistonning ko’pgina asarlari hozirgacha 
hinduizm va buddizmning muqaddas kitoblari 
hisoblanadi. Yozma manbalar bizgacha juda ko’plab 
yetib kelgan. Sanskrit tilini o’rganish qadimgi til 
grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga 


369 
(er. avv. IV asr) asoslanadi. Adabiyot asosan diniy 
madhiyalar (rigveda va boshqa vedalar) ritual
sharxlar, nasihatlar to’plamidan iborat.
Ijtimoiy munosabatlarni o`rganish uchun asosiy 
manba bo’lib, diniy-ahloqiy majburiyat-draxmalar 
(«Manu qonunlari») siyosat san'ati to’grisidagi 
(Artxashastra), muhabbat to’g`risidagi (Kamasutra) 
maxsus traktatlardan foydalaniladi. Bu manbalarda 
fikrlar sxolastik, an'anaviy ruhda bayon qilingan, shu 
bilan birga bu asarlar qachon va qayerda
tuzilganligini aniqlash mumkin emas. Tarixiy voqealar 
adabiyotda kam tilga olinadi. U ko’p hollarda yarim 
afsonaviy kissalarda aks etadi. Yilnomalar eramizning
I asrlarida Seylondagi budda monastirlarida tuzilgan 
va boshqa asosan budda ta'limotiga oid siyosiy-
xo’jalik hujjatlari bo’lgan. Davlat va xususiy arxivlar 
yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, 
po`stloq yoki mato parchasi kabi murt asosda
yozilgani uchun saqlanmagan.
Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II ming 
yilliklarga oid o’qish qiyin bo’lgan Hind 
sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va 
Ashoki davri (er. avv. III asr) yozuvlarigina yetib 
klgan.
Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida 
asosan yog`och ishlatilgan. Tosh va bronza 
haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo’lgan. 
Yana shuningdek, Hind qadimiy obidalarini 


370 
o`rganish asoan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina 
shaharlar, Moxenjo-Daro, Xarappa katta maydonlarda 
qazib ochilgan. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling