O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Misrshunoslik fanining rivojlanishi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Misrshunoslik fanining rivojlanishi 
XIX asr boshigacha Qadimgi Misr madaniyati va 
tarixi bilan hech kim shug'ullanmadi. Misr yozuvi 
unitilgan edi. Faqat XIX asr boshlarida fransuz 
olimlari 1809-1828 yillari 48 tomli «Misr tasviri» 
nomli kitobni nashr etdilar. 1822 - yili Jak Fransua 
Shampol`on qadimgi misr yozuvini o`qidi. 
Shampol`on misrshunoslik asoslarini yaratgan olim 
hisoblanadi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh «Misr 
xronologiyasi», «Misr fir'avnlari to`g'risida kitob» 
asarlarini yaratdilar. 
XIX asrning 80 - yillaridan boshlab 
misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi. 
1) 
Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan 
arxeologik qazilmalarni o`tkazishning ilmiy 
asoslangan qat'iy metodikasi ishlab chiqildi, 
topilmalar o`rganildi va doimiy saqlana 
boshlandi. 
2) 
Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy 
tahrir bilan chop etila boshlandi. 
3) 
Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli 
muammolari ishlanib, yirik asarlar to`plami 
chop etila boshlandi. Misr topilmalari muzeyini 


42 
tashkil qilgan va yirik arxeologik qazishmalar 
olib borgan olim O.Mariyettining misrshunoslik 
fanining taraqqiyotidagi xizmati katta bo`ldi.
Ingliz tarixchisi Flinders Pitri uning 
davomchisi bo`ldi. U III tomli «Qadimgi davrda 
Misr tarixi», Brested II tomli «Misr tarixi», 
Maspero «Misr tarixi» va Ed.Meyer 
«Qadimshunoslik tarixi» asarlarini yozdilar. 
Misrshunoslikning yangi davri XX asrning 20-
yillariga to`g'ri keladi. Angliyada «Kembridj Qadimgi 
tarixi» seriyasi chop etilib (I-XI tomlari, 1928-1938 
yillarda chop etildi), nemis olimlari A.Erman va
X.Tropye (1926-1931 y) V tomli Misr lug'atini 
tuzdilar. 
A.Gardner III tomli «Vilbur papirusi», 
«Ramseslar davri ma'lumoti hujjatlari» va «Misr 
onomastikasi» asarlarini chop qiladi. Misrda asosiy 
arxeologik qazishmalarni Yevropa va AQSH olimlari 
olib bordilar. Faqat XX asrning 20-yillaridan boshlab, 
o’zi Misrlik bo’lgan olimlar arxeologik qazishmalarni 
boshladilar. 
Rus olimlari ham Misr tarixini o’rganishda muhim 
o’rin egallaydilar. V. G. Barskiy degan odam 1727-
1730-yillarda bir necha sharq mamlakatlarini aylanib 
chiqqan, shunda Misrda ham bo`lgan, Barskiy, 
Qoxira, Rozett va Iskandariyada bo`lib, o`zining 
«Sayohat» degan asarida u Iskandariyadagi vaqtlarda 
mashhur yodgorliklaridan birini mufassal 


43 
tasvirlangan. Barskiy bu tasvirlarga rasmlarni ilova 
qilgan, muallif bu rasmlarni shu qadar sinchiklab 
ishlaganki, unda yodgorlikdagi iyeroglifni yozuvchi 
o`z zamonasiga ko`ra juda aniq aks ettirgan. Mashhur 
rus olimlari V. Turayev ,I. Nikolskiy , E. Avdiyev va 
boshqalar misrshunoslik fanini rivojlantirishda
muhim o`rin egallaydilar.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling