O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Ilk Misr jamiyati va davlati. Ilk podsholik
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Ilk Misr jamiyati va davlati. Ilk podsholik
davri (er. avv. XXXI-XXIX asrlar) Ilk dehqon jamoalari er. avv. VI-V ming yillikda Quyi Misrda Fayum vodiysida mavjud bo`lgan. Fayum manzilgohida g`alla ekinlari ekilgan, yirik va mayda qoramol boqilgan va baliq tutilgan. Bu 45 madaniyatga mansub bo`lgan manzilgohdan suyak- garpun, toshdan yasalgan o`roqlar va loy idishlar topilgan . Shu vaqtda Yuqori Misrda chorvador dehqonlar yodgorligi topilgan joyiga qarab Tasiy madaniyati deb ataladi. Bu yerdan ko`plab qabrlar topilgan. Bug'doy ekilgan, mayda chorva mollari boqilgan, sirti qora va kulrang loy idishlar yasalgan. Tasiylar urug' jamoasi bo`lib yashaganlar. Ulardan ko`ra yuqori rivojlangan Badari madaniyati (er. avv. IV ming yillik) ga tegishli aholi urug' jamosi bo`lib yashab chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanganlar. Yerga motiga bilan ishlov berilib, kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham mavjud bo`lgan. Badariylar kulolchilikni takomillashtirganlar. Er.avv. IV ming yillikning 1- yarmida Amrat manzilgohlari yanada yuqoriroq rivojlangan. Bu davrda ilk mustahkamlangan qo`rg'onlar paydo bo`lgan. Aholi soni o`sgan. Mis buyumlari ko`paygan, garpun-qarmoqlar yasalgan, ilk tilla bezaklar paydo bo`lgan. Kulollar naqshli idishlar tayyorlay boshlaganlar (ilk sulolagacha bo`lgan davr). Er. avv. IV ming yillikning II yarmida Gerzey davri (hozirgi Gerzi qishlog'i nomidan) sulolaviy davrgacha bo`lgan 2-bosqichda sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqqan. Ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz beradi. Qazib ochilgan qabrlardan ko`plab buyumlar topilgan.Bu 46 vaqtda ilk ibtidoiy qulchilik paydo bo`lgan.Qullar «tirik murdalar» deb atalgan. Misrning ilk davlatlari xo`jalik faoliyatini birgalikda olib borishga intilgan dehqon jamoalarining birlashmalaridan paydo bo`ldi. Sug`orish inshootlarini rivojlantirish va yiriklashtirishga bo`lgan ehtiyoj davlat hokimiyatini shakllanishini rag`barlantirdi. Davlat hokimiyati sug'orish tizimini yaratish va ta'mirlashda yetakchilik qila boshladi. Misrning ilk davlatlari hajmi jihatidan uncha katta bo`lmagan edi. Keyinchalik Yuqori Misr 22 ta, Quyi Misr 20 ta katta bo`lmagan viloyat – nomlar ( Misr viloyatlarini antik yozuvchilar “nom” deb, ularni hokimlarini “nomarx” deb ataganlar) ga bo`lindi. Nomlarda iqtisodiy ehtiyojlardan kelib chiqib, birlashuv jarayoni kuchli bo`lgan. Nomlar o`rtasidagi uzoq urushlar natijasida er. avv. IV ming yillik oxirida Yuqori va Quyi Misrda ikkita yirik davlat vujuga keladi. Yuqori Misr hukmdori oq rangli toj, quyi Misr hukmdori qizil rangli toj kiygan. Birinchisining poytaxti Exnab (Nexen), ikkinchisining poytaxti Buto shahri bo`lgan. Misrning ilk podsholar4idan biri sanalgan Narmer yodgorliklarida yuqori misr podsholarining g`alabalari ularning ishtiroki bilan muhim marosimlar abadiylashtirilgan. Yodgorliklarda harbiy tasvirlar ko`pchilikni tashkil etadi. Podsholarning hokimiyati er. avv. IV asr o`rtalaridan boshlab merosiy tus ola 47 boshlaydi. Chunki Nil vodiysining uncha katta bo`lmagan nomlari o`rtasidagi muntazam olib borilayot urushlarda harbiy yo`l boshchi nomarxlarning mavqei kuchayib boradi. Er. avv. IV ming yillikning oxiriga kelib podsholarni hokimiyatiga ilohiy tus berilib ular xudo Xor ( bu xudo lochin ko`rinishida tasvirlangan ) bilan qiyoslangan. Har ikki podsholik o`rtasida Misrni birlashtirish uchun uzoq kurash boshlanadi. Quyi Misrda podsho Narmer va undan oldin o`tgan o`tmishdoshlari g`olibona urushlar olib borganlar. Er. avv. XXXI asrning II yarmi atroflarida mamlakatni haqiqiy birlashtiruvchisi va I umummisr sulolasi asoschisi deb misrliklarni o`zlari Narmerning o`g`li Mina (yunoncha Menes)ni hisoblaydilar. Mamlakatni birlashtirish uchun Narmer va undan oldin o`tgan podsholar Quyi Misrda uzoq urush olib boradilar. Misrni amalda to`la birlashtirgan va I umummisr sulolasiga asos solgan podsho Narmerning o`g`li Mina ( yunoncha – Mina, er. avv. XXXI asrning ikkinchi yarmi atrofida ) bo`ldi. U Yuqori va Quyi Misr tutashgan strategik muhim nuqtada yangi poytaxt mustahkamlangan shahar Memfis (Minnefer misrcha)ni qurdi. Misrning Tinis viloyatidan kelib chiqqan I-II sulolalar davri ilk podsholik davri deyiladi. Ilk podsholik davrida yagona va ko’p sonli davlat apparati va bu aparatni boqadigan davlat yer 48 egaligi shakllanadi. Davlat yerlarida tashkil etilgan yirik xo’jaliklarda davlatga qaram bo’lgan ishchilar mehnat qilar edilar. Davlatga turli soliq va majburiyatlar o’tashga majbur bo’lgan qishloq jamoasi ham mavjud edi. Sug’orish inshootlari va ishlari butun mamlakat miqyosida olib boriladi. Mis qurollari yaxshi ma’lum bo’lsada tosh mehnat qurollari ham keng tarqalgan edi. I-II sulolalar podsholari butun mamlakatni har ikki yilda bir marta aylanib chiqishlari an’anaga aylangan. Mafkurada uning birligi his qilina boshlanadi. Endilikda podshoni unvoniga mamlakatni janubi va shimolida e’tiqod qilinadigan ma’budlar Nexbet va Yajit-“Ikkala hukmron”-“Yuqori va Quyi Misr podshosi” so’zlari qo’shiladi. Butun mamlakat miqyosida Yuqori Misrning bosh xudosi Xorga e’tiqod qilish keng tarqaladi. Bu davrda Misr tashqi dunyo bilan faol aloqa olib boradi. Misrning tosh ko’zalari bu vaqtda sharqiy O’rtayer dengizining barcha hududlaridan topilgan: Finikiya va Suriyadan yog’och (mashhur Livan kedri), Sinay yarim orolidan mis, malaxit va feruza toshlari olib kelinadi. Luviya va Arabiston sahrolari yo’llari o’zlashtiriladi. Shimoliy Nubiya ustidan Menes davridan yo’lga qo’yilgan Misrni nazorati saqlanib qoladi. Er. avv. XXIX asr o’rtalari atrofida Misrda siyosiy halokat yuz berdi. Podsho Sexemib Xorga 49 sig’inishni bekor qilib, uning afsonaviy dushmani Seton bilan o’zini qiyosladi, poytaxtni Memfisdan Abidosga ko’chirdi. Quyi Misr ajralib chiqdi. Misrni birligini II sulolaning so’ngi vakili Xasexemum qayta tikladi. U Quyi Misrni tor-mor qildi (uning haykaldagi yozuv 47209 kishini o’ldirilgani yoki haydab ketilgani haqida xabar beradi). Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling