O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Qadimgi Xitoy madaniyati 
Mifologiya va din 
Qadimgi Xitoy mifologiyasi to’g’risidagi
manbalar asosan er. avv. XI asrga oid. Bu afsonalar 
mazmuniga ko’ra ikki guruh yoki sikllarga bo’linadi.
Kosmogonik miflar ichida ilk, tartibsiz holatdan 
tabiat va insonning paydo bo’lishi to’g`risidagi 
asosiy konsepsiya, bo’linish va aylanish berilgan. 
Ulardan birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar 
tartibsizligi, ikki ilk unsur (erkak)ning boshlanishi, 
Yan
va qorong`ulik (ayol)ning boshlanishi - In 
paydo bo’lgan. Ikkinchi konsepsiya barcha 
mavjudotlarning paydo bo’lishi bu transformasiya 
natijasidir deb tushuntiradi. Odam Nyuy ismli 
ma'buda tomonidan loydan yaratilgan.
Tabiat stixiyalari va ulardan odamlarni
qutqargan qahramonlar to’g`risida afsonalar 
ko’pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va qurg`oqchilik
hodisalari afsonalarda ko’p tilga olinadi. Qadimgi 
qahramonlar to’g`risidagi afsonalarda qahramonlar


439 
odamlarni olovdan foydalanishga o`rgatgan; ilk bor 
shox-shabba chaylani ko’rgan. Baliq ovi va ovchilik 
usulini kashf qilgan; ilk dehqonchilik qurollarini 
yasagan, donni bug`da pishirishni o`rgatgan 
qahramonlar mavzusi yetakchi o’rinni tutadi. 
Ko’pgina qahramonlar ilon gavdali, buqaning kallasi
bilan yarim hayvon, yarim odam qiyofasida 
tasvirlanganlar. Bu qadimgi totemistik tasavvurlarni 
aks ettirishdir. 
Qadimgi xitoyliklar u dune to’g`risidagi 
tushunchalarida yerda mavjud bo’lgan tartib-qoidalar 
aks ettiriladi. Yerda hokimiyat vanga tegishli
osmonda xamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysunadi. 
Di qudratli, u odamlarga marxamat qiladi yeki
ularni baxtsizlik bilan jazolaydi. U odamlarga hosilni
sovg`a qiladi, qurg`oqchilik yuboradi, yomg`ir va 
shamol Diga bogliq. Dining yaqinlarini Vanning
vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning
ajdodlari Dining topshiriqlarini bajaradi va ular
Vanning yerdam berish to’grisidagi iltimosini Diga
yetkazadi. Vanning oliy koxin sifatidagi vazifasi 
odamlar va xudolar dunesi o’rtasida vositachi
bo’lgan o’z ajdodlari bilan muloqotni amalga 
oshirishdir.
Konfutsiylikni paydo bo’lishi va tarqalishi 
ajdodlarga e'tiqod qilishni kuchaytirdi. Konfutsiy (er. 
avv. 551-479 yillar)ning axloqiy-syosiy ta'limotida 
markaziy o’rinni «oliyjanob kishi» (SzyanSzi)


440 
to’g`risidagi tushuncha egallaydi. Konfutsiylik 
gumanizm (Jen), sadoqat (Chjun), kattalarga hurmat 
(Syuo), kishilar o’rtasidagi munosabatlarga rioya
qilish (Li)dan iborat. Konfutsiy ochko’zlik, 
zo`ravonlikga qarshi axloq va burchni qarama-qarshi 
quyadi. 
II-III asrlarda Xitoyga budda dini kirib keldi. 
Afsonalarga ko’ra, birinchi budda sutralari (matn 
yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kelingan: bunga 
xotira sifatida Loyan shahri yonida budda «oq ot 
ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha saqlanib 
qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima qilish va budda 
dinini tarqalishi IV-VI asrlarga tegishlidir.
Yozuv 
Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari
er. avv. XIV-XI asrlarga oid fol ko`rish yozuvlaridir. 
In yozuvlarining ko’pchilik qismi buyumlar
tasviridir. In belgilari buyumlar tasviri yeki murakkab 
tushunchalarni ifodalaydigan ko’pgina tasvirlar
qo`shilmasi ideogramma ko’rinishidadir.
In belgilarining hozirgi Xitoy iyerogliflaridan 3 
xil farqli tomoni bor. Birinchidan, har bir elementar 
belgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan, 
ikkinchidan bir belgilini yozilishida ko’p xilma-xillik 
mavjud. Uchinchidan belgini qatorning nisbiy 
yo`nalishiga tomon harakati hali barqaror bo’lmagan. 
In yozuvining er. avv. I ming yillikda Chjoular 


441 
tomonidan o’zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib 
qo`ymadi. Er.avv. II-I ming yilliklarda 
iyerogliflarning mahalliy variantlari unifikasiya
qilindi, belgilarni yezishning yangi husnixati paydo 
bo’ldi.
Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog`och yoki 
bambuk taxtachalariga yozilgan. Tushli mo`yqalam 
bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va 
yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan. Eramizdan 
avvalgi I ming yillikning o’rtalarida ipak matoga 
ham yozilgan. Yangi era boshida qog`oz kashf qilinib 
ishlatila boshlandi va qog`oz boshqa materiallarni 
siqib chiqardi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling