O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Er. avv. VIII-III asrlarda
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Er. avv. VIII-III asrlarda Xitoy Er. avv VIII asr boshlarida chjoularning Xuanxe daryosi yuqori oqimi havzasida yashagan lun qabilalari bilan to`qnashuvi kuchayadi. Junlar kelib chiqishi chjoularga qarindosh edilar, lekin turmush 421 tarzi va xo’jalik yuritish shakli bilan farq qilganlar. 10 – van davrida (781-771 yillar) yarim ko`chmanchi junlar bilan hal qiluvchi to`qnashuv yuz beradi. Merosiy yer mulklarni ko`payishi, ijoxou (merosiy hudud hokimlari) mustaqilligini kuchayishi Van hokimiyatini zaiflashtirdi. Chjou Pix-van isenchi chjouxoular va junlar hujumini qaytara olmadi. U poytaxt hududini tashlab ketishiga majbur bo`ladi. Bu voqea Xitoy an`anasida G`rbiy Chjou davrini tugashi deb hisoblanadi. Er. avv 770 yil poytaxt sharqqa hozirgi Loyan hududiga ko`chiriladi. Shu sababli er. avv VIII-III asrlar Sharqiy Chjou davri deb ataladi. Junlardan qochish vanning obro`-e`tiborini keskin tushirib yubordi. Endilikda u Chjoular o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga aralasha olmadi. Chjoxoular amalda mustaqil hokimlarga aylandilar Vanning yerlari kamaytirilib, unga o`lpon to`lanmay qo`yildi. Er. avv. VIII asr oxirida Xitoy mingdan ziyod bir-biri bilan urushayotgan mustaqil mulklarga bo`linib ketdi, ammo ular mamlakatning an`anaviy birligini ramzi sifatida Chjou vanini oliy hokimiyatini rasman tan oldilar. Bu davrda ijtimoiy tabaqalanish murakkablashdi, qullarning va qaram aholining soni o’sdi. Pul-tovar munosabatlari, ishlab chiqarish kuchlari o’sadi. Van tomonidan yer-mulklar zodagonlar, harbiylarga taqsimlab beriladi. Yerga xususiy mulkchilik paydo bo’ladi. 422 Eramizdan avvalgi VII asrdan boshlab separat kayfiyatlar kuchayib ketdi. Chjoularning Xuanxening yuqori oqimidagi jun qabilalari bilan to’qnashuvi kuchayadi. Ko`chmanchilar birlashib chjoularga katta xafv tug`diradilar va Chjou podsholiklari ichki kurashida ishtirok etadilar. O’rta Xitoy tekisligida birinchilik uchun bo’lgan kurashda Xuanxe quyi qismi Sin podsholigi (eramizdan avvalgi 650 yil), keyinroq Szin podsholigi (er. avv. 630-yil) yetakchi o’ringa chiqadi. Szin va janubiy Chu podsholiklari raqobati er. avv. VII-VI asrlar siyosiy tarixida asosiy davr bo’ladi. Raqobatda Chu yengib chiqdi va er. avv. 575- yilgacha u yetakchi o’ringa chiqib oladi. Shundan so’ng, boshqa podsholiklar ham o’zaro urushda ishtirok etadilar. Er. avv. 403-yilda Tsizin davlatini yemirilishidan Xitoy an`anasi shartli hisobi bilan Chjan`go (Urushayotgan davlatlar er. avv. 403-221- yillar) davri boshlandi. Xitoyda er. avv. VI-IV asrlarda temir tarqaldi. Temir mehnat qurollarini keskin ko`payishi aholini tez o`sishiga olib keldi. Hayvonlardan yerni haydashda foydalanila boshlandi. Mahsulotni, ekin yerlarini ko`payishi va umumiy beqarorlik ijtimoiy siljishlarga olib keldi. Yerga jamoa mulkchiligi tizimi tugadi. Er. avv. 1000 yillik o`rtalaridan yerni sotish va olish huquqi bilan yerga xususiy mulkchilik paydo bo`ldi. Davlat yer egalaridan yer solig`ini olishni joriy qildi, 423 boy hunarmand-savdogarlar tabaqasi shakllandi. Shaharlarni va shahar aholisini ko`payishi kuzatildi. Er. avv. IV-III asrlarda metal tanga tarqaldi. Bu davrda qadimgi Xitoyni asosiy ta`limotlari konfutsiylik, legizm, daosizm vujudga keldi. Konfutsiy (Kun-size er. avv. 551-479-yillar) ta`limoti bo`yicha inson tabiatan ezgulik hislatiga ega va o`z burchini sidqidildan o`tashga tayyor. Konfutsiy barcha ijtimoiy munosabatlar uchun oilani namuna hisoblaydi. Oilada kattalar kichiklarga g`amxo`rlik qiladilar va ularni tarbiyalaydilar, kichiklar ularni hurmat qiladilar va ularga bo`ysunadilar. davlatga xalq farzandlar o’rnida, hukmdor ota o’rnida bo`ladi, hukmdor o`z shaxsiy manfaati emas xalq farovonligi to`g`risida g`mxo`rlik qilishi lozim. Er. av. IV asrda ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarni barqaror holatga keltirish uchun ko’pgina podsholiklarda islohotlar o’tkaziladi. Ana shunday islohotlardan biri er. av. 350 yilda Sin podsholigida oliy amaldor Shan Yan tomonidan o’tkaziladi. Mamlakat uyezdlarga bo’linadi, yer sotib olishga ruxsat beriladi, o`lchov birliklari unifikatsiya qilinadi, urug` zodagonlarning ayrim imtiyozlari bekor qilinadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling