O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk
davlatlarning shakllanishi 
Er. avv. V-III ming yilliklarda Xuanxe daryosi 
o’rta oqimida Yanshao madaniyati tipidagi neolit
manzilgohlari vujudga keladi. Dehqonchilik,
cho`chqa va it boqish asosiy mashg`ulot bo’ladi, 
kulolchilik rivojlanadi.
Er. avv. III ming yillikning ikkinchi yarmida 
kulolchilik charxi yordamida kulrang va qora rangli 
idishlar tayyorlanadi, dehqonchilikda o’roq va
pichoqning takomillashgan shakli vujudga keladi. 
Ijtimoiy tabaqalashuv jarayoni tezlashadi. Bu davr 
Lunshan madaniyati deb ataladi.
Eng qadimgi jez davri buyumlari (er. avv. II
ming yillik birinchi yarmi) Ermitou tipidagi 
manzilgohlarda topilgan. Er. avv. XIV-XI asrlarda
o’rta Xitoyda In davrida ilk shaharlar paydo bo’ladi. 
Bu davrdagi ijtiomiy tabaqalanish izlarini In 
qabrlarida ko`rish mumkin. In davlati tepasida Van 
(hokim) turgan. Hukmdorning yagona hokimiyati 
shakllanidan dalolat beradigan «Men kishilar orasida 
yagonaman» degan so’zini keltirish mumkin. Van bir 
vaqtni o’zida oliy koxin vazifasini ham bajargan. In 
davlatining eng qudratli davri er. avv. XIII asrning 
ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan Van U Di 
davriga to’g`ri keladi. Uning davrida Shan shahrida


420 
saroy va ibodatxonalar quriladi, mamlakat hududi
kengayadi.
Er. avv. 1027 yilda chjoular boshchilik qilgan 
ga`rbiy qabilalar In davlatini ag`darib tashlaydilar. 
Chjoular Inlardan jez quyish san'atini, yozuvni
o’zlashtiradilar. Ular harbiy jang aravalarini ham 
inlardan o`rganadilar. Chjou davrida jamiyat besh 
ijtimoiy qatlamga ajralgan:.
1. Van-«kishilar orasida yagona» hukmdor. 
2. Chjou-merosiy hudud hokimlari, chjou oliy
aslzodalari. 
3. Dafu-urug` qabila guruhlari boshliqlari. 
4. In- katta oila boshliqlari. 
5. Oddiy kishilar. 
Van Osmon mamlakatida eng oliy mulkdor, 
boshqalar esa uning xizmatkori edi. Shu bilan birga 
«Van Chjouni o’z xizmatkori deb xisoblaydi, chjou 
o’z xizmatkori deb dafuni hisoblaydi, dafu o’z 
xizmatkori deb inni hisoblaydi» tushunchasi mavjud 
bo’lgan. Bu davrda asirlar ko’plab qullarga aylantira 
boshlanadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling