O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xronologiya va davrlashtirish
V BOB
Qadimgi Xitoy Mamlakat va aholi Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi eramizdan avvalgi V-III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o’rta oqimida uzoq vaqt yopiq holda shakllanadi. Er. avv. I ming yillik o’rtalaridan boshlab Yanszi daryosi havzasini ham qamrab oladi. Xuanxe daryosi havzasi qadimda qalin o’rmonlar bilan qoplangan. Eramizdan avalgi IV-II 415 ming yilliklarda Xuanxening o’rta oqimlarida karkidon, tapir, bambuq kalamushlari yashagan, bambuk daraxti o’sgan. Vodiyning yumshoq allyuvial tuprog`i dehqonchilik uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Er. avv. IV-III ming yilliklarda Xuanxe havzasida Yanshao madaniyatini bu yerda yashagan poliosiyo aholisini siqib chiqargan protosinotibetliklar yaratadilar. Er. avv. I ming yillikda Xuanxening o’rta oqimida inlar va chjoularning o’zaro ta'siri natijasida qadimgi Xitoy etnosi vujudga keladi. Bu etnosning shakllanishida shimolda poliosiyo va avstroosiyo janubiy Osiyo tillarida so’zlashuvchi etnoslar ishtirok etadilar. Xronologiya va davrlashtirish An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo’yicha davrlashtirish xarakterlidir. Shunga ko`ra, afsonaviy «besh imperatorlar» davridan so’ng, «uch sulola» Sya, Shan-In va Chjou davrlari boshlandi. An'ana bo’yicha Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o’z ichiga olgan ikki qism G`arbiy Chjou (er.avv XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou ( er.avv VIII-III asrlar) ga bo’linadi. Sin sulolasi (er.avv. III asr) o`rniga hukmronlik vaqti g`arbiy va sharqiy davrlarga bo’linadigan Xan sulolasi keladi. Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot talablariga javob bermaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va 416 mehnat qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo’yicha jamiyat taraqqiyotini bosqichlarga bo’ladigan arxeologik davrlashtirishdan foydalanamiz. Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit davriga to’gri keladi. Shan-In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kiradi. Chun-syu davri (er.avv. VI-V asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi. Qadimgi Xitoy tarixini jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti mezoni asosida qo’yidagi davrlashtirishni ko’rish mumkin: 1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning vujudga kelishi. (er. avv. II ming yillik ) 2. Er. avv. VIII-III asrlarda qadimgi Xitoy 3. Xitoyda birinchi markazlashgan davlat-Sin imperiyasi (er. avv. 221-207-yillar) 4. Qadimgi Xitoy I-III asrlarda. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling