O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
 
Qadimgi Hindiston madaniyati 
Adabiyot. Qadimgi Hind adabiyotida markaziy 
o’rinni diniy adabiyot yodgorliklari egallaydi. 
Ularning eng qadimgilari vedalar, o’qituvchidan 
o’quvchiga og`zaki uzatilgan. Veda madhiyalarining 
katta qismi qurbonlik rasm-rusumlariga 
bag`ishlangan. Er. avv. I ming yillikning II yarmida 
budda adabiyoti shakllangan. Ilmiy va didaktik 
ruhdagi adabiyotlardan er. avv. V-IV asrlarda Panini
tuzgan sanskrit grammatikasidir. Bu 
mutaxassislarning fikricha jahon fanida XIX
asrgacha tilning eng yaxshi bayon qilingan asaridir. 


406 
Hindistonda yozuv kechroq paydo bo’lgan, uning ilk 
namunalaridan biri Ashoki yozuvlaridir.
Qadimgi hindlar mantiq, til falsafasida katta 
yutuqlarga erishdilar. Matematika, astronomiya fanlari 
bo’yicha V asrda mashhur olim Ar'iyabxattaxa
harakatning nisbiyligi asosida yerning o’z o`qi
atrofida aylanishi va uning quyosh atrofida 
aylanishini faraz qiladi. Matematikada nolni 
kiritilishi, arab raqamlari deb aytiladigan raqamlar 
Hindistondan kelib chiqdi.
Eramizning I asrlarida turli adabiy janrlar 
mavjud bo’lgan. Bu davrda mashhur dramaturg 
Shakun Kalidasa ijod qiladi. «Panchatatra» deb 
atalgan kitobda masallar to’planadi, uning arabcha 
tarjimasi «Kalila va Dimna» deb ataladi.
Me'morchilik va san'at 
Maurilar davridan so’ng, g`isht va toshdan 
qurilishda keng foydalaniladi. Hozirgacha saqlangan 
obidalar g`arbiy Hindistondagi budda monastirlari 
diqqatga sazovor. 
Yer ustidagi monastirlardan biri Sanchida bunyod 
qilingan. Sanchida tepalik ustida ulkan budda 
monastiri qurilgan. Yana bir noyob san'at yodgorligi 
Ashoki yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir.
Maurilardan so’ng, haykaltaroshlikning mahalliy 
maktablari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari 
shimoliy g`arbiy Hindistondagi Gandxara, shimoliy


407 
Hindistonning markaziy qismidagi Madxura va 
Dekan viloyatidagi maktablardir. Eramizning birinchi 
asridan Gandxara maktabi ellin va Rim madaniyati 
ta'siri ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar 
davrida markaziy va sharqiy Osiyoning budda 
madaniyatiga ta'sir qildi.
Madxura va Dekan maktablari Hind tasviriy 
san'ati an'analari bilan ko’proq bog`langan. Ana shu 
maktablar asosida o’rta asrlar hind va janubiy sharqiy 
Osiyo mamlakatlari madaniyati shakllandi.
Maurilar davridan keyin ming yil davomida hind 
tasviriy san'atining noyob yodgorligi g`ordagi Ajanta 
ibodatxonasi va budda monastirlari yaratildi. 
Monastirlarning ba'zi zallari devorlarida budda 
afsonalaridan manzaralar tasvirlangan. Ajantadagidek
noyob tasvirlarga o`xshash tasvirlar Shri-Lankadan 
ham topilgan. 
Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi 
veda, epik va budda adabiyotlari an'anaviy janrlarga 
tegishli bo’lib, asrlar davomida og`zaki shaklda 
yashab keldi. Aynan muqaddas matnlarni eslab 
qolish, uzatish va talqin qilish, lingvistika, falsafa va
mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo’ldi. 
Janubiy Osiyoda Maurilardan so’ng, turli davlatlarni 
gullab-yashnashi dunyoviy adabiyot-drama, poeziya 
va proza, me'morchilik hamda tasviriy san'atning 
noyob yodgorliklarni yaratilishiga sabab bo’ldi. I
ming yillikning o’rtalarida (shimoliy Hindiston 


408 
Guptalar davri) qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat 
taraqqiyotining yakuni bo’ldi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling