O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Qadimgi yapon davlatlari 
Yaponiya orollarda joylashgan bo’lsada, qadimgi 
Sharqiy Osiyo bilan faol aloqada bo’lgan. Yaponiya 
orollarida eramizdan avvalgi III ming yillikda
qadimgi neolit madaniyati tarqalgan. Eramizdan 
avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmida yapon 
orollariga Koreya yarim oroli orqali qabilalar
migratsiyasi boshlangan. Bu qabilalar Kyusyu 
shimoli, Xonsyu orolining janubida ko’pgina qabrlar
qoldirganlar.
Migrantlar o’zlari bilan jez qurollarini, eng 
muhimi sug`orma sholikorlik texnikasini olib 
keladilar. Yaponiyada dehqonchilik so’nggi neolit
davridan ma'lum bo’lib, u asosan tariq, grechixa, va 
bir qism quruq sholikorlik bo’lib, uncha katta 
bo’lmagan xo’jalik faoliyatidan iborat bo’lgan. Aholi
qirg`oq bo`yi baliqchiligi, terimchilik va ov bilan 
shug`ullangan. Sugorma sholikorlikni tarqalishi 
jihatdan yangi xo’jalik madaniyatini shakllanishiga 
olib keladi.
Er. avv. I asrlarda jez qurollar tarqalgan 
bo’lsada, qishloq xo’jaligida asosan mehnat qurollari 
yog`och va toshdan qilingan. Yer motiga bilan 
ishlanib, hosil yarim oy shaklida tosh o’roqlar bilan 
urilgan. Migrantlar bilan Yapon orollariga ot va 
sigirlar kirib keladi. Protoyapon qabilalarining 
xo’jaligi va moddiy madaniyatiga oid arxeologik


452 
ma'lumotlar bilan birga qadimgi Xitoy yilnomalari 
ham qiziqarli ma'lumotlar beradi.
Er. avv. III asr oxirida tuzilgan «Vey Chji» 
asarida sholi ekishga o`tish jarayoni turli 
hududlarda intensiv yuz bergani to’g`risida
ma'lumot beriladi. «Vey Chji» muallifi Yaponiyada 
«ekinlar sholi, kanop, tut daraxtlari o’stiriladi», «Iki, 
Susima orollarining aholisi janubga boradilar» degan 
ma'lumotlarni beradi. Shu manba Yaponiyada
odamlarni o’z badanini bo`yash (tatuirovka qilish) 
an'anasini keng tarqalganini baliqchilik kasbi bilan 
boglaydi: «Ular suvda baliq tutadilar, chig`anoqlarni
teradilar va katta baliq, qushlarni qo`rqitish uchun
tatuirovka qiladilar». Qadimgi Xitoy manbalarida 
ko’rsatilgan mahalliy aholini kiyimlarining o’ziga xos
xususiyatlari, uy joylarning qurilishidagi jihozlar,
qoziqlar ustidagi uylarning tasvirlari, bu davr 
protoyapon qabilalari madaniyatining janubdan kelib 
chiqqanligi belgilari qurinadi. Eramizdan avvalining 
oxirgi asrlarida Yaponiya hududida turli xil madaniy 
ekinlardan, unsurlardan sekin-asta so’ngi davr
yaponlariga tegishli o’ziga xos xo’jalik ko`rinishi 
shakllanadi.
Xitoy tilidagi yodgorliklar protoyaponlarni «Va 
odamlari» deb ataydi. Manbada ularning ijtimoiy 
tuzumida tabaqalanishning chuqurlashgani kurinadi. 
Manbada «Xalq ichida tengsizlik mavjud. Bir kishi 
ikkinchisiga bo`ysunadi» deb uqtiriladi. Manbalarga 


453 
ko’ra jamiyatda zodagonlar, oddiy aholi va qullar 
mavjud bo’lgan. Qulchilik manbalaridan biri 
jamoada, qarindoshlarni qul qilish bo’lgan.
Jez davri Yaponiyada ko’p sonli protodavlat 
birlashmalari tashkil topgan vaqt bo’lib, ulardan eng 
kichiklari faqat bir necha ming «hovli»dan iborat 
bo’lgan. Shu bilan bir vaqtda ularning birlashuvi 
jarayoni boradi, agar eramizdan avvalgi I asrda 
davlatchalar soni yuzdan ortiq bo’lsa, eramizning III
asrida «Vey Chji» manbasi faqat 30 tasini eslatadi. Bu 
«davlatlar» hokimiyat uchun kurashda Xan 
imperiyasini qo’llab-quvvatlashiga umid qilib, u bilan
aloqa o`rnatganlar. Qadimgi Xitoy xronikalari er. 
avv. I asrda «Va odamlari» Koreya yarim orolidagi 
Xan okrugi amaldorlariga sovg`alar bilan kelganligi 
to’g`risida ma'lumot beradi. Keyinchalik
Yaponiyadan Xan saroyiga elchilar kela boshlaydi. 
Eramizdan avvalgi 56 yilda Loyandagi Guan U-di 
saroyida shunday elchilardan biri qabul qilinib, 
unga muxr taqdim qiladilar. Muxrda «Xanga 
bo`ysunuvchi «Va davlati hokimi»» yozuvi bitilgan. 
Bu qadimgi Xitoyning Xan tipidagi muxrdir.
Eramizning I asrlarida Yaponiya hududida 
shimoliy Kyusyuda Yematay davlati, markaziy
Xonsyuda Yamato nomli davlat kuchliroq bo’lgan. 
Yematay malikasi 238 yilda shimoliy Xitoydagi Vey 
imperiyasi bilan aloqa o`rnatadi va yuborilgan 
sovg`alar uchun «Veyga do’st «Va malikasi» deb 


454 
yozilgan oltin muxrini oladi. Yematay davlatida
ma'muriy tizim shakllangan bo’lib, asosiy hududiy 
birligi provinsiya bo’lgan. Manbada “Har bir 
provinsiyada bozor bo’lib, u yerda hukumat amaldori 
nazorati ostida savdo qilinadi” deyiladi. Yematay
hududida yagona soliq tizimi joriy qilinganligi 
to’g`risida ma'lumotlar mavjud. Yana bir yapon 
davlati Yamatoni boshqa yapon davlatlari o`rtasida 
alohida o’rin tutgani to’g`risida ma'lumotlar mavjud. 
Yamato hukmdorini kelib chiqishi ilohiylashtirilgan, 
U Quyosh ma'budasi Amaterasu avlodi hisoblangan. 
Uning hokimiyatini muqaddas ramzi qilich, yashma 
bezagi va jez oyna bo’lgan.
Yaponiyaning qadimgi tarixini arxeologik
davrlashtirishda IV-VII asrlar «qo`rg`onlar davri» 
deb ataladi. Bu ilgari Yaponiya uchun noma'lum
bo’lgan, III asr oxiridan hududda paydo bo’lgan dafn
qilishning o’ziga xos qabr qo`rg`onlari bilan bog`liq.
«Qo`rg`onlar davri»da Yaponiya hududida jez 
mehnat qurollari bilan bir vaqtda temir qilich va 
temirdan yasalgan boshqa qurollar keng tarqaladi. 
Shu bilan birga IV-VIII asrlar madaniyatini o’tgan 
davrlar madaniyatidan ajratib turadigan yana bir 
xususiyat mavjud. Bu davrda suvoriylik, otda yurish 
san'ati bilan bog`liq o’ziga xos an'analar yapon 
orollariga kirib keladi. Bu davrga oid Yapon 
orollaridagi arxeologik topilmalar: uzangi, egar va 
boshqa ot anjomlari Koreya va shimoliy Xitoydan


455 
topilgan buyumlarga o`xshaydi. Jilovlangan ot 
zodagonning faxr, g`ururi bo’lgan. Jilovlangan ot
kichik xajmda juda tabiiy ko`rinishda kichik loy
haykalchalarda ifodalangan.Odatda qabrga qo`yilgan 
bu haykalchalar «xaniva» deb atalgan. Yapon 
tarixchilarining fikriga ko’ra, «qo`rg`onlar davrida» 
Yaponiyaga markaziy Osiyodan ko`chmanchi 
qabilalar kirib keladi va ular ilk davlatlarni barpo 
etadilar.
Yamato hukmdori Syotoku -taysi VII asr 
boshlarida davlat apparati va boshqaruv tizimini 
asosiy shakllarini vujudga keltiradi. U 603 yilda 
zodagonlik rangini (daraja) yangi tizimini kiritadi. 
604 yilda esa davlatni mafkuraviy asosi qilib
konfutsiylik olinadi. Hukmron Syotoku-taysi 
Konfutsiy ta'limotiga ko’ra barcha fuqarolar 
hukmdorga bo`ysunishlari lozimligi to’g`risidagi
qonunni e’lon qiladi. Syotoku-taysu davrida, 
Yamatoda buddaviylik e’tiqodi keng tarqaladi, budda
ibodatxonalari va monastirlar qurila boshlanadi. 
(Nara shahri yaqinida ilk budda ibodatxonalaridan 
biri. Xaryudzi hozirgacha asl holida saqlanib qolgan). 
607-yilda Syotoku -taysi Xitoyga elchi bilan 
maktub jo`natadi. Maktubda shunday yozilgan: 
«Quyosh chiqadigan osmon mamlakat o’g`li quyosh
botadigan mamlakat o’g`liga murojaat qiladi». VII
asr oxiridan boshlab Yapon davlati eski Yamato nomi 


456 
o`rniga Nippon deb atala boshlanadi. Hozirgi
“Yaponiya” so’zi shundan kelib chiqqan.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling