O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Mon-Kxmer va Indoneziyaliklarning davlat


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Mon-Kxmer va Indoneziyaliklarning davlat 
birlashmalari 
Eramizning boshlarida Hindixitoy va Indoneziya
yirik daryo vodiylarida sinfiy jamiyat va davlatlar 
shakllanadi. So’nggi jez davrida xo’jalikning yuqori 
taraqqiyoti, temir qurollaridan keng foydalanishga 
o`tish, davlatni shakllanishiga olib keladi.
Janubiy Hindistonning dravid xalqlari orqali 
shimoliy Hindiston, Yaqin Sharq va o’rtayer dengizi 
bilan doimiy aloqalar o`rnatiladi. Tekislikda
vyetlarda bo’lgani kabi yetakchi ijtimoiy birlik
kichik qishloq jamoasi edi. Vodiylarda yuqori 
darajada rivojlangan dehqonchilik, tog`li viloyatlarda
ovchi-termachilik xo’jaligi mavjud bo’lgan.
Mahalliy jamiyatlarning o’ziga xosligi bir 
etnolingivistik guruh ichida tekislikda yuqori 
taraqqiyot darajasiga erishgan dehqonlar bilan qo’shni 
tog`lik vohadagi ovchi-terimchilarning birgalikda 
yashashi edi. Ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy har xillik 
sinfiy jamiyat va davlatni ibtidoiy jamoa 
munosabatlari hukm surgan viloyatlar bilan 
ajratilishiga sabab bo’ldi. 
Aulak, Bapnom (Funan), Shrikistra (Tarekittara), 
Suvannabxumi (Janubiy Birma) dagi va Tyao Praye 
(Menam), Malakk yarimorolidagi va arxipelagidagi 


462 
Malay, ilk Yava davlatlari ma'lum bir siyosiy-
iqtisodiy yadro-aholi zich joylashgan sholikor voha va 
uning poytaxti atrofida joylashgan edilar. 
Hukmdor barcha yer zahirasini oliy egasi edi. Bir 
qism yer zodagonlarning merosiy yeri, ibodatxona va 
koxinlarning «abadiy» yerlari bo’lgan. Aholining 
asosiy qismi erkin jamoatchilardan iborat bo’lib, 
koxinlar, zodagonlar qatlami mavjud bo’lgan. Qullar 
kam sonli bo’lgan.
Ko’pgina Mon va Kxmer davlatlari eramizning I 
asrlari atrofida paydo bo’ladi. Ular bir-birlari bilan 
yaqin aloqada bog`langanlar. Bu davlatlar ichida eng 
kattasi Bapnom (Funan) imperiyasi bo’lib, u o’zining 
gullab yashnagan davrida Janubiy Hindixitoyning 
butun mon va kxmer tekisligini egallagan. 
Bapnom davlati yangi eraning birinchi asrlarida 
vujudga keldi. Eramizning II-III asrlarida mamlakatni 
birlashtirilish tugagach qadimgi kxmer hukmdorlari 
istilochilik urushlarini olib boradilar. Kxmer 
hukmdorlaridan eng mashhuri Fanishman bo’lgan. U 
kuchli flot quradi va qator qo’shni viloyatlarni bosib 
oladi. Bapnomning harbiy, dengiz va savdo qudrati er. 
avv IV asrgacha o’sib boradi. Irrigasiya va 
ibodatxonalar qurilishi keng miqyosda olib boriladi, 
mamlakatda xinduizm va budda e'tiqodlari tarqaladi 
va hukmdor hokimiyati kuchayadi. 
V-IV asr boshlarigacha qadimgi kxmer 
jamiyatida shimoliy guruhlar kuchaydi. Ular ilgari 


463 
savdoda ishtirok etmagan edilar. Sekin-asta ular 
dengiz bo`yi hududlarini bo’ysundiradilar. Bapnom 
imperiyasi zaiflashib inqirozga yuz tutadi.
Mon-Kxmer xalqlari janubiy Hindiston 
madaniyatining ayrim unsurlarini jumladan yozuv, 
diniy til, ayrim diniy tasavvurlarni, monlar asosan 
buddizmni, kxmerlar hinduizmni qabul qilganlar.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling