O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Reyting savollari
1. Qadimda Italiya atamasi nima ma’noni bildirgan? A) “buzoqlar mamlakati” ma’nosini B) alp tog’ ma’nosini C) boy o’lka ma’nosini D) shamollar mamlakati ma’nosini E) oltin tog’ ma’nosini 702 2. Italiyaning qancha qismi tekislikdan iborat ? A) 25 % B) 20 % C) 30 % D) 45 % E) 50 % 3. Italiyaning ko’p qismini nimalar tashkil etadi ? A) quruqliklar B) chuqurliklar C) tog’liklar D) suvliklar E) tekisliklar 4. Qadimgi Italiya necha qismga bo’lingan ? A) 3 qismga B) 7 qismga C) 12 qismga D) 8 qismga E) 15 qismga 5. Qadimgi Italiya deb qaysi davlat nomlangan? A) Latsiya B) Kalabriya C) Arelin D) Rim E) Umbriya 6. Apennin tog’lari sharqqa cho’zilib, qayergacha yetib boradi? A) Adriatik dengizigacha B) Antarktidagacha C) Avstraliyagacha D) Epirgacha E) Arelin vodiysigacha 7. Er. avv. V asrda Po vodiysiga kimlar ko’chib kelishdi ? A) etrusklar B) ekvlar C) esklar D) gallar E) osklar 8. Gallar nima uchun Rimda Sizlalp Galliyasi deb nom oldi ? A) etrusklarni siqib chiqarganlari uchun 703 B) janglarda pistirma qo’yganlari uchun C) gallarni yenganlari uchun D) urushda qatnashmaganliklari uchun E) xiyonatkor bo’lganlari uchun. 9. Rim shahri qachon barpo qilindi? A) er. avv. 754-753- yillarda B) er. avv. 715-710- yillarda C) er. avv. 775-770- yillarda D) er. avv. 780-779- yillarda E) er. avv. 710-708- yillarda 10. Italiyadan qaysi daryo oqib o’tadi? A) Sibir B) Neon C) Surrey D) Nil E) Registon 11. Rim imperiyasiqachon quladi? A) 476-yilda B) 475-yilda C) 470-yilda D) 478-yilda E) 485-yilda 12. Er. avv. 79-yil vulqon otilishi natijasida kul ostiga qolgan Pompeya va Gerkulanum shaharlari arxeologlar tomonidan to’la qazib olindi? A) XX asrda B) XIX asrda C) XV asrda D) XIX asrning I yarmida E) XVIII asrda 13. Pompeya va Gerkulanum qachon vulqon kuli ostiga qolgan? A) er. avv. 79-yilda B) eramizning 79- yilida 704 C) XX asrda D) 750-yilda E) er. avv. 753-yilda 14. Rim tarixida eng qimmatli manbalardan biri nima? A) yozma adabiyot B) drama C) musiqa asarlari D) ierogliflar E) haykaltaroshlik 15. Rim shahriga qachon asos solingan? A) 753-yil 21-aprelda B) 709-yil 10-mayda C) 780-yil 21-mayda D) 785-yil 21-aprel E) 801-yil 12- fevralda 16. Er. avv. 100-yillar atrofida ……. yarim oroliga shimoldan yangi qabilalar kelgan. A) Apennin B) Terra C) Marra D) Villan E) Rim 17. …………. lar o’lik mayitlarni gulxanda yoqib, kulini maxsus idishlarda saqlar edilar. A) terra B) marra C) villan D) samnit E) yunon 18. Rim tarixshunosligining eng yirik vakili kim? A) Tatsit B) Velley Paterkul C) Dionisiy D) Sitseron E) Gay Grakx 19. Rim er. avv. 265- yilda qayerni butunlay bo’ysundirdi. A) Italiyani B) Frakiyani C) Bobilni D) Afinani E) Eronni 20. Rim tarixining taraqqiyotini 705 belgilovchi tarixiy jarayonlarga ko’ra necha davrga bo’linadi? A) 6 davrga B) 5 davrga C) 3 davrga D) 2 davrga E) 7 davrga 21. Yunonlar ilk bor Italiyada qachon paydo bo’ldilar? A) er. avv. II ming yillikda B) er. avv. III ming yillikda C) er. avv. IV ming yillikda D) er. avv. V ming yillikda E) er. avv. VII ming yillikda 22. Er. avv. III asrda ………. hududi Rim istilolari natijasida yagona davlatga birlashdi. A) Italiya B) Eron C) Bolqon D) Retsiya E) Frakiya 23. Er. avv. I ming yillikda Po vodiysida qaysi qabilalar o’rnashdi? A) keltlar B) galluslar C) italiyaliklar D) gallar E) qullar 24. Rimliklar kelt qabilalarini nima deb atadilar? A) gall B) kelt C) gallus D) qul E) sitsi 25. Gallus so’zining ma’nosi nima? A) xo’roz B) qizil C) toj D) pat E) ko’chmanchi 706 26. Apennin yarim oroli qachondan boshlab Italiya deyildi? A) er. avv. I asrdan B) er. avv. II asrdan C) er. avv. III asrdan D) er. avv. IV asrdan E) er. avv. V asrdan Etrusklar. Rim podsholik davrida Etrusklar Er. avv. I ming yillik boshlarida Italiyaga Kichik Osiyodan etrusk qabilalari kelib o’rnashdi. Latinlar ularni etrusklar yoki tusklar, yunonlar tirrenlar yoki tersenlar deb atadilar. Etrusklar tarixi bo`yicha sog’ona, dafn toshlari, qo’rg’oshin taxta, ko’za, muxrlarda mavjud bo’lgan 11 ming etrusk yozuvlari mavjud. Ularning 707 ko`pchiligi bag’ishlov, in’om mazmunida bo’lib qisqa yozilgan. Etrusklar to’g’risidagi ilk aniq ma’lumotlar er. avv. VIII asrga tegishli. Etrusk madaniyatining asosiy yodgorliklari O’rta Italiyada Tibr va Arnus daryolari oralig’ida Rimliklar Etruriya (hozirgi Toskana) deb atagan viloyatda to’plangan. Etrusklar dehqonchilik va hunarmandchilik bilan mashg’ul bo’lganlar. Temir va misdan ajoyib buyumlar yasalgan. Ular vositachilik savdosi bilan ham shug’ullanganlar. Etrusk shaharlarini qadimdan rasman podsholar boshqardilar, er. avv. VI asrda ularni o’rnini magistratlar egalladilar. Amalda hokimiyat zodagonlar (harbiy-kohin zodagonlar- luqumonlar) qo’lida edi. Etrusklar janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyada o’z koloniyalarini barpo qildilar. Er. avv. VII-VI asrlarda Etruriyada markazi Volsiniya shahri (Bu shaharda etrusklarning oily xudosi kertumnani ziyoratgohi bor edi.)bo`lgan, etrukslarning 12 shahar konfederatsiyasi mavjud edi. Konfederatsiya siyosatiga 12 luqumon kengashi rahbarlik qilgan. Aholisi ko`p sonli va boy Veyi, Populoniya, Kluziy, Belsiniya, Peruziya, Tarkviniya, Vulchi, Tsere kabi etrusk shaharlari bo’lgan, Etrusk me’morchiligi yuqori darajada shakllangan bo’lib keng ko’chalar (kengligi 10-15 metr), maydon, kvartal, mudofaa devorlari, tosh kuprin, suvquvurlari va 708 kanalizatsiyalarni mavjudligi buning dalilidir. Etrusklar kuchli harbiy flotga ega bo’lib Misr, Fnikiya va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilganlar va dengiz qaroqchiligi bilkan shug’ullanganlar. Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari etrusklar bilan raqobat qildilar. Er. avv. 535-yilda Etrusklar Alaliya yonidagi jangda (Korsikada yaqinida ) yunonlarni tor-mor qiladilar. Korsikani etrusklar qo’lga oldi. Shu vaqtda etrusklar Latsiya, Kampaniya va shimoliy Italiyani bir qismi Etrusklar qo’lida edi. Er. avv. VI asrning birinchi yarmi Etruriyani iqtisodiy-siyosiy hayotini yuksalish davri edi. Er. avv. VI asrning ikkinchi yarmidan etrusklar zaiflasha boshladi. Ular birdaniga yunon, rimliklar va gallarni siquvi ostida qoldi. Er. avv. 524-yilda yunonlar Kampaniyada etrusklarni tor-mor qildilar. Er. avv. 509-yilda rimliklar so’ngi etrusk podshosi Tarkviniy mag’rurni shahardan haydab yuboradilar. Er. avv. 265-yilda Voliniyani qulashi bilan rimliklar Etruriyani to’la istilosini tugalladilar. Yangi era boshida Etrusklar romanlashtirish jarayonida o’z ona tillarini unutdilar va rimliklar bilan qo’shilib ketdilar. Etrusk san’ati tarixi to’rt davrga bo’linadi: Birinchi davr er. avv. VIII-VII asrlar, arxaik er. avv. VI asr, klassik er. avv. V-IV asrlar va ellin er. avv. III- I asrlar. Etrusk shaharlarida qal’a inshootlari qoldiqlari, ibodatxona xarobalari, ularni barchasi 709 odatda tuf va travertindan qurilgan. Etrusklar qobiliyatli injenerlar bo’lib pishiq ko’priklar va yo’llarni quruvchilar edilar. Jahon san’at tarixiga mansub mashhur etrusk maqbaralari Kvyuzi, Cherveteri Vulchi Volterra va Mantanoli burtma naqshlar, jez va loydan yasalgan haykallar bilan bezatilgan, luqumonlarning naqshin sog’onalari, dafn ko’zalari jezdan yasalgan diniy va kundalik, zargarlik nafis, yuksak san’at asarlaridir. Bizgacha Tarkveniy Mag’rur oldida ishlagan haykaltarosh afsonaviy Vulku ma’lum. Shuningdek etrusklarni jezdan bunyod qilingan noyob haykallari “Kapitoliy ona bo’risi” va “Ximere” (er. avv. V asr) butun dunyoga tanilgan haykallar hisoblanadi. Etrusklarning dini asosida odamlarni qurbonlik keltirish bilan o’liklarga, ruhlar va devlarga e’tiqod qilish yotar edi. Oliy xudo Vertumn hisoblangan. Uning orqasida triada: Tiniya, uni va Menerva (rimliklarda-Yupiter, Yunona va Minerva). Qolgan xudolar fufluns keyin u rimliklar tomonidan Vakx- Dionis bilan, Maris-Mars bilan, Aplu-Apollon bilan, Turms-Germes bilan tenglashtirilgan edi. Etrusk madaniyatini shakllanishiga Sharqning qadimgi sivilizatsiyalari, yunon dunyosi ijobiy ta’sir qildi. O’z navbatida etrusk sivilizatsiyasi rim madaniyatini rivojlanishida jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling