O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rim tarixini davrlashtirish


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Rim tarixini davrlashtirish 
 
Rivoyatlarga ko’ra Rim shahriga er. avv. 753-yil 
21-aprelda asos solingan. “Qadimgi Rim" 
tushunchasi o’n ikki asrdan ortiqroq tarixni o’z ichiga 
olgan (er. avv. 753-yil 21-apreldan boshlanib, 
eramizning 476-yil 23-avgustida G’arbiy Rim 
imperiyasining halokati bilan tugallandi) davlat 
jamiyat va sivilizatsiyani o’z ichiga oladi. Boshida 
uncha katta polis bo’lmagan Rim er. avv. 265-yilga 
kelib, butun Italiyani o’ziga bo’ysundirdi, er. avv. II 
asr o’rtalarida eng qudratli o’rtayerdengizi davlatiga 
aylandi. Eramizning I-II asrlariga kelib, O’rta yer 
dengizi qadimgi sivilizatsiyalarini ulkan madaniy 
merosini o’zlashtirgan bepoyon imperiya bo’ldi. 
Jahon tarixida antik madaniyatning buyuk yutuqlarini 
qabul qilgan, o’zlashtirgan va keyingi avlodlarga 
yetkazgan davlat va jamiyat sifatida Qadimgi Rimning 
muhim o’rni belgilanadi. Qadimgi Rim davlati va 
jamiyati tarixi uzluksiz taraqqiyot jarayonida bo’lgan 
iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy voqelikdir. 
Rim tarixi uning taraqqiyotini belgilovchi tarixiy 
jarayonlarga ko’ra olti davrga bo’linadi:
Podsho Rimi (er. avv. VIII-VI asrlar). Bu vaqtda
urug’ qabila munosabatlari, tuzilmalari 
yemiriladi, ilk sinfiy jamiyat paydo bo’ladi 


696 
va Rimning bo’lajak siyosiy,ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida asos bo’lib xizmat 
qilgan ilk davlat muassasalari shakllanadi; 
Ilk respublika davri (er. avv. V-III asrlar). U 
Italiyada quldorlik jamiyati va davlatining 
intensiv taraqqiyoti bilan belgilanadi
So’ngi respublika davri (er. avv. II-I asrlar). Bu 
vaqtda klassik qulchilik shakllanadigan
Rim o’rtayerdengizi davlati tashkil topadi; 
Ilk imperiya yoki printsipat (eramizning I-II 
asrlari). Bu davr Rim imperiyasining oltin 
davri, O’rta- yer dengizi antic 
sivilizatsiyasining 
gullab-yashnashi, 
iqdisodiyot va madaniyatning o’sishi bilan 
belgilanadi; 
Umumiy tushkunlik Rim imperiyasining 
yemirilish xavfi (eramizning III asri). Bu 
davrda Rim jamiyatining barcha 
tuzilmalarida kuchli tushkunlik belgilari 
yaqqol ko’rinadi va Rim davlatchiligining 
halokati xavfi tug’iladi; 
So’ngi Rim imperiyasi yoki Dominat (eramizning 
IV-V asrlari). Bu davr quldorlik 
jamiyatining yemirilishi, uning bag’rida 
feodalizmning ilk belgilarini shakllanishi va
g’arbiy Rim imperiyasini qulashi bilan 
belgilanadi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling