O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Dominat davrida imperiya 
235 yilda navbatdagi imperator Aleksandr Sever 
o’ldirilishi bilan hokimiyat uchun turli da’vogarlar 
o’rtasida kurash boshlanib, bu siyosiy tushkunlik 
yarim asr davom etdi. Oddiy jangchilar ichida ham 
imperatorlikka da’vogarlar chiqdi. Jangchi 
imperatorlar bir -birlarini tez- tez almashtirdilar. 
Odatda ularning barchasi o’ldirilar edi. 284-yil kuzida 
tarixda Diokletian nomi bilan kirgan illiriyalik 39-
yoshli Diokl (284-305-yillar) imperator deb e’lon 
qilindi. Diokletianning hukmronligi boshlanishi bilan 
so’ngi Rim imperiyasining davri yoki Dominat (284-
476-yillar) davri boshlandi. Ozod qo’yilgan qulning 


874 
o’g’li tegishli ma’lumot olmagan, lekin aqlli va 
shafqatsiz bo’lgan imperator Gay Avreliy Valeriy 
Diokletian hukmronligi vaqtida “Dominat” (latincha 
Dominus “janob”, “xo’jayin”) nomini olgan siyosiy 
tizimning asoslari yaratildi. Diokletian davrida 
imperator hokimiyati mutlaq, cheklanmagan 
xususiyatga ega bo’ldi; imperator-“xo’jayin va xudo”-
beso’naqay harbiy byurokratik boshqaruv mashinasini 
boshqardi. Imperator o’z fuqarolari hayoti va mulkiga 
egalik qildi. Prinsipat davridan qolgan respublika 
muassasalari endilikda tugatildi. Senat bor yo’g’i Rim 
shahar kengashiga aylandi. Saroyda sharq an’analari 
kiritildi. 
Diokletian yirik tashkilotchi va hgushyor 
siyosatchi bo’lgani uchun bir qator provinsiyalarni 
separat kayfiyatlarini hisobga olgan holda imperiyani 
4 qismga bo’ldi va o’ziga uch yordamchi 
(tetrarxiya)ni belgiladi. Bundan tashqari imperiya 101 
provinsiyaga bo’linib, bir necha provinsiyalar yana 
kattaroq ma’muriy birlik Dioses (jami 12 dioses)ga 
birlashtirildi.
Diokletian imperiyani siyosiy ahvolini nisbatan 
barqaror holatga keltirib, iqtisodiyot va moliyani 
sog’lomlashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni 
amalga oshirdi. Pul muomulasi unifikatsiya qilindi, 
provinsiyalarda pul zarb qilish taqiqlandi va 286-yilda 
to’la qonli tilla, kumush va mis tangalar zarb qilina 
boshlandi. Soliq tizimi ham isloh qilindi, ilgari 


875 
soliqlar pul bilan emas mahsulot bilan ko’proq olinar 
edi. Imperator soliqqa tortish tizimini unifikatsiya 
qildi, 289-290-yillar imperiya aholisi yalpi ro’yhatdan 
o’tkarildi. Ro’yxatga olish har 15 yilda bir marta 
takrorlanishi kerak edi, soliq kvotalari 5 yilda bir 
marta qayta ko’rilar edi. Ekin yerlari va yaylov 
o’tloqlar kadastri tuzilgan edi. Qishloq aholisi ekin 
yeri, yaylovlar sifati, chorva va boshqa mulkka qarab 
yer solig’i to’lar edi. Hunarmand-savdogarlar esa 
qator soliqlarni to’lar edilar. 
Diokletian juda ko’p inshootlarni qurdi. Saroylar, 
tsirk, Rimda termalar, Illiriyadagi Salona shahrida 
(Hozirgi Bosniyadagi Split)gi ulkan saroy ansambli 
bunyod qilindi. Diokletianning eng oxirgi 
tadbirlaridan biri nasroniylik dinini taqib qildi. 303-
304-yillarda keksa va kasal Diokletian yordamchisi 
Galeriy tazyiqi ostida nasroniylarga qarshi o’zini 4 
ediktini e’lon qildi.
Rim imperiyasi g’arbiy va sharqiy qismlarga 
bo’lindi. Italiya shuningdek imperiya markazi sifatida 
imtiyozini to’la yo’qotdi.
Agar II asr boshlari Trayan davri 
provinsiyalarining soni 45 ta bo’lsa, endilikda eski 
bepoyon provinsiyalarning bo’lish yo’li bilan ularning 
soni 108 taga etdi. Diokletian markazi Nikomediya 
bo’lgan imperiyaning sharqiy qismini boshqardi. 
Markazi Mediolon (Milan, Shimoliy Italiya) bo’lgan 
g’arbiy qismini Maksimian boshqaruviga topshirdi. 


876 
Diokletian va Maksimian “Avgust” unvonini olib, 
o’zlariga yordamchi olib, ularga “Tsezar” unvonini 
berdilar. Tsezarlar avgustlarning avlodi hisoblangan 
Diokletianning fikricha bunday tartib imperiya 
birligini saqlashga yordam berishi, viloyatlarda 
xokimiyatning zo’rayonlik bilan tortib olinish 
imkoniyatiga yo’l qo’ymasligi va shuningdek Rim 
davlat chegaralarini qo’riqlashni osonlashtirishi lozim 
bo’lgan. German qabilalarining Rim hududiga doimiy 
ravishda bostirib kirishi harbiy islohot o’tkazishga 
majbur qildi.
Qo’shinning soni ko’paytirildi. Endilikda yirik 
yer egalari kolonlar va ozod qo’yilgan qullardan 
jangchilar berishga majbur edilar. Harbiy xizmatga 
german qabilalarining qismlari-federatlar qabul qilina 
boshlandi. Bundan tashqari qo’shinni tezkor harakat 
qilishini ta’minlash uchun chegara qo’shinlari va 
harakatdagi qo’shinlarga bo’lindi. Chegara qo’shinlari 
imperiyaning mustahkamlangan qal’alari va 
chegaralarida joylashtirildi. Harakatdagi yoki 
zahiradagi qo’shin urush havfi bo’lgan chegara 
hududiga yuborish uchun javgovor holatda saqlab 
turildi. Davlat hokimyati narx-navo va ish haqining 
o’sishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatdi. Bir vaqtning 
o’zida soliq va pul islohotlari o’tkazildi va natijada 
ijtimoiy-iqtisodiy tushkunlik vaqtinchalik bartaraf 
etildi. III asr oxiri IV asr boshlarida o’tkazilgan 
ma’muriy-harbiy va iqtisodiy islohotlar ulkan Rim 


877 
davlatini umrini yuz yildan ko’proq vaqtga 
ouzaytirdi..

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling