O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet109/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Damashq podsholigi


Damashqning yuksalishi er. avv. II ming yillik oxirida Arabistondan kelgan somiy qabilalaridan biri oromiylar bilan bog`liq. Ular Arabistonda tuya boqish va ko’paytirish bilan mashg`ul bo’lganlar. Er. avv. I ming yillik boshlarida oromiylar Suriya va Shimoliy Mesopotamiyada oromiy-xurrit aholisini to’la assimilyatsiya qiladilar. Bu vatga kelib, oromiy tili Old Osiyoda asosiy tillardan biriga aylanadi. Er. avv. II ming yillik oxirlarida kontinental Suriyada savdo yo`llari kesishgan nuqtada Arabistondan kelgan somiy qabilalaridan biri oromiylarning Suriyadagi bosh markazi Damashq shahri kuchayib ketadi. Damashq podsholigining iqtisodiyoti rivojlangan chorvachilik, butun Yaqin Sharqqa mashhur bo’lgan qurolsozlik va oliy navli jun bilan vositachilik savdosiga asoslangan. Damashq podsholari Qadimgi xurrit podsholari unvonlarini eslatadigan “Xudo Bo’ri O’g’li” (“BenXadad”) unvonini olganlar.

Er. avv. IX asr o`rtalarida Damashq osur podsholari Ashshurnasirpal II va Salmanasar III ni Sharqiy o`rtayer dengizi hududida bosqinchilik urushlariga qarshi kurashda hal qiluvchi rol o`ynaydi. Er. avv. 853-yil Damashq podshosi Ben Xadad II va Isroil podshosi Axav boshchiligidagi birlashgan qo’shin Qarqara yonidagi jangda Salmanasarni 120 ming kishilik qo`shini hujumini qaytardi. Er. avv. 841-yilda esa Salmanasar Damashq qo`shinlarini yengadi va shaharni qamal qiladi, lekin uni ishg’ol qila olmaydi. Er. avv. VIII asr boshlarigacha Osuriya Sharqiy o’rtayer dengizini bo’tsundirishga harakat qiladi, lekin bu yerda o’rnasha olmaydi.

Er. avv. IX asrning II yarmida Damashq podshosi Benxadad III Isroilning Iordan daryosi

ortidagi mulklarini qo’lga kiritadi, janubiy Falastinga ham kiradi va yahudiyadan xiroj oladi. Damashq podshosi Benxadad III shimoliy Suriyani 17 hokimini birlashtirib, ularni Orontdagi o’zining raqibi Xamat podsholigiga qarshi qo`yadi. Er. avv. IX asr oxirida beto’xtov urushlar sababli zaiflashib qolgan Damashq Osuriya podshosi Adadnerari III qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Osuriyaliklar bu yrda ulkan miqdorda temirni o’lja sifatida oladilar.

Sharqiy o’rtayer dengizida birinchilikni da'vo qilgan qudratli davlatlar Tir-Sidon va Damashq bilan bir qatorda kichik davlatlar ham mavjud bo’lgan. Jumladan, Shimoliy Suriyadagi Karxemish boy savdo hunarmandchilik markazi bo’lgan. Xett davlati yemirilgach, u mustaqil bo’ladi va xett tili, xett madaniy an'analarini saqlab qoladi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling