O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Isroil-Yahudiya davlatlari


Download 0.77 Mb.
bet110/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Isroil-Yahudiya davlatlari


Er. avv. XII asrda Falastin hududida kelgindi ko’chmanchi isroil qabilalari va mahalliy xananlar birlashib 12 qabila ittifoqini shakllantiradilar.

Er. avv. XI asr boshlarida Falastinda temir qurollar ishlab chiqarishda yetakchi bo’lgan filistimlar hukmronligi o’rnatiladi. Isroil qabilalari filistimlarga qarshilik ko’rsata olmaydi. Falastinda isroil qabilalari Misrdan kelib o’rnashadilar. Er. avv. XIII asrda o’n ikki yahudiy qabilalari Falastinga bostirib kirib, mahalliy Xanaan shahar-davlatlarini bo`ysundirganlar. Yahudiy so’zi etimologik jihatdan «daryo ortidagi aholi» degan ma'noni bildiradi. Saylab qo’yiladigan yo’lboshchi-Shofetlar (“Qozi”), oliy kohinlar vazifasini bajarib, qabila ko’ngilli qo’shinlariga boshchilik qilganlar va tinchlik paytida ajrim ishlari bilan shug’ullanganlar. Er. avv. XI asrning oxirida yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga o’tish yuz bergan. Saylab quyiladigan yo’lboshchilar o’rniga merosiy podsho hokimiyati shakllanadi. Filimstyanlar bilan bo’lgan janlar davomida podsho qilib Saul saylanadi. U birinchi merosiy podsho bo’ladi. Saul Filistimlar bilan bir necha g’olibona urushlar olib boradi, lekin navbatdagi urushda mag’lub bo’lgani uchun o’zini o’ldiradi. Er. avv. 1000-yillar atrofida Saulning oddiy jangchisi bo’lgan Dovud Isroil podshosi bo’ladi. Dovud markazlashgan harbiy-byurokratik davlat tuzishga harakat qiladi. Dovud (1010-970 yillar) podsholigi davrida markazlashgan davlat tuziladi. Bosib olingan Quddus yangi davlatning poytaxti bo’lgan. Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat organlari tuziladi. Podsho kritlik va filistimlardan o’ziga sodiq yollanma qo’shin tuzadi. Dovud faol tashqi siyosat olib boradi. U filistimlar bilan sulh tuzadi. Iordan daryosi ortidagi yerlar filistimlar va janubiy Suriya oromiylarini bo’ysundirib davlat chegarasini Akab qo`ltig`iga olib boradi.

Dovudning taxtini uning kichik o’g’li Sulaymon (Er. avv. 970-930-yillar atrofida) egallaydi. Sulaymon davrida qurilish ishlari keng yo’lga qo`yiladi. Uning davrida Quddusda xudo Yaxva sharafiga ibodatxona quriladi. Davlat hududi 12 okrugga bo’linadi. Ularning har biri yilda bir oy podsho saroyiga oziqovqat yetkazish majburiyatini olganlar. Mehnat majburiyati joriy qilinadi. Rivoyatlar Sulaymonni dono va adolatli podsho deb tariflanadi. Haqiqatda esa Sulaymon hokimiyatparast hukmdor bo’lib, aholiga ko’plab soliq va majburiyatlarni yuklagan. Boshqa xalqlarga nisbatan shafqatsiz siyosat yuritgan.

Sulaymon podsholigining so’nggi yillarida shimolda Damashq podsholigi kuchayadi.

Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi bo’lgan 10 shimoliy yahudiya qabilalari ajralib chiqib, Isroil podsholigini tashkil qiladilar. Uning poytaxti yangi qurilgan Samariya shahri bo’lgan. Dovud sulolasi hukmdor bo’lgan Quddus podsholigi uning bosh qabilasi nomi bilan Yahudiya deb atalgan. Ikkala podsholik ham bir-biri bilan dushmanchilik munosabatida bo’lib vaqti-vaqti bilan konfederatsiya tashkil qiladilar. Yahudiyani parchalanganidan foydalangan. Misr firavni Shishonk I er. avv. 926yilda Falastinga yurish qilib Yahudiya va Isroilni bosib oladi. Er. avv. VIII asri o’rtalaridan-VI asrlarida Sharqiy o’rtayer dengizi.

Er. avv. I ming yillikda Falastinda savdohunarmandchilik, dehqonchilik rivoj topadi. Tashqi savdo kuchayib, ortiqcha g`alla va boshqa mahsulotlar Tir shahriga sotiladi. Yerga xususiy mulkchlik paydo bo’ladi. Er. avv. VIII-VI asrlarda Falastinda quyidagi 4 toifa mavjud bo’lgan: dunyoviy zodagonlar, diniy zodagonlar (koxinlar, payg`ambarlar), yerli xalq (erkin aholining asosiy qismi), begona yurtliklar (kelgindi va ko`chib kelganlar), eng pastki pog`onada qullar turgan.

Er. avv. VIII asr o’rtalarida Osuriya, (er. avv. 732-722 yillar) Damashq va Isroil davlatlarini tormor qiladi. Tir-Sidon podsholigining katta qismi Osuriya tomonidan bosib olinib, tobe hududga aylantiriladi. Finikiyaliklar Osuriya zulmiga qarshi kuchli qarshilik ko’rsatdilar. Yuz yil davomida Tir shahri 5 marta Osuriya tobeligidan qutulishga harakat qildi. Tirning shunday ikkinchi qarshiligini podsho Sinaxxeribni er. avv. 701-yilda bostirishi natijasida Tir shahridan boshqa barcha Finikiya shaharlari ajratib tashlanadi. Natijada Tir-Sidon podsholigi dengiz orti hududlari bilan tugatiladi. Osuriyaning g’arbiy qismiga skiflarning hujumi Sharqiy o’rtayer dengizi qirg’og’ida Osuriya hukmronligiga chek qo’yadi.

Yahudiya podshosi Iosiya (er. avv. 640-609yillar) davlat mustaqilligini tiklab, podsholar Dovud va Sulaymon davridagi davlat chegaralarini tikladi. Misr esa Frot daryosigacha bo’lgan yerlarni bosib olib, er. avv. 616-yilda bobilliklarga qarshi Mesopotamiyada osuriyaliklarga yordamga keladi. Bu vaqtda Tir shahri vaqtinchalik butun Finikiyada yetakchi davlatga aylanadi. Tir savdogarlari er. avv. VII asr oxiri VI asr boshlarida Kichik Osiyoning sharqi va Janubiy Arabistonga suqilib kirdilar, Ispaniyadan kumush hamda Britaniyadan qo’rg’oshin tashiganlari ehtimoldan holi emas. Iosiy davrida Yahudiyada monoteistik harakat boshlanadi. Yaxva, yagona xudo deb e’lon qilinadi.

Osuriyaning halokatidan keyin Sharqiy o’rtayer dengizi Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat maydoniga aylanadi. Er. avv. 609-yilda firavn Nexo II Megiddo yonidagi jangda Iosiya qo’shinlarini yenib, Yahudiya Misrga tobe bo’ladi. Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat oxir-oqibatda er. avv. 587-yilda Yahudiyani halokati, yahudiylarning Mesopotamiyaga asir qilinib olib ketilishi, butun Sharqiy o’rtayer dengizini Bobilga tobe bo’lishi bilan yakunlanadi. Er. avv. 539-yilda

axmoniylar tomonidan Bobilni bosib olinishi bilan bu

hududda forslar hukmronligi o’rnatiladi va Ahmoniylar Quddus uning atrofidagi hududlarga cheklangan muxtoriyatlar berdilar.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling