Sharqiy o’rtayer dengizi hududini eng katta yutug’i alfavitli yozuvni yaratilishi edi. Er. avv. II ming yillikda Sharqiy o’rtayer dengizi shaharlarida savdo-hunarmandchilik, dengizchilikni taraqqiyoti, barchani qondiradigan savdo ishlarini tez yuritishga imkon beradigan oddiy yozuvni yaratishni talab qildi. Er. avv. XV-XII asrlardayoq Ugaritda o’ttiz belgili mixxat alfaviti qo’llanilgan. Finikiya alfaviti yanada takomillashgan tizim bo’lib yunonlar tomonidan qabul qilinib, keyinchalik barcha zamonaviy alfavitlarga asos bo’ldi.
Sharqiy o’rtayer dengizi xudolar panteoni tabiat kuchlarini aks ettiradi. Har bir shaharni o’z homiy ma’budi bor edi: Bal (hokim) yoki El (xudo), ba’zida Melek (“podsho”, boshqacha aytilishi Molox), Tir shahrida Mel’kart (“shahar podshosi”), ayol ma’buda Astarta (Mesopotamiyada Ishtar). Falastinda er. avv. VIII-VI asrlarda monoteistik ta’limot keng tarqaldi.
Ugarit va Ebla shaharlarida hashamatli me'morchilik inshootlari saroylari bunyod qilingan. Dengizchilik kemasozlik sohalari yuksak darajaga ko`tariladi. Yog`och va toshdan podsho va ma'budalar haykallari yasalgan. Er. avv. 600-yillar atrofida firavn Nexo buyrugi bilan finikiyaliklarni dengizchilik tarixida ilk bor Gibraltar orqali
Atalantika okeaniga chiqib, Afrikani aylanib o’tishlari buyuk kashfiyot edi. Finikiyaliklar mohir kemasoz bo’lganlar. Ularning kemalaridan misrliklar va boshqa Old Osiyo xalqlari keng foydalandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |