O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet298/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Mustaqil ish mavzulari Sitseron va uning davri

Sulla diktaturasi va uning mohiyati

Rim respublikasi tushkunligining ijtimoiy-

iqtisodiy va siyosiy sabablari

Er. avv. 60-yillarda Rimdagi siyosiy vaziyat Reyting savollari


1.Er.avv. 137-132yillarda Evnoy boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni qaerda bo’lib o’tdi?

  1. Etruriyada

  2. Tirren dengizi bo’yida

S) Sitsiliyada

  1. Rimda

  2. Kampaniyada

2. Rimda “Er egaligi to’g’risida”gi qonunning qabul qilish talabi bilan kim chiqqan?

  1. Tiberiy Grakx

  2. Yuliy Sezar

S) Oktavian Avgust

  1. Gay Grakx

  2. A va B

3. Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni qachon bo’ldi?

  1. er.avv.74-71

yillarda

  1. eramizning 70-

yillarda

S) eramizning 69-

yillarda


  1. eramizning 400

yilida

  1. er.avv.137 yillarda

4.Er.avv. 50-yillarda O’rtayer dengizida dengiz qaroqchiligini tugatgan shaxs kim?

  1. Yuliy Sezar

  2. Oktavian Avgust

S) Antoniy

  1. Pompey

  2. Krass

5. Er.avv. 104 yilda Rimda qanday voqea sodir bo’ldi?

  1. qullar ozod etildi

  2. qullar qo’zg’oloni bo’ldi

S) Rimga asos solindi

  1. Kampaniyada Pompeyning xujumi

boshlandi

  1. Pompey dictator

deb e’lon qilindi

6. Spartak qo’zg’olonini kim bostirdi?



  1. Krass

  2. Yuliy Sezar

S) Gney Pompey

  1. Antoniy

  2. Oktavian

7. I Triumvirat (3 erkak ittifoqi)ni kimlar tuzdi?

  1. Pompey, Antoniy, Sezar

  2. Sezar, Oktavian, Krass

S) Pompey, Krass, Sezar

  1. Krass, Oktavian, Pompey

  2. Antoniy,

Kleopatra, Sezar

8. Sezar qachon konsul etib saylandi?



  1. er.avv. 74-yilda

  2. er.avv. 63 yilda

S) er.avv. 59 yilda

  1. er.avv. 71 yilda

  2. er.avv. 70 yilda

9. Sezar

xokimiyatining asosiy tayanchi…



  1. qo’shin edi.

  2. provinsiyalarning noiblari edi.

S) diktatorlar edi

  1. A va B

  2. B va S

10.Yuliy Sezar qachon o’ldiriladi?

  1. er.avv.65 yilda

  2. er.avv.170 yilda

S) er.avv.44 yilda

  1. er.avv. 69-yilda

  2. er.avv. 70-yilda

11.Yuliy Sezar o’limidan so’ng uning vorisi?

  1. Gney Pompey

  2. Oktaviyan Avgust

S) Antoniy

  1. Krass

  2. B va S

12. Oktavian va Antoniy kimlarga qarshi chiqdi? A) Krassga qarshi

B) respublikachilarga qarshi

S) monarxiya

tarafdorlariga qarshi



  1. Pompeyga qarshi

  2. A va S

13. Antoniy Rim davlatining qaysi qismini idora qilgan?

  1. shimoliy

  2. sharqiy

S) janubiy-g’arbiy

  1. g’arbiy

  2. janubiy

14. Antoniy va

Oktavian o’rtasidagi xal qiluvchi jang qaerda bo’lgan?



  1. Tirren daryosi bo’yida

  2. Kampaniyada

S) Rimda

  1. Aksiy burni

yonida

  1. Galliyada

15. “Rim sotqin shahar kimki uni sotib olishni istasa albatta unga erishadi” degan so’zlar kimga tegishli?

  1. Yuliy Sezarga

  2. Numidiya

podshosi Yugurtaga

S) Misr malikasi

Kleopatraga


  1. Krassga

  2. Pompeyga

16.”Pekuliy” nima?

  1. qullarni sotish huquqi

  2. qullarga chek

erlar berish

S) qullardan erlarni tortib olish



  1. qullarni ozod

qilish

  1. A va B

17. Xrisogon kim bo’lgan?

  1. Sullaning ozod

qo’yilgan quli

  1. Rim konsuli

S) Rim senatori

D) Sezarning raqibi

E)diktator

18. “Rim sotqin shahar, kimki uni sotib olishni istasa unga albatta erishadi”-bu so’zlar muallifi kim? A) Yugurta

B) Gay Mariy

S) Sitseron



  1. Polibey

  2. Romul 19. Rimda qachondan boshlab qullar ozod qilina boshlandi?

A) er. avv. I asrning I yarmidan B) er. avv. II asrning II yarmidan

S) er. avv. IV asrning I yarmidan

D) er. avv. IV asrning

II yarmidan

E) er. avv. V asrning I yarmidan 20. 80-yilda Pont podshosi kim bo’lgan? A) Mitridat V B) Yugurta

S) Gay Mariy



  1. Sitseron

  2. Polibey 21. Mitridat qanday kishi?

A) 22 tilni bilgan, har tomonlama ma’lumotli, ma’rifatli kishi B) manfaatdor kishi

S) fitnachi



  1. xiyonatkor kishi

  2. o’g’ri

22. Er. avv. 83-yilda Sulla o’z qo’shini bilan qayerga yurish qildi?

  1. Yunonistonga

  2. Istambulga

S) Eronga

  1. Bobilga

  2. Sirakuzaga 23. Er. avv. 32-yilda rimliklar qaysi davlatga qarshi urush e’lon qildi? A) Misr

B) Afrika

S) Bobil



  1. Eron

  2. Yunoniston 24. Er. avv. 44-yilda konsul kim edi? A) Mark Antoniy

B) Sezar

S) Gay Mariy



  1. Yugurta

  2. Mitridat

25. Er. avv. 43yilning aprelida

rimliklar bilan Latina yonidagi jangda kim yengildi? A) Antoniy

B) Sezar

S) Tarent



  1. Mitridat

  2. Gay Mariy

26. Er. avv. 30-yilda Oktavian qayerga yurish qildi?

  1. Rimga

  2. Suriyaga

S) Misrga

  1. Bobilga

  2. Afinaga

27. Er. avv. 60yillarda Bosfor podshosi Mitridat qo’shinlarini yengib, Armanistonni vassal davlatga aylantirgan Rim sarkardasi kim?

  1. Pompey

  2. Sezar

S) Gay Mariy

  1. Katilina

  2. to’g’ri javob yo’q 28. Galliyada 300 ta qabilani bo’ysundirgan, 800 shaharni qamal qilib olgan, 1 mln. kishini asir olgan rimlik sarkarda kim? A) Yuliy Sezar

B) Gney Pompey

S) Gay Mariy



  1. Konstantin

  2. Adrian 29. Parfiyaga qarshi yurishga tayyorgarlik davrida fitna qurboni bo’lgan rimlik sarkardani ayting? A) Yuliy Sezar

B) Gney Pompey

S) Trayan



  1. Arkadiy

  2. Tatsit

30. Oktavian nechanchi yilda Misrga qarshi urush e’lon qildi? A) er. avv. 32-yilda

B) er. avv. 31-yilda

S) er. avv. 30-yilda


  1. er. avv. 29-yilda

  2. er. avv. 34-yilda

31. Er. avv. 55-yilda Rimda konsul qilib saylangan siyosiy arboblarni ko’rsating? A) Krass va Pompey

B) Sulla va Sezar

S) Oktavian va

Antoniy


  1. Sezar va Pompey

  2. to’g’ri javob yo’q 32. Er. avv. 80-60yillarda Rimning asosiy raqiblaridan biri 22 tilni bilgan, har tomonlama ma’lumotli bo’lgan Pont podshosini ko’rsating? A) Mitridat VI

B) Vologes

S) Yugurta



  1. Mitridat I

  2. to’g’ri javob yo’q


Ilk imperiya davri

Avgust prinsipati


Aktsiy qo’ltig’idagi g’alaba natijasida 33 yoshli Oktavian (er. avv 30-yildan. eramizning 14-yiligacha) ulkan davlatning yagona hukmdoriga aylandi. U diktatura va umrbod senzorlikdan voz kechdi, hech kim uni podsholikka intilmoqda deb o’ylamasligi uchun Romul nomini va dominus (janob) unvonini inkor qildi. Oktavian er. avv. 30-yildan plebey tribuni hokimiyatiga ega edi, er. avv. 29-yilda senatdan qo’shin qo’mondoni, va ichki va tashqi siyosat sohalarida oliy hokimiyatda egalikni bildiradigan umrbod imperator unvonini oldi. Er. avv. 28-yilda senatda navbatdagi tozalashni o’tkazib Oktavian senatning printsepsi (“birinchi”-latin tilidan to’g’ridan-to’g’ri tarjimasi) unvonini oldi. Respublika rimida printseps unvoni senatorlar ro’yxatidagi eng keksa va eng hurmatli fuqaroni senatdagi o’rnini bildirar edi. Bu unvon Oktavianga o’z fikrini birinchi bo’lib bildirishga va senatning qaroriga ta’sir qilishga imkon yaratdi. Senat unga Avgust (“Xudolar ulug’lagan”) unvonini berib, uning hokimiyatini muqaddas ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari Oktavian Avgust oliy harbiy hokimiyatga egaligi, umrbod konsul, xalq tribuni bo’lganligi uchun “veto” (ta’qiq) huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi.

Oktavian hokimiyatining moddiy asosini unga shaxsan qaram bo’lgan provintsiyalardan keladigan daromadlar va senat xazinasi bilan yonma – yon ta’sis etilgan printseps xazinasi-fisk tashkil qildi. Uning davrida respublika muassasalari senat, konsullar, kvestorlar lavozimi saqlab qolinib, barcha mansabdor shaxslar ma’lum bir muddatga saylanar edi. Avgust senatdan barcha ozod qo’yilgan qullarni chiqarib unga Italiya munitsipiylari va koloniyalarining zodagonlarini kiritdi. O’zining hokimiyati uchun xavfli bo’lgan yirik yer egalari va boylarni ijtimoiy ahvolini turli tadbirlar bilan mustahkamladi va ularni o’ziga moyil qildi. Oktavian Avgustni yana bir tabaqa suvoriylar qo’llab quvvatladi. Bu tabaqaga printseps muhim imtiyozlarni berdi. Suvoriylar uchun 400000 sestertsiy mulk senzi belgilanib, eski respublika an’analari bilan bog’lanmagan bu qatlamga boylik orttirgan mulkdorlar kiritildi. Ba’zi bir yuqori mansablar suvoriylarga berildi.

Oktavian shaharning quyi qatlamlarini ham o’z tomoniga og’dirib olish uchun ularga tekin non tarqatib, tomoshalar uyushtirdi. O’sha davrda Rimda yashagan million aholidan kamida 200000 kishi davlatdan bepul non olar edi.

Avgust hokimiyatining asosiy tayanchi qo’shin edi. Legionerlarga oylik muntazam to’lab turildi. Qo’shin professional bo’lib Rim fuqarosi harbiy xizmatga kirgan vaqtda-shaxsan printsepsga sodiqlik to’g’risida qasamiyod qilar edi. Harbiy xizmat 25 yil qilib belgilandi. Provinsiyalardagi fuqarolar yordamchi qo’shinlar tarkibida xizmat qilar edi. Lashkarboshilik qobiliyati bo’lmagan va urushlar olib borishni yoqtirmagan imperator imperiyaning hududlarini kengaytirishni emas, balki mavjud bo’lgan hududlar chegaralarini mustahkamlashni afzal ko’rdi.

Faqat Er. avv. I asr oxirida Oktavianning vorislari davrida Alp tog’lari hududi va Dunay havzasida keng hududlar bosib olindi. Bosib olingan bu hududlarda Pannoniya va Meziya provinsiyalari tashkil etildi.

Imperiyaning shimoldagi chegaralari Reyn va Dunay daryolari bo’ldi. Rimliklarni Reyn va Elba daryolari havzasida o’rnashib german provinsiyasini tashkil qilishga urinishlari to’la mag’lubiyat bilan tugadi. Xerusk qabilari yo’lboshchisi Arminiy boshchiligida Tevtonburg o’rmonida Rimning uch legioni tor-mor qilindi.

Oktavian sharqda urush harakatlarini olib bormadi. Parfiya bilan diplomatik aloqalar o’rnatildi. Er. avv. 20-yilda parfiyaliklar bilan tinchlik shartnomasi tuzilib, rim qo’shinlarini er. avv. 53-, 40- va 36-yillardagi mag’lubiyatlari natijasida bosib olingan asirlar, bayroqlar rimliklarga hamda garovga olingan zodagon rimliklar qaytarib berildi. Ikki davlat o’rtasidagi chegara Frot daryosi bo’yicha belgilandi. Oktavian Kichik Osiyo va Suriyaning sharqida Rimga qaram, vassal davlatlarni saqlab qoldi.

Qo’zg’olonchi Galliya er. avv. 27-yilda to’la bo’ysundirilib, 4 provinsiya: Narbon Galliyasi, Lugdun Galliyasi, Belgika va Akvitaniyaga rasman bo’lindi. Pireney yarim orolining shimoliy-g’arbida jangovar astur va kantabr qabilalari bilan er. avv. 2819-yillarda og’ir urush olib borilib, bu urush er. avv. 19-yilda g’alaba bilan tugallandi. Shundan so’ng Pireney yarim oroli uch provinsiya: Tarrakon Ispaniyasi, Luzitaniya va Betika tashkil qilindi. Rimliklar er. avv. 25-15-yillarda salass, ret va vindelik qabilalarini bo’ysundirib, Retsiya provinsiyasini tashkil qildilar. Rimda urush vaqtida ochib qo’yiladigan Yanus ibodatxonasi eshiklari Oktavianni o’zi bosh kohin sifatida tinchlik davri boshlanganini bildirib, tantanali yopdi. Yo’llardagi va dengizdagi qaroqchilik tugatildi.

Avgust o’ziga shaxsan bo’ysunadigan, uni hayoti uchun ma’sul bo’lgan shaxsiy qo’riqchi pretorian qismi (gvardiya)ni tuzdi. Avgust davrida Rimda ilk bor o’t o’chirish qismlari tuzildi.

Oktavian murosalar olib borishga juda usta bo’lib senat bilan hokimiyatni bo’lishdi. Provinsiyalar imperator va senat o’rtasida taqsimlandi. Misr imperatorning shaxsiy mulki hisoblanar edi. Boy va strategik jihatdan muhim bo’lgan provinsiyalar imperatorning bevosita nazorati ostida bo’lib, legatlar tomonidan boshqarilar edi. Senat ixtiyoridagi provinsiyalarga ham amalda imperator hokimiyati nazorati ostida edi.

Davlat boshqaruv apparatini tartibga solish bilan birga Oktavian rim jamiyati va oilasini mustahkamlaydigan bir qancha qonunlarni qabul qildi. Qonunlar foxishabozlikni, erga xiyonatni, isrofgarchilikni qattiq jazoladi. Qadimgi rim urf-odat, an’analarini qayta tiklashga tomon yo’l tutildi, oila mustahkamlanib, ko’p bolalik oila rag’batlantirildi. Senator va suvoriylarga ozod qo’yilgan qullar bilan nikoh taqiqlandi. Qullarni ozodlikka chiqarish cheklandi. Vasiyat bo’yicha ozod qilinadigan qullar soni kamaytirildi. Boshqa bir qonunga xo’jayin qul tomonidan shu vaqtda uyda bo’lgan barcha qullar o’lim jazosiga hukm qilinar edi.

Avgust qadimgi rim diniy an’analarini qayta tiklashga harakat qildi. Buzilgan ibodatxonalar qayta tiklandi. Shu bilan birga sharqdan kelgan yangi xudo va ma’budalar ta’qib ostiga olindi. Rimda magiya va astrologiya ta’qiqlandi.

Oktavian kasalmand kishi bo’lsada 44 yil hukmronlik qildi, 76 yoshida eramizning 14-yilida vafot qildi. Uning hokimiyatini birinchi xotini Liviyaning birinchi nikohidan bo’lgan o’g’li Tiberiy Klavdiy Neron (14-37-yillar) egalladi. Yangi printsepsning hokimiyatga kelishi hech kimning e’tiroziga sabab bo’lmadi, chunki boshqaruvni yangi shakli amalda o’z samarasini ko’rsatdi. Bundan tashqari unga ko’nikma hosil bo’lgan edi.

Tiberiy shijoatli lashkarboshi va qobiliyatli boshqaruvchi edi. Boshqa Tiberiy Oktavianning siyosiy yo’li va qoidalarini davom ettirib senat bilan to’la kelishuv asosida davlatni boshqardi. Tiberiy komisiyalardan saylov va sud funksiyalarini olib senatga berdi. U iqtisodiy jihatdan tejamkorlik siyosatini olib bordi (o’zidan keyin xazinada 2 mlrd. 700 mln. sestersiy qoldirdi). Provinsiyalar boshqaruvini yaxshilashga urindi va jamiyat ma’naviy hayotini sog’lomlashtirishga harakat qildi. Eskicha turmush tarzidan voz kechishni istamagan hukmdor tabaqa barcha islohotlarga norozilik bildirib, passiv qarshilik ko’rsatdi. Tiberiyga qarshi fitna uyushtirildi. Imperator 26-yilda Rimdan Kapri oroliga ko’chib o’tdi va 10 yil shu yerda yashadi. 77 yoshli kasal imperator 37-yil mart oyida pretor prefekti Makron buyrug’i bilan bo’g’ib o’ldirildi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling