O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rim iqtisodiyoti. Klassik qulchilik munosabatlari


Download 0.77 Mb.
bet280/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Rim iqtisodiyoti. Klassik qulchilik munosabatlari


Rim-italiya xo’jaligida klassikm qulchilik munosabatlarini kirib kelishi chuqur o’zgarishlarga olib keldi. Qishloq xo’jalik rivojlanishida o’sish boshlandi. Uzumchilik, zaytun dsaraxtlari o’stirish, bog’dorchilik-sabzavotchilik rivojlandi. Yunoniston Kichik Osiyo va Afrikadan uzumning yangi navlari, mevai daraxtlar keltirildi, qishloq xo’jalik mehnat qurollari turlari ko’paydi. G’allachilik takomilllashdi, sifatli bug’doy ekilib, hosildorlik o’sdi. Yerlarga ishlov berish, o’g’itlash va boshqa agrotexnika qoidalariga rioya qilina boshlandi. Chorvachilikda ham muhim o’zgarishlar yuz berdi. Chorvachilik va parrandachilik o’sha vaqtda eng daromadli sohalarga aylandi. Qishloq xo’jaligini o’sishining asosiy sabablari qulchilikni keng tadbiq qilinishi, Tovar ishlab chiqarish xo’jaligini tashkil qilinishi, kichik xo’jaliklardan katta ekin maydonlarida xo’jalik yuritish edi. Qishloq xo’jaligida bu davrda xo’jalikni asosiy yetakchi turi bir necha yuz yuger yer va unga 10, 20 qullar ishlaydigan quldor xo’jaligi edi. Bular o’rta quldor xo’jaligi hisoblanib bozorga mahsulot ishlab chiqarar edi (villa). Villalar bilan bir qatorda erkin qishloq dehqonlari kichik xo’jaligi keng tarqalgan edi. Dehqon 10-30 yuger yerga o’z oilasi bilan ishlab, ba’zida bir yoki ikki qul mehnatidan foydalanar edi.

Italiyada hunarmandchilikning gullab-yashnashi er. avv. II-I asrlarga to’g’ri keladi. Rim va boshqa shaharlarda kichik ustaxonalar (ergasteriylar)da 10-20 hunarmand ishlar edi. Qul mehnatidan keng foydalanila boshlandi. Hunarmandchilikda ozod qo’yilgan qullar mehnati ham sezilarli o’rinnni egalladi, ularning o’zlari ham uncha katta bo’lmagan ustoxonalarga ega edilar. Hunarmandchilikning rivojlanishi metal, tosh, yog’och, jun, teri, shisha va qurilish matyeriallariga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Sardiniya va Ispaniyada temir qazib chiqarish keng yo’lga qo’yildi. Tog’-kon va metal quyishda yangi texnik o’zgarishlar amalgam oshirildi. Shaxtalar 150

m.gacha chuqurlikda ishlana boshlandi. Ventilyatsiya, Arximed vinti, kondan suvni qochirish g’ildiragidan foydqalanila boshlandi.

Yunonistondan marmar, Misrdan granit import qilindi, Italiyani o’zida, shimoliy Etruriyada marmar qazib olina boshlandi. Qurilish materiallari taqchil bo’ldi, arzon, qulay, mustahkam qurilish materialiga ehtiyoj o’sdi. Er. avv. II asrda rimliklar bu talablarni qondiradigan qurilish xom ashyosi betonni kashf qildilar. Rimliklar pishirilgan g’isht ishl0ab chiqarishni keng yo’lga qo’ydilar. Er. avv. II-I asrlarda ma’lum ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik hunarmandchilik markazlari shakllandi: Putiolatemirni qayta ishlash, Kapuya-jez va qo’rg’oshin quymalari bilan, Minturin va Kaliy-qishloq xo’jalik qurollarinitayyorlash, Arretsiy-kulolchilik, Tarent, Kanuziy-jun mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shuhrat qozondilar.

Rimliklar fuqarolik va injener memorchiligini rivojlantirdilar. Rim suv quvurlari, ko’priklari, termalari, amfiteatrlari, portlar, rimdagi ko’p etajli uylar me’morchilik va qurilishning eng yaxshi yutuqlari asosida bunyod qilindi.

O’rtayerdengizi savdosi gullab-yashnadi. Rim Putiola, Sirakuza eng yirik savdo markazlari bo’lib qoldilar. Kemasozlik, dengizchilik rivojlandi, 200 tonnagacha yuk ortiladigan savdo kemalari paydo bo’ldi. Qo’shimcha yelkanlar, kema boshqaruvi, mayoqlar, gavanlar qurildi. Dengiz savdosi bilan hatto savdo qilish man etilgan nobillar ham shug’ullana boshladilar. Ular qonunni chetlab o’tib dengiz savdosi bilan vositachilar va o’zlarining ozod qo’yilgan qullaridan foydalandilar.

Quruqlikdagi savdo ham katta ahmiyatga ega bo’ldi. Shahar va qishloqlar o’rtasida nten almashuv maxsus qurilgan shahar bozorlarida, viloyatlar aro yarmarkalarda ntensi oshirildi. Viloyatlar o’rtasida aloqalarni mustahkamlanishi Italiyada puxta qurilgan qurilish san’atining noyob yutuqlari bo’lgan yo’llarni qurilishiga sabab bo’ldi. Yo’llar tosh to’shalgan mustahkam to’g’ri bunyod qilinib, boshda Italiyani keyinchalik provinsiyalarni qamrab oldi. Rim shahridan o’tadigan eng yirik yo’llar Italiyaning barcha viloyatlari va undan tashqari cho’zilib ketdi. Rim forumida oltin suv yuritilgan ustun qo’yilib, undan Italiyani bosh yo’llarini masofasi hisoblash boshlandi. Ana shu yerdan “barcha yo’llar Rimga boradi” aforizmi tug’ildi.

Rim savdosining o’sishi tanga miqdorini ko’paytirishni talab qildi. Rimning sestersiy va denariy kumush tangalari tezda O’rtayerdengizi havzasida asosiy valyuta o’rnini egallab, boshqa tangalarni siqib chiqardi.

Qul asosiy ishlab chiqaruvchiga aylandi. Quldorlik xo’jaligi bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashib tobora ko’proq mahsulot ishlab chiqarish uchun qul mehnatidan keng foydalandi. Qullarning ijtimoiy va huquqiy ahvoli yomonlashdi. Qul buyumga, hayvonga tenglashtirildi. Xo’jayinnning mutlaq hukmronligiga o’tib, qulni o’ldirish, yirtqich baliqlar va yovvoyi hayvonlarga yem qilish mumkin edi. Rim jamiyatida qullarga bo’lgan ehtiyoj muntazam bo’lib, u turli xil manbalardan to’ldirildi. Ko’pgina urushlar Rimga 100 minglab asirlarni olib kelishga sabab bo’ldi. Karfagen yurishlaridan sarkarda konsul Regen Rimga 20 ming asirni qul qilib jo’natdi. Er. avv. 209-yilda Tarent ishg’oli vaqtida 30 ming aholi qul qilindi, Agregant qamali vaqtida 25 ming asir olindi. Er. avv. 167-yilda Epir shaharlari qamal qilinganda 150 ming kishi qul qilib sotib yuborildi.

Rimning har bir katta shahrida qul bozori mavjud bo’lib, bu yerda har qanday fuqaro qulni sotishi yoki olishi mumkin edi. O’rtayerdengizidagi eng katta qul bozorlari Delos (Egey dengizi) orolida, Akvileya shaharlarida (shimoli-sharqiy Italiya), Tanais (Don daryosi yuqori oqimi)da muntazam mavjud edi. Delos qul bozorida bir kunda 10 minggacha qul sotilar edi. Bozorga kiritilgan qullar miqdoriga qarab uning narhi o’zgarib turar edi. Urushda olingan asirlar qul bozorida avuksiondan kvestor tomonidan sotilgan.

Rim fuqarolari uchun qarzi uchun qul qilish er. avv. 326-yilda qonun bilan bekor qilingan edi. Biroq Italiyaning va provinsiyalarning Rim fuqaroligi bo’lmagan aholisi uchun qarzi uchun qul qilish o’z kuchini saqlab qoldi. Provinsiyalarda rimlik soliqchilar aholiga katta foizda qarz berib, ularni qul qildilar. Qullarni safini to’ldirishni yana bir manbasi ularni tabiiy ko’payishi edi. Cho’ri qullar bolalarini ko’paytirish va tarbiyalash ba’zi quldorlar tomonidan rag’batlantirilar edi. Go’dakligidan qullikda tarbiyalangan qullarning bolalari kasb-hunarga o’rgatilgan bo’ysunuvchan bo’lganligi uchun yuqori baholanar edi. Yana bir manba dengiz qaroqchilari dengizlarda kemalar qirg’oq yaqin shahar qishloqlarini talab, o’z qurbonlaeini qulchilikka sotar edilar. Ba’zi yillarda qaroqchi piratlar bir necha yuz ming qullarni bozorga yetkazib berar edilar.

O’rtayerdengizi havzasida yuz yil davomida olib borilgan bosqinchilik urushlari natijasida Rim kichik shahar davlat doirasidan chiqib, O’rtayerdengizining eng qudratli davlatiga aylandi. Bu mamlakat iqtisodiyotiga va Rim jamiyat hayotining boshqa sohalarida ham o’zgarishlarga olib keldi. Ayniqsa iqtisodiyotda muhim o’zgarishlar yuz berdi.

Bosqinchilik urushlari natijasida Rimga moddiy boylik, pul mablag’lari, qullar oqib keldi. I puni urushidan so’ng rim xazinasiga 3200 talant kirim bo’ldi. II puni urushidan so’ng Karfagenning to’lov puli 10 ming ntens, Antioxga yuklangan tovon to’lovi 15 ming talantni tashkil etdi. Rim sarkardalarini harbiy o’ljalari behisob edi. Makedoniya podshosi Perseyni g’olibi Emiliy Pavelni Rimga zafarli kirishida, bosib olingan qimmatbaho qurollar, san’at asarlari, oltin, kumush bilan to’la katta xumlar jang aravalarida uch kun davomida olib o’tildi. Antiox ustidan g’alaba natijasida harbiy o’lja sifatida 1280 fil tishi, 234 oltin chambar, 187 ming funt kumush (1 rim funti 327 gramm), 224 ming yunon kumush tangasi, 140 ming makedon tilla tangasi, ko’p miqdordagi zargarlik buyumlari rim xazinasiga kelib tushdi. Er. avv. II asrgacha Rim kumush tangaga ehtiyoj sezmadi, bu istilolar ayniqsa ispan kumush konlarini bosib olinishi Rim davlatini o’z pul tizimini kumush bilan ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Bu Rimda savdo, moliya-sudxo’rlik kapitalini rivojlanishiga turtki bo’ldi. Rimda turli jamoat ishlarini, provinsiyalarga soliqlarni ijaraga olgan moliyachi tadbirkorlar paydo bo’ldi.

Ma’lumotli qullar yoki malakali qullar (o’qituvchi, aktyor, oshpaz, raqqosalar)ni bahosi juda baland turar edi.

Italiya qishloq xo’jaligi mamlakati bo’lib qolaverdi, qullar asosan qishloq xo’jaligida ishlatildi, qullar asosan qishloq xo’jaligida tog’-kon, metallurgiya va qurilishda foydalanila boshlandi.

Bosib olingan hududlar tepasida pretor yoki konsullar turgan Sitsiliya, Sardiniya, Yaqin va Uzoq Ispaniya provinsiyalari tashkil qilindi. Rimda konsul, pretor lavozimlarini egallagan zodagonlar keyin provinsiyalarga noib bo’lar edilar. Noiblar provinsiyalarda harbiy va sud hokimiyatini o’z qo’llariga to’pladilar. Provinsiyalar noibni, uni amaldorlari va qo’shinlarini moddiy jihatdan ta’minlashi kerak edi. Noiblar o’z mansablarini suiste’mol qilib, shaxsiy boylik orttirish uchun provinsiyalarini talon – taroj qildilar. Shu sababli er.avv. 149 yil Rimda provinsiya noiblarining talon tarojlariga, suiste’mollariga qarshi senator trubinallari tashkil qilindi. Bu maxsus sudlarga provinsiyalarning noiblaridan jabr tortgan kishilari murojaat qilishi mumkin edi. Provintsiyalar aholisi uchun yana bir kulfat bu Rimliklarning soliq to’lashdagi tovlamachiliklari bo’ldi. Rim noiblari soliq yig’ish huquqini xususiy kishilar “publikanlarga” topshirdilar. Ular soliq summasini ma’lum bir miqdorda Rimga to’lab, keyin uni mahalliy aholidan bir necha barobar ko’paytirib yig’ib oldilar. Bu kishilar bilan asosan moliya zodagonlari bo’lgan yangi suvoriylar qatlamining vakillari shug’ullandi.

Rim davlati bo’ysundirilgan xalqlarning yerlarini bir qismini tortib oldi. Oltin va kumush, tuz, tosh konlari va o’rmonlar Rim davlati ixtiyoriga o’tdi. Katta miqdordagi urush tovonlarini asirlarni qul qilib sotishdan kelgan daromadlar, harbiy o’ljalar Rimni nten dunyoda eng katta moliyaviy markazga aylantirildi.

Ayniqsa Rim respublikasida nte hokimiyat egasi bo’lgan nobilitet yanada boyib ketdi. Nobillarni boyligining asosi bu yirik yer egaligi edi. Nobillar qo’shin qo’mondonlari yoki provinsiyalar noiblari sifatida katta miqdorda boylik to’pladilar.

Er. avv. 218 yilda qabul qilingan alohida qonun bo’yicha senatorlar savdo va moliya ishlari bilan shug’illanishlari ta’qiqlab qo’yilgan edi. Shu sababli zodagon senatorlar ko’p miqdorda yer maydonlarini sotib oldilar, yirik xo’jaliklar tashkil qilib, qullar mehnatidan foydalanib, yuqori daromad oldilar. Nobillarni iqtisodiy – siyosiy qudrati zodagonlarni tashqi ko’rinishida ham aks etdi; ular keng qizg’ish yo’lli tunuka va maxsus poyafzal kiyar, hamda qo’llariga maxsus senator uzugini taqar edilar. Bu ularning Rim jamiyatining boshqa qatlamlaridan ajratib turadigan ramziy belgi edi.

Mashhur tarixchi yunon Polibiy Rimda birinchi marta senatorlikni qurib, ularni ulug’vorligidan hayratda qolgan edi. Polibiy senatorlarni podsholar bilan tenglashtirdi. Nobillar “oddiy” fuqarolarni davlatda nte mansablarni egallashlariga, eng avvalo konsullik mansabiga yaqinlashtirmaslikga harakat qilar edilar. Er. avv. 180 yilda qabul qilingan qonun nobillar harakatlarining natijasi edi. Ushbu qonunga ko’ra Rim fuqarosi uchun mansabga erishish o’n yillik harbiy xizmatdan so’ng, 28 yoshdan boshlanishi lozim edi. Dastlab kvestor, keyin kuril edili, shundan so’ng 40 yoshdan keyin pretorlikni olish mumkin edi va 43 yoshdagi shuhratparast rimlik fuqaro konsul mansabiga da’vo qilishi mumkin edi.

Nobillar kam sonli ijtimoiy qatlam bo’lishlariga qaramasdan yuz yillar davomida davlat hokimiyatining nte mansablarini faqat o’zlari egallab turdilar. Ular mamlakat miqyosida o’z obro’e’tiborlarini kuchaytirish maqsadida Italiya munitsipiy boy zodagonlari bilan yaqin aloqada bo’ldilar, o’zlariga xizmat qiladigan ko’p sonli klientlarni ushlab turdilar. Rim magistraturasiga faqat o’z toifalariga yaqin bo’lgan kishilarni qo’ydilar. Bir necha patritsiy oilalari yuz yillar davomida rimga senatorlar, konsullar, tsenzorlar va boshqa nte mansabdorlarni yetkazib berar edilar. Oliy mansablarni egallash uchun zodagon oilalar bir – birlari bilan ittifoq tuzdilar, bir – birlariga mansablarini egallash uchun saylovlarda yordam berar edilar.

Rimning istilochilik urushlari davrida jamiyatning yangi imtiyozli tabaqasi suvoriylar paydo bo’ldi. Suvoriylar soliqlar yig’ish, qo’shin ta’minoti va sudxo’rlik ishlari bilan shug’ullanib boyib ketdilar.

Qul mehnatiga asoslangan Rim zodagonlarining yirik pomest’e-latifundiyalari paydo bo’lishi bilan Italiyada qulchilik klassik shaklga kira boshladi. Yirik latufindiyalarni g’alla va boshqa mahsulot ishlab chiqadigan xo’jalikka aylanishi bilan minglab kichik yer egalari ular bilan raqobat qila olmay xonavayron bo’ldilar. Qullarning mehnati juda arzon, o’zlari esa qadrsiz edilar.

Qul mehnatidan ommaviy tarzda foydalanish, provinsiyalardan arzon g’allani keltirilishi Italiya dehqon xo’jaligini izdan chiqardi. Dehqonlar g’alla o’rniga uzum va zaytun daraxtlarini o’stira boshladilar. Bog’dorchilik, polis-sabzavotchilik keng rivojlandi. Vinochilik tez orada katta daromad keltira boshladi. Dehqonlar xonavayron bo’lib katta shaharlarga keta boshladilar va Rim hokimiyatidan tekin non va tomosha talab qila boshladilar. Ularning ba’zilari senatorlarning klientlariga aylandilar.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling