O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"Peregonda ajrab qolgan vagonlarning turgan joyi ma'lum emas"


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

"Peregonda ajrab qolgan vagonlarning turgan joyi ma'lum emas". 
Bunday ogohlantirish olgan yordam ko’rsatuvchi lokomotiv mashinisti peregonda o’ta 
ehtiyotkorlik bilan va to’siq uchrasa darhol to’xtashga tayyor holda harakatlanishi kerak. 
POEZDNI PEREGONDAN JO’NATILGAN STANSIYAGA QAYTISHI 
201. Peregonda to’xtab qolgan poezdning oldinga qarab harakatlanish imkoniyati 
bo’lmasa va uni jo’natilgan stansiyaga qaytishi zarur bo’lsa, mashinist shaxsan, bosh 
konduktor yoki lokomotiv brigadasi xodimi orqali bu to’g’rida (yozma, telefon yoki radio 
aloqa orqali) stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga xabar qilishi lozim. 
Bunday xabarni olgandan so’ng poezd dispetcheri peregonni (peregonning tegishli 
yo’lini) yopadi va poezdni jo’natilgan stansiyaga qaytish tartibini belgilaydi. 
202. Odatda, poezd peregondan yordamchi lokomotiv bilan qaytishi kerak. 
Favqulodda holatlarda to’xtab qolgan poezd (yo’lovchi poezdidan tashqari) 
stansiyaning kirish signaligacha yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha tisarilishi 
mumkin. Bunday tisarilish poezd dispetcherining buyrug’i bilan peregon (yoki yo’l) barcha 
poezdlar harakati uchun yopilib, to’xtab qolgan poezd mashinistiga stansiya navbatchisining 
quyidagi shakldagi qayd etiluvchi buyrug’i uzatilgandan so’ng amalga oshiriladi: 
"______ peregon (peregonning yo’li) barcha poezdlar harakati uchun yopiq. 
№_____ poezdni kirish signaligacha (yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha) 
tisarishga ruxsat etiladi. DSP _______________ (stansiyaning nomi va imzo)". 
Radio aloqa yoki telefon aloqasi bo’lmagan hollarda poezd, peregon poezd 
dispetcherining buyrug’iga ko’ra yopilgandan so’ng, to’xtab qolgan poezd mashinistiga 
diagonali bo’ylab qizil tasmali oq rangli blankadagi ruxsatnoma (tashuvchi orqali) taqdim 
etilgandan so’ng to’xtatiladi. 
Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonlarda poezdni to’xtatish mumkinligi 
xaqidagi buyruq yoki diagonali bo’ylab qizil tasmali oq blankadagi ruxsatnoma to’xtab 
qolgan poezdning mashinistiga, yo’lning to’xtab qolgan poezd bilan kirish signaligacha (yoki 
"Stansiya chegarasi" signal belgisigacha) bo’lgan uchastkasi boshqa poezdlardan bo’sh 
bo’lsagina uzatilishi mumkin. 
Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonda jo’nab ketgan poezd birinchi blok-
uchastkani bo’shatmasdan to’xtab qolgan bo’lsa, poezd stansiya navbatchisining quyidagi 
ruxsatnomasiga binoan kirish signaligacha yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha 
peregonni yopmasdan tisarilishi mumkin: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling