203. Peregonda to’xtab qolgan poezdni jo’natilgan
stansiyaning kirish signali
("Stansiya chegarasi" signal belgisi)gacha tisarish tezligi 5 km/soat dan oshmasligi lozim.
Peregonda to’xtatilayotgan poezdning oldida (o’tish maydonchasida yoki vagonning maxsus
zinapoyasida)
lokomotiv brigadasining xodimi, konduktor yoki mashinistning ko’rsatmasiga
binoan boshqa xodim bo’lishi kerak.
Peregondagi motorvagon poezdlar, maxsus o’zi yurar
harakat tarkiblari va yakka
lokomotivlarni tisarish signallar va harakat tarkibini ko’rish chegarasida to’xtash imkonini
beruvchi tezlikda amalga oshiriladi; motorvagon poezd mashinisti boshqa (tisarish yo’nalishi
bo’yicha old) boshqaruv kabinasiga o’tadi.
Jo’natilgan poezdning ort qismi stansiya chegarasidan chiqmagan bo’lsa,
zarur
hollarda bunday poezdni tisarish stansiya navbatchisining og’zaki ko’rsatmasiga binoan
manyovr tartibida 5 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda amalga oshiriladi. Tisarilayotgan
poezdning harakat yo’nalishi bo’yicha birinchi vagon maxsus zinapoyasida yoki o’tish
maydonchasida lokomotiv brigadasi
xodimi yoki konduktor, stansiya navbatchisi
ko’rsatmasiga muvofiq boshqa xodim bo’lishi kerak.
204. Peregondan qaytayotgan poezdlar stansiyaga ochiq kirish svetofori bo’yicha yoki
ushbu Yo’riqnomaning 265-bandida belgilangan tartibda svetoforning taqiq ko’rsatmasida
qabul qilinadi.
Tisarilayotgan poezdni stansiyaga qabul qilish marshruti tayyor bo’lsa,
ushbu
Yo’riqnomaning 202-bandida ko’rsatilgan peregondagi poezdni to’xtatishga beriladigan
ruxsat poezdni stansiyaga qabul qilish to’g’risidagi buyruq bilan birlashtirilishi mumkin.
Bunday holatda kirish svetoforining mavjudligi va qabul qilish
sharoitlaridan kelib chiqib,
ruxsatnoma matni quyidagi so’zlar bilan to’ldiriladi:
"va ____ yo’lga harakat qilishga
Do'stlaringiz bilan baham: