Birlashtirilgan poezdni birinchi poezdning boshqaruv kabinasidan boshqarishning iloji
bo’lmasa, poezd va tormozlar ikkinchi poezdning boshqaruv kabinasidan boshqariladi, bunda
harakatlanish tezligi 25 km/soat dan oshmasligi lozim. Birinchi poezdning boshqaruv
kabinasida mashinist bo’lib, harakatni kuzatib borishi va zarurat tug’ilganda
shoshilinch
tormozlash bilan to’xtash choralarini ko’rishi shart.
Birlashtirish va ikkilangan tarkib bilan harakatlanishda ikkala poezd lokomotiv
brigadalarining ish tartibi mahalliy
sharoitlardan kelib chiqib, DATK boshqaruvi raisi
tomonidan belgilanadi.
213. Peregonda yo’lovchi poezdining majburiy to’xtab
qolishida, uning keyinchalik
mustaqil harakatlanish imkoni bo’lmasa,
bu poezdga yordam, yordamchi lokomotiv
bilan
poezdning bosh tomonidan ham
va poezdning ort tomonidan ham, yo’lovchi poezdini
muvofiq ravishda oldinda yoki orqada joylashgan stansiyaga olib chiqish yo’li bilan
ko’rsatilishi mumkin. Yordamchi lokomotiv mashinisti kutilayotgan harakat yo’nalishi xaqida
yo’lovchi poezd mashinistini, u o’z navbatida bu xaqda yo’lovchi poezdi boshlig’i (mexanik-
brigadir)ni ogohlantirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: