ISHLAR BAJARILAYOTGANDA XO’JALIK POEZDLARI,
MAXSUS O’ZI YURAR HARAKAT TARKIBINING HARAKATI
214. TFQ ning 133-bandiga muvofiq, inshoot va qurilmalarni ta'mirlash harakat
xavfsizligi va texnika xavfsizligini ta'minlagan holda, odatda, poezdlar harakat grafigini
buzmasdan amalga oshirilishi kerak.
Hajm jihatidan katta bo’lgan ta'mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish
uchun poezdlar harakat grafigida "okno"lar ko’zda tutilishi va bu ishlar uchun
tezliklarni chegarashlar hisobga olinishi kerak.
Yo’l, sun'iy inshootlar, kontakt tarmoqlari va SSB qurilmalarini joriy saqlash
bo’yicha ishlarni bajarish uchun DATK boshqaruvi raisi belgilagan tartibga ko’ra,
poezdlar harakat grafigida ko’zda tutilgan, davomiyligi 1-2 soat bo’lgan "okno"lar, bu
ishlarni kompleks mashinalar, maxsus brigada va mexanizatsiyalashgan kolonnalar
bilan bajarishda esa 3-4 soatli "okno"lar ajratilishi kerak.
Poezdlar harakat grafigida ko’zda tutilmagan vaqt ichida bajariladigan yo’l,
kontakt tarmog’i, SSB va aloqa qurilmalari hamda boshqa inshoot va qurilmalarning
ta'mir ishlari, odatda, peregonni berkitmasdan amalga oshirilishi kerak.
Agar bu ishlarni bajarish uchun harakatlarni to’xtatish kerak bo’lsa, bu
ishlarning boshlanish va tamom bo’lish aniq muddatlari DATK YaDM boshlig’i
tomonidan ishlar rahbari bilan birgalikda va tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi
boshlig’i bilan kelihilib, belgilanadi.
Harakatni to’xtatuvchi ishlarni, shuningdek, ishlab chiqarish uchun harakat
grafigida "okno"lar ko’zda tutilgan ishlarni bajarish uchun ketadigan vaqt davomida
ishlar rahbari poezd dispetcheri bilan doimiy (telefon yoki radio) aloqani o’rnatishi
kerak.
Poezdlar harakat grafigida "okno"lar kunning qorong’i vaqtlariga to’g’ri kelgan
Do'stlaringiz bilan baham: |