O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

DU-52 shaklidagi blank 
 
RUXSATNOMA KORESHOGI
№ ____________ 
Stansiya (shtempel) 
«____» _________ 20___ y.
Ruxsatnoma № _________ 
poezdga ________________
______________________ 
punkti to’ldirib berildi
blok-post navbatchisi 
stansiya
RUXSATNOMA
№ ____________ 
Stansiya (shtempel) 
«____» _________ 20___ y.

№ _____ poezdga (poezd suruvchisiga) 
____ yo’ldan _______ yo’l bo’ylab chiqish
(o’tish, 
marshrut) 
signalining 
taqiq 
ko’rsatmasida jo’nashga va blok-post 
stansiya
kirish (o’tish, chiqish) signaligacha ____ km 
gacha harakatlanib, orqaga qaytishga ruxsat 
beraman.
II 
№ _____ poezdga ____ yo’ldan ochiq 
____ chiqish (guruh, marshrut) signali bo’yicha 
jo’nashga ruxsat beraman. 
blok-post navbatchisi 
stansiya
(keraksizi o’chirilsin)
(yashil rangda)


4-bob. ELEKTR JEZL TIZIMIDA
POEZDLAR HARAKATI 
102. TFQ ning 257-bandiga muvofiq, kam faoliyatli uchastkalarda va shahobcha 
yo’llarda poezdlar harakatida aloqa vositalari sifatida elektr-jezl tizimi va telefondan 
foydalanishga yo’l qo’yiladi. 
Elektr jezl tizimida mashinistga taqdim etiladigan peregonning jezli peregonni 
egallash uchun ruxsat bo’lib xizmat qiladi. 
103. Elektr jezl tizimi qurilmalari bir paytning o’zida jezl apparatlaridan bittadan ortiq 
jezlni olishga imkon bermasligi kerak. Strelka posti xonalarida o’rnatiladigan jezl apparatlari 
ushbu stansiya navbatchisining ruxsatisiz apparatdan jezlni olishga imkon bermasligi lozim. 
104. Har bir jezlda tartib nomeri, seriyasi va peregonni chegaralovchi stansiyalarning 
nomi bo’lishi lozim. Har bir peregonga o’zining jezllar seriyasi to’g’ri kelishi kerak. Bir 
seriyadagi jezl apparatlarini kamida uch, uzellarga yaqin kelishda esa, kamida ikki 
peregondan so’ng o’rnatishga ruxsat beriladi. Peregonni chegaralovchi ikkala stansiyaning 
jezl apparatlarida peregonda poezdlar bo’lmasa, qo’shib hisoblaganda juft sonda jezllar 
bo’lishi lozim. 
105. Peregondan stansiyaga qaytadigan suruvchi lokomotivli poezdlar jo’natiladigan 
stansiyalarning jezl apparatlari jezl-kalit asboblari bilan to’ldirilishi kerak. 
Jezl-kalit asbobi bilan to’ldirilgan jezl apparatining tuzilishi jezl-kalit olingunga qadar 
asosiy jezlni olish yoki jezl-kalit olingan holatda asosiy jezlni olish imkonini bermasligi 
lozim. 
106. Qo’shni stansiyagacha boradigan suruvchi lokomotivli poezdlar jo’natiladigan 
stansiyalarning jezl apparatlarida burab ochiladigan jezllar bo’lishi kerak. Har bir burab 
ochiladigan jezl ikki qismdan: "jezl" va "bilet" dan iborat bo’lishi lozim. Poezdlar harakati 
vaqtni taqsimlash sharoitida tashkil etilganida ham burab ochiladigan jezllarga ega jezl 
apparatlari qo’llanadi. 
107. Stansiya navbatchisi peregondan kelgan poezddan olingan jezlni jezl apparatdan 
o’tkazmasdan turib shu peregonga jo’natilayotgan poezdga berishi mumkin; bunday holatda 
avval poezd yo’l olayotgan qo’shni stansiya navbatchisining roziligini olish zarur. Jezl 
apparatlari jezl-kalitlarga ega stansiyalarda jezllarni jezl apparatdan o’tkazmasdan topshirish 
taqiqlanadi. 
108. Jezllar mexanik jezl almashtirgichlar yordamida yoki qo’lda, qoida bo’yicha 
stansiya navbatchisining xonasi oldida almashtiriladi. Qo’lda almashtirganda jezllar jezl 
uzatgichlarga solingan bo’lishi kerak. 
Poezdlar to’xtamasdan o’tkazilganda chiqish bo’g’izlarida jezllarni almashtirish 
taqiqlanadi. 
109. Quyidagilar taqiqlanadi: 
a) poezd jo’nashga tayyor bo’lmasdan ilgari jezlni chiqarishga ruxsat so’rash, ammo 
poezdlarni to’xtatmasdan o’tkazish yoki jadval bo’yicha 5 minutdan ko’p to’xtamagan 
holatlar bundan mustasno; 
b) ishlatilayotgan jezllarni apparatga solmasdan saqlash
v) jezllarni qo’shni peregonga olib o’tish. 



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling