O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"______stansiya navbatchisiga №____poezd uchun stansiyaga kelishning


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

"______stansiya navbatchisiga №____poezd uchun stansiyaga kelishning 
blokirovka signalini yordamchi knopkani bosish (pedal-zamichkasini sun'iy ishlatib 
yuborish) usuli bilan berishga ruxsat beraman. DNS___". 
Poezd stansiyaga kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida qabul qilinganda ham xuddi 
shu tartibga rioya etilishi kerak. Kelish yordamchi knopkasi yoki pedal-zamichkadan plomba 
uzilganligi xaqida stansiya navbatchisi ko’rik jurnaliga yozuv kiritadi. 
Agar yo’l blokirovka qurilmalarini boshqarish apparati kelish yordamchi knopkalari 
bosilganini va pedal-zamichkalar ishlab ketganini qayd etuvchi hisoblagich (schyotchik) bilan 
jihozlangan bo’lsa, bu knopkalar plombalanmaydi. Bunday holatlarda kelishning blokirovka 
signali sun'iy ravishda berilganda stansiya navbatchisi poezdlar harakati jurnalidagi tegishli 
poezd raqamining to’g’risiga hisoblagich-ko’rsatkichning ko’rsatmasini yozib qo’yadi. 


Agar sun'iy ishlab ketish signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka (keyinchalik-
SSB) qurilmalari nosozligining oqibati bo’lsa, bu nosozlik to’g’risida ko’rik jurnaliga yozuv 
kiritiladi. 
78. Poezdni jo’natishdan oldin marshrutni tayyorlagan stansiya navbatchisi chiqish 
svetoforini (semaforini) ochadi yoki uni ochish to’g’risida ijro postiga farmoyish beradi. 
Chiqish svetofori ochilishi bilan bir paytda qo’shni stansiyaga avtomatik ravishda 
poezd jo’nagani xaqida blokirovka signali uzatiladi (ijro postlari bo’lmagan elektromexanik 
blokirovkada poezd jo’nagani to’g’risidagi blokirovka signali qo’shni stansiyaga alohida 
chiqish svetofori yopilgandan so’ng uzatiladi). 
Poezd chiqish svetoforidan o’tgandan so’ng signal knopka (dastak) signal yopiq 
holatiga keltiriladi va stansiya navbatchisi poezdning xaqiqiy jo’nagan vaqtini qo’shni 
stansiyaga telefon orqali aytadi. Kelish blokirovka signali mavjudligidan qat’iy nazar, 
stansiya navbatchisi faqat qo’shni stansiyadan telefon orqali ilgari jo’natilgan poezd yetib 
borganligi xaqida axborot olgandan so’ng chiqish svetoforini ochish xuquqiga ega. 
Ilgari jo’natilgan poezdning yetib kelganligi xaqida qo’shni stansiyadan xabar 
olmasdan turib, stansiya navbatchisiga bir yo’llik peregonlarda qarama-qarshi yo’nalishdan 
kelayotgan poezdni qabul qilish uchun rozilik blokirovka signalini uzatish taqiqlanadi. 
79. Peregon bo’sh va marshrut to’g’ri belgilangan holatda chiqish svetofori ajratilgan 
strelka uchastkasining sohta bandligi oqibatida ochilmasa, ushbu uchastkaning xaqiqatda 
bo’sh ekanligiga ishonch hosil qilgan stansiya navbatchisi poezd dispetcherining roziligi bilan 
"Jo’natish marshrutlarida ajratilgan strelkali uchastkalarning bo’shligi nazoratini o’chirish" 
knopkasini (bunday knopka mavjud stansiyalarda) bosgandan so’ng chiqish svetoforini ochish 
mumkin. 
80. Agar chiqish svetofori ochilgandan so’ng poezd biron sabab bilan jo’natilmasa, 
stansiya navbatchisi chiqish svetoforini yopishi, bu xaqda poezdlar harakat jurnaliga yozuv 
kiritishi va poezdning ushlanib qolishi to’g’risida qo’shni alohida punkt va poezd 
dispetcheriga xabar qilishi lozim. 
Ushlanib qolgan yoki shu yo’nalishda harakatlanayotgan o’zga poezd yopiq chiqish 
svetoforida I punkti to’ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank 62-
betda keltirilgan) bilan jo’natiladi. Qo’shni alohida punktga poezdning xaqiqiy jo’natilgan 
vaqti telefon orqali xabar qilinadi. Ijro postlarisiz elektrmexanik blokirovkada ushlanib qolgan 
yoki shu yo’nalishda harakatlanayotgan boshqa poezd xaqiqatda jo’nab ketgandan so’ng 
qo’shni alohida punktga blokirovka signali uzatiladi. Keyingi poezdlar blokirovka bo’yicha 
odatdagi tartibda jo’natiladi.
Blokirovkaning sozligida chiqish svetofori o’z-o’zidan (ajratilgan seksiyaning soxta 
bandligi, svetofor lampasining kuyishi yoki chiqish svetoforining xato yopilishi oqibatida) 
yopilgan holatlarda ham yetakchi lokomotivning mashinistiga ushbu Yo’riqnomani Umumiy 
qoidalari 9-bandi talablariga rioya etgan holda I punkti to’ldirilgan yashil rangdagi blankada 
ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) taqdim etiladi. 
Poezd radio aloqasi qurilmalari so’zlashuvlarni avtomatik qayd etish tizimi bilan 
jihozlangan stansiyalarda yashil rangdagi yozma ruxsatnoma o’rniga poezd lokomotivi 
mashinistiga radio aloqa orqali qayd etgichda qayd etiluvchi jo’natish buyrug’i quyidagi 
shaklda berilishi mumkin: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling