O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


POEZDLARNI QABUL QILISH VA JO’NATISH


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

POEZDLARNI QABUL QILISH VA JO’NATISH 
56. Poezdni stansiyaga qabul qilishdan oldin dispetcher, nazorat asboblarining 
ko’rsatmalari bo’yicha qabul qilish yo’li va strelkali uchastkalarning bo’sh ekanligiga ishonch 
hosil qilib, qabul qilish marshrutini belgilaydi. 
Avvaldan marshrutlarni belgilash imkonini beruvchi markazlashtirilgan dispetcherlik 
bilan jihozlangan uchastkalarda marshrut yo’l va strelkali uchastkalarning bandligida ham 
(yo’l va strelkalar maxsus o’zi yurar harakat tarkiblari bilan band etilgan hollar mustasno) 
qabul qilish marshruti belgilanishi mumkin. 
Xaqiqatda strelkalarning o’tkazilganligi va kirish svetoforining ochilgani tegishli 
nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha tekshiriladi. 
57. Poezdni jo’natishdan oldin poezd dispetcheri markaziy apparatidagi nazorat 
asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha strelkali uchastkalar, yo’nalish o’zgarganda esa, 
peregonning ham bo’sh ekanligiga ishonch hosil qilib, jo’natish marshrutini belgilaydi. 
Avvaldan 
yo’nalishlarni belgilash imkoniyatini beruvchi markazlashtirilgan 
dispetcherlik qurilmalari bilan jihozlangan uchastkalarda jo’natish marshrutlari strelkali 
uchastkalarning bandligida ham (maxsus o’zi yurar harakat tarkiblari bilan band etilgan hollar 
mustasno) jo’natish marshruti belgilanishi mumkin. 


Xaqiqatdan strelkalarning o’tkazilganligi va chiqish svetoforining ochilganligi tegishli 
nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha tekshiriladi. 
58. Agar kirish yoki chiqish svetofori ochilganidan so’ng marshrutni o’zgartirish 
zururati tug’ilsa, dispetcher tegishli svetoforni yopib va bu xaqda mashinistga xabar berib
poezd chiqish svetofori oldida yoki jo’natish yo’lida to’xtatilganiga ishonch hosil qilgandan 
so’ng, yangi marshrutni tayyorlashga kirishishi va svetoforni ikkinchi bora ochishi mumkin. 
59. Peregonga xo’jalik poezdlarini ish bilan jo’natish va stansiyaga kelishi, 
shuningdek, peregonning boshidan oxirigacha boradigan suruvchi lokomotivli poezdlarni 
jo’natish avtoblokirovka signallari bo’yicha odatdagi tartibda amalga oshiriladi. 
60. Orqaga qaytadigan xo’jalik poezdini yoki jo’natish stansiyasiga qaytadigan 
suruvchi lokomotivli poezdni peregonga jo’natish avtoblokirovka signallari bo’yicha, ishlar 
rahbari (bosh konduktorga) yoki suruvchi lokomotivning mashinistiga peregon bo’ylab 
orqaga qaytish xuquqini beradigan jezl-kalitni taqdim etish bilan amalga oshiriladi. 
Ishlar rahbari yoki suruvchi lokomotivning mashinistiga jezl-kalitni taqdim etish 
uchun dispetcher stansiya boshlig’ini yoki ushbu alohida punktda stansiyaning rezerv 
boshqaruvga topshirganda poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifasi yuklatilgan boshqa 
xodimni chaqiradi. Jezl-kalit nosozligida yoki xo’jalik poezdini yoki jo’natilgan stansiyasiga 
qaytadigan suruvchi lokomotivli poezdni jo’natish uchun jezl-kalitlar bilan jihozlanmagan 
stansiya apparatlari mavjud istisno holatlarda avtoblokirovkadan foydalanish to’xtatilib, 
poezdlar harakati telefon aloqa vositalari amal qilishi o’rnatilishi lozim. 
Bunday holatlarda telefon aloqa vositalariga o’tishdan avval xo’jalik poezdi 
jo’natilayotgan peregonni chegaralovchi stansiya rezerv boshqaruviga topshiriladi. 
61. Tiklash yoki shu kabi ishlar bajarilishi lozim bo’lgan peregonni chegaralovchi 
stansiyalardan tiklash, o’t o’chirish va yordamchi lokomotivlarni jo’natish ushbu 
stansiyalarda stansiya boshliqlari yoki poezdlarni qabul qilish va jo’natish va peregonni 
yopish vazifalari yuklatilgan boshqa xodimlar navbatchilikka kirishganlaridan so’ng va 
peregon yopilgandan so’ng amalga oshiriladi. Bunday holatlarda mashinistlarga diagonali 
bo’yicha qizil tasma tortilgan oq rangli blankada ruxsatnomalar beriladi. Yordamchi 
lokomotiv tegishli xodimlar navbatchilikka kirishishlaridan ilgari lokomotiv mashinistiga 
bevosita uzatiladigan dispetcherning qayd etiluvchi buyrug’i bilan peregonga jo’natilishi 
mumkin: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling