O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"Stansiya chegarasidan chiqib manyovrlar amalga oshirishim mumkinmi"


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

"Stansiya chegarasidan chiqib manyovrlar amalga oshirishim mumkinmi"; 
"Stansiya chegarasidan chiqib manyovrlarni amalga oshirishga ruxsat 
beraman". 
Ko’rsatilgan so’nggi telefonogrammani qabul qilinishi mashinistga ushbu 
Yo’riqnomaning 5-bobida ko’zda tutilgan DU-50 shaklidagi blankada yo’l qog’ozini taqdim 
etish uchun asos bo’lib, uning yuqorisida qo’l bilan "stansiya chegarasidan chiqib 
manyovrlar qilish" degan belgi qo’yiladi. 
Ko’rsatilgan telefonogrammalar bilan poezd dispetcherlik aloqasi orqali poezd 
dispetcherining nazorati ostida almashinadi. 
Peregon qarama-qarshi tomondan kelayotgan poezd bilan band bo’lsa, manyovr 
tarkibini stansiya chegarasidan chiqishiga so’rov so’rash va ruxsat berish taqiqlanadi. 
Peregonda manyovrlar amalga oshirilayotgan stansiyadan jo’natilayotgan poezd 
harakatlanayotganda rozilik berilgan paytda peregon qo’shni stansiyadan poezd yetib 
borganligi xaqida xabar olinguncha va ushbu stansiyaga manyovrlar yakunlangani to’g’risida 
quyidagi shakldagi xabarnoma uzatilmaguncha peregon band hisoblanadi: 
"Manyovr tarkibining stansiya chegarasidan tashqariga chiqadigan manyovrlari 
yakunlandi". 
Manyovr tarkibini stansiya chegarasidan chiqishiga taaluqli barcha so’zlashuvlar 
poezd telefonogrammalari jurnalida qayd etiladi. 
356. Manyovr tarkibining ikki tomonlama yo’l blokirovkasi bilan jihozlanmagan ikki 
yo’llik peregonning noto’g’ri yo’li bo’ylab stansiya chegarasidan chiqish zaruriyati 
tug’ilganda, peregonning ushbu yo’lida blokirovka faoliyati o’rnatilgan tartibga binoan 
yopiladi. Blokirovka yopilgandan so’ng, manyovr tarkibining stansiya chegarasidan chiqishi 
lokomotiv mashinistiga ushbu Yo’riqnomaning 355-bandida ko’zda tutilgan tartibda 


to’ldirilgan yo’l xati (qog’ozi)ni berish bilan amalga oshiriladi, bunda yo’l xati (qog’ozi) 
blankasining tepasidagi belgida "noto’g’ri yo’l bo’ylab" degan so’zlar qo’shiladi. 
Ikki tomonlama avtomatik blokirovkada blok sistema harakatning tegishli yo’nalishiga 
o’tkazilgandan so’ng, manyovr tarkibining stansiya chegarasidan noto’g’ri yo’l bo’ylab 
chiqishi bir yo’llik peregonlar uchun ko’zda tutilgan tartib bo’yicha amalga oshiriladi. 
357. Qabul qilish va jo’natish yo’llarini yakka yoki bir guruh vagonlar bilan egallab 
turishga odatda yo’l qo’yilmaydi. Harakat tarkibi tomonidan manyovr ishlari amalga 
oshirilayotganda qabul qilish va jo’natish yo’llarini vaqtincha band etish faqat poezd 
dispetcherining ruxsati bo’yicha yo’l qo’yiladi. 
Oraliq stansiyalarda qabul qilish-jo’natish yo’llarini alohida vagonlar yoki harakat 
takribi bilan band etishga, stansiya navbatchisi faqat poezd dispetcheri buyrug’i bilan yo’l 
qo’yadi. 
Tutib qoluvchi berk yo’llarni har qanday harakat tarkibi, muhofaza berk yo’llarni esa - 
yo’lovchi va odamlar ortilgan yuk vagonlari, xavfli yuki bo’lgan yuk vagonlar bilan band 
etish man qilinadi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling