O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


ASOSIY VA QABUL QILISH-JO’NATISH YO’LLARIDA


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

ASOSIY VA QABUL QILISH-JO’NATISH YO’LLARIDA 
AMALGA OSHIRILADIGAN MANYOVRLAR 
353. TFQ ning 200-bandiga muvofiq, asosiy yo’llarda yoki ularni kesib o’tib, 
shuningdek, chiqish strelkalaridan tashqarida manyovrlar bajarish, har bir alohida 
holatda manyovrlar amalga oshirilayotgan yo’llar va strelkalarni kirishni to’suvchi 
tegishli kirish svetoforlarining yopiq holatida, stansiya navbatchisining ruxsati bilan 
amalga oshirilishi mumkin. 
Stansiyaning qabul qilish-jo’natish parkalarida manyovrlar faqat stansiya navbatchisi 
tuzuvchi (bosh konduktor) ga manyovr ishiga topshiriq berganda ko’rsatgan yo’llar 
(strelkalar)da amalga oshirilishi mumkin. 
354. TFQ ning 200-bandiga muvofiq, poezdlar dispetcheri va qo’shni stansiya 
navbatchisining roziligisiz va mashinistga berilgan tegishli ruxsatnomasiz tarkibni 
stansiya chegarasidan peregonlardagi bir yo’lli va noto’g’ri yo’ldan ikki yo’lli 
uchastkalarga chiqib manyovr qilishi taqiqlanadi. Tarkibni stansiya chegarasidan 
to’g’ri yo’l bo’ylab ikki yo’lli uchastkalarga chiqib manyovrlar qilishiga, poezd 
dispetcherining roziligi bilan, stansiya navbatchisining og’zaki ruxsati bo’yicha ruxsat 
etiladi. 
Bir yo’llik peregonlarda manyovr tarkibining stansiya chegarasidan chiqishi uchun 
quyidagilar ruxsat bo’lib xizmat qiladi: 


a) avtomatik blokirovkada - tegishli chiqish svetofori ochilganidan so’ng manyovr 
lokomotivi mashinistiga topshiriladigan jezl-kalit. Ochiq chiqish svetofori va jezl-kalit 
bo’yicha manyovr tarkibi birinchi bor stansiya tashqarisiga chiqqanidan so’ng peregonga 
takroriy chiqishlar, mashinistda jezl-kalit mavjudligida chiqish svetoforini ochmasdan amalga 
oshiriladi. 
Yo’l svetoforlari bilan bog’langan maxsus manyovr svetoforlariga ega avtomatik 
blokirovka bilan jihozlangan stansiyalarda manyovr tarkibining stansiya chegarasidan 
tashqariga chiqishi ushbu manyovr svetoforining ruxsat ko’rsatmasiga asosan amalga 
oshiriladi. 
Jezl-kalit yoki maxsus manyovr svetofori bo’lmaganda stansiya chegarasidan 
chiqiladigan manyovrlar uchun manyovr lokomotivining mashinistiga yo’l xati (qog’ozi) 
taqdim etiladi; 
b) yarim avtomatik blokirovkada - ushbu peregonning kalit-jezli, uning yo’qligida - 
yo’l xati (qog’ozi); 
v) elektr jezl tizimida - ushbu peregonning jezli yoki kalit-jezli; 
g) telefon aloqasida - yo’l xati (qog’ozi). 
355. Bir yo’llik peregonlarda mashinistga yo’l xati (qog’ozi) taqdim etilib manyovr 
tarkibining stansiya chegarasidan chiqishi barcha holatlarda faqat poezdlar harakatida 
signalizatsiya va aloqa asosiy vositalarining amal qilishini to’xtatmasdan peregonni 
chegaralovchi ikkala stansiyaga bir paytning o’zida uzatiladigan poezd dispetcherining ruxsati 
bo’yicha amalga oshiriladi. 
Bunday ruxsatni olganlaridan so’ng stansiya navbatchilari quyidagi mazmundagi 
telefonogrammalar bilan almashadilar: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling