a) avtomatik blokirovkada - tegishli chiqish svetofori ochilganidan so’ng
manyovr
lokomotivi mashinistiga topshiriladigan jezl-kalit. Ochiq chiqish svetofori va jezl-kalit
bo’yicha manyovr tarkibi birinchi bor stansiya tashqarisiga chiqqanidan so’ng peregonga
takroriy chiqishlar, mashinistda jezl-kalit mavjudligida chiqish svetoforini ochmasdan amalga
oshiriladi.
Yo’l svetoforlari bilan bog’langan maxsus manyovr svetoforlariga
ega avtomatik
blokirovka bilan jihozlangan stansiyalarda manyovr tarkibining
stansiya chegarasidan
tashqariga chiqishi ushbu manyovr svetoforining ruxsat ko’rsatmasiga asosan amalga
oshiriladi.
Jezl-kalit yoki maxsus manyovr svetofori bo’lmaganda stansiya chegarasidan
chiqiladigan manyovrlar uchun manyovr lokomotivining mashinistiga yo’l xati (qog’ozi)
taqdim etiladi;
b) yarim avtomatik blokirovkada - ushbu peregonning kalit-jezli, uning yo’qligida -
yo’l xati (qog’ozi);
v) elektr jezl tizimida - ushbu peregonning jezli yoki kalit-jezli;
g) telefon aloqasida - yo’l xati (qog’ozi).
355. Bir yo’llik peregonlarda mashinistga yo’l xati (qog’ozi)
taqdim etilib manyovr
tarkibining stansiya chegarasidan chiqishi barcha holatlarda faqat poezdlar harakatida
signalizatsiya va aloqa asosiy vositalarining amal qilishini to’xtatmasdan peregonni
chegaralovchi ikkala stansiyaga bir paytning o’zida uzatiladigan poezd dispetcherining ruxsati
bo’yicha amalga oshiriladi.
Bunday ruxsatni olganlaridan so’ng stansiya navbatchilari
quyidagi mazmundagi
telefonogrammalar bilan almashadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: