STRELKALI POSTLARNING NAVBATCHILARI XIZMAT
KO’RSATMAYDIGAN STANSIYA HUDUDLARIDA MANYOVR ISHLARI
358. Manyovr lokomotivi yuk hududlari, ko’mir omborlari, vagon yoki lokomotiv
depolari va boshqa yo’llarga kirish zaruriyati tug’ilsa, stansiya navbatchisi yoki poezd
tuzuvchisi vagonlarni qo’yish yoki chiqarish xaqida ushbu hududda ishlarni boshqaruvchisi
bilan avvaldan kelishib olishi kerak.
Kelishuv tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
359. Poezd tuzuvchisi strelkalarga strelkali postlar navbatchilari xizmat
ko’rsatmaydigan hudud yo’llariga manyovr tarkibining kirishi oldidan yo’l va strelkalar
holatini o’ta sinchkovlik bilan tekshirib, harakat uchun to’siqlar yo’qligiga ishonch hosil
qilish kerak.
Bunday hududlarda strelkalarni o’tkazish poezd tuzuvchisi yoki stansiyaning
texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilgan boshqa xodim tomonidan amalga oshiriladi.
360. Stansiya navbatchisining ruxsatisiz, stansiya yo’llariga strelkali post navbatchilari
tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan hududlardagi manyovr lokomotivlari yoki tarkiblarning
chiqishi man qilinadi.
Manyovr lokomotivlarning bunday hududlardan chiqishi stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv aktida belgilanadi.
12-bob. OGOHLANTIRISHLARNI BERISH TARTIBI
361. TFQ ning 263-bandiga muvofiq, poezdlarning yo’nalish bo’yicha lokomotiv
brigadalarining alohida hushyorligini ta'minlash va ularni ishlarni amalga oshirish
xaqida ogohlantirish kerak bo’lgan taqdirda poezdlarga yozma ogohlantirishlar
topshiriladi.
Ogohlantirishlar quyidagi hollarda topshiriladi:
yo’l, kontakt tarmoq qurilmalari, pereezd signalizatsiyasi, sun'iy va boshqa
inshootlar nosozligida, shuningdek, yo’lda to’xtash yoki tezlikni kamaytirishni talab
qiladigan ta'mir va qurilish ishlarida;
Do'stlaringiz bilan baham: |