O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


signalizatsiya va aloqa vositalarining yangi turlarini foydalanishga topshirishda


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

signalizatsiya va aloqa vositalarining yangi turlarini foydalanishga topshirishda, 
shuningdek, yangi svetoforlarni yoqishda, eskilarini ko’chirishda va bartaraf qilishda, 
ularni yopiq holatga keltirib bo’lmaydigan nosozliklarda; 


yo’l avtomatik signalizatsiya qurilmalarining nosozligida; 
ortish gabaritlaridan tashqariga chiqqan yuklar ortilgan poezdni jo’natishda 
ushbu poezdning yo’nalishi davomida tezlikni pasaytirish yoki alohida sharoitlarga 
rioya qilish kerak bo’lganda; 
ikki yo’lli peregonda qor tozalagich, ballaster, yo’l yotqizuvchi, ko’tarma kran, 
shag’al tozalagich va boshqa mashinalar ishlaganda; 
berilgan uchastka uchun belgilangan tezlik bilan harakatlana olmaydigan 
harakat tarkibini poezdga biriktirganda; 
kirish sharoiti yomon bo’lganida olib qo’yiladigan harakat birliklari bilan 
ishlashda, shuningdek, yo’l vagonchalarida og’ir yuklarni tashishda; 
yo’lda poezdni to’xtatish yoki tezlikni pasaytirish kerak bo’lgan boshqa barcha 
holatlarda, 
shuningdek 
lokomotiv 
brigadalarni 
poezd 
alohida 
sharoitda 
harakatlanayotgani xaqida ogohlantirish kerak bo’lganida. 
Barcha ogohlantirishlar uch turga bo’linadi: 
a) belgilangan vaqtdan bekor qilinguncha amaldagilar, tegishli rahbar ishlarni bajarish 
sharoitlariga ko’ra ishning yakunlashining aniq vaqtini aytib berolmagan hollarda; 
b) ishlar rahbari tomonidan belgilangan aniq muddat mobaynida amaldagilar, ushbu 
muddat ogohlantirish berish uchun talabnomada ko’rsatiladi; 
v) ayrim poezdlar uchun o’tkazishning alohida harakatlarida (masalan, poezdda 
belgilangan tezlikda harakatlanishi mumkin bo’lmagan yuk yoki harakat tarkibining 
mavjudligi, grafikda belgilanmagan to’xtashlar tayinlanishi va rioya qilish zarurligida). 
362. Mo’ljallangan ishlarni bajarish bilan bog’liq ogohlantirishlarga talabnomalar 
quyidagi muddatlarga beriladi: 
a) yo’l ustalari, kontakt tarmog’i hududining boshliqlari va elektromexaniklari, 
signalizatsiya va aloqa vositasi elektromexaniklari tomonidan - ishlarni bajarish davriga, 
ammo 12 soatdan oshmagan muddatga; 
b) yo’l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta'minoti distansiyalari boshliqlari yoki ularning 
o’rinbosarlari tomonidan - 5 sutkagacha; 
v) DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshliqlari tomonidan - 10 sutkagacha. 
(362-bandning 4-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Poezdlar harakati grafigida ko’zda tutilmagan bundan uzoqroq muddatga beriladigan 
ogohlantirishlar DATK boshqaruvi raisining buyrug’i bilan belgilanib, ushbu buyruqda 
DATK boshqaruvi raisi tegishli xodimlarga zarur ishlar bajarilib, normal tezlik tiklangandan 
so’ng, ogohlantirishni bekor qilish xuquqini berishi mumkin. DATK boshqaruvi raisi 
tomonidan belgilanadigan ogohlantirishlar, talabnoma tushgandan so’ng bir sutka muddat 
ichida rasmiylashtirilishi kerak. 
Yo’lni yo’l o’lchagich va defekt aniqlagich vagonlar bilan tekshirish paytida 
poezdlarni harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi joylar aniqlanganda, ogohlantirish berishga 
talabnomalar ushbu vagonlarning boshliqlari yoki ularning o’rinbosarlari tomonidan ham 
topshirilishi mumkin. 
Yo’l ustalari, kontakt tarmog’i hududining boshliqlari va elektromexaniklari, 
signalizatsiya va aloqa distansiyasining elektromexaniklari ogohlantirish berishga 
talabnomani quyidagi hollarda topshiradilar: olinadigan harakat birliklarining ishlashida, yo’l 
vagonchalarida og’ir yuklarni tashilganda, ikki va ko’p yo’llik peregonlarda yo’l oralig’iga 
materiallar tushirilganda yoki poezd o’tuvchi yo’l orqali qo’shni yo’lda turgan poezddan 
yuklar tushirilganda. 
Yo’l ustalari tomonidan, bundan tashqari, yo’l brigadiri rahbarlik qilish xuquqiga ega 
mo’ljallangan ishlarni bajarish uchun ogohlantirish berishga talabnomalar topshiriladi. 
Bunday ishlar ro’yxati yo’l ishlarini bajarishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash 
bo’yicha Yo’riqnomada belgilanadi. 


363. Ogohlantirish berishga talabnomalar yozma ravishda, telegramma yoki 
telefonogramma shaklida DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan ogohlantirishlar 
berish stansiyalariga, ogohlantirish belgilanayotgan peregonni chegaralovchi stansiyalarga, 
markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa, shuningdek, poezd dispetcheriga ham 
yo’llanadi. Sanab o’tilgan stansiyalardan biriga berilgan yozma talabnoma uni imzolagan 
shaxs tomonidan belgilangan boshqa manzillarga telegramma yoki telefonogramma yuborilib, 
tasdiqlanishi lozim. 
Agar ogohlantirish berishga talabnoma yo’l distansiyasi boshlig’i yoki boshqa yuqori 
turuvchi rahbar tomonidan berilsa, uning nusxasi ishlar rahbariga ham yuboriladi. 
Ko’zda tutilgan ogohlantirishlar berishga talabnoma bayon etilgan telegrammalar 
(telefonogrammalar) shunday hisob-kitob bilan jo’natilishi lozimki, ogohlantirish berish 
stansiyasining navbatchisi tomonidan ogohlantirish amalga kirishi paytidan kamida 3 soat 
ilgari qabul qilinsin, poezdlar to’xtovsiz 3 soatdan ortiq harakatlanadigan yo’nalishlarda esa - 
DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan muddatdan ilgari qabul qilinsin. 
Ogohlantirishni o’rnatish yoki bekor qilish uchun beriladigan har bir talabnoma 
alohida telegramma (telefonogramma) bilan rasmiylashtirilishi va ogohlantirish berish 
stansiya navbatchisiga faqat yozma ravishda yetkazilishi kerak. 
Belgilangan manzillar bo’yicha talabnomalar, telegramma va telefonogrammalarni o’z 
vaqtida yetkazilishini ta'minlaydigan, ogohlantirishlarni o’rnatish yoki bekor qilish xaqidagi 
talabnomalar, telegramma yoki telefonogrammalarni yuborish tartibi DATK boshqaruvi raisi 
tomonidan belgilanadi. 
Talabnoma ijroga qabul qilinganiga quyidagilar tasdiq bo’ladi: 
a) belgilangan manzillarga jo’natish uchun telegramma qabul qilib olingani xaqida 
telegraf xodimi (telegraf bo’lmagan joyda - stansiya navbatchisi) imzo chekkan telegramma 
(telefonogramma) nusxasi yoki matnida uni belgilangan manzillarga yetkazishning qayd 
etilgan vaqti, ushbu telefonogrammani qabul qilgan xodimning lavozimi va familiyasi 
ko’rsatiladi; 
b) ogohlantirishlar berish stansiyasi navbatchisining yozma talabnoma olganligi 
to’g’risida yoki ushbu stansiya navbatchisining ogohlantirishlar kitobida talabnoma bergan 
xodimning yozuvi ostidagi imzosi. 
364. Poezdlarga ogohlantirishlar berilayotganiga poezd dispetcheri yoki stansiya 
navbatchisi orqali ishonch hosil qilmasdan oldin, ishlar rahbariga ishga kirishish, ishlarni 
xavfsiz bajarilishiga mas'ul xodimga ishni boshlashga ruxsat berish taqiqlanadi. 
365. Ogohlantirish berish uchun talabnomalarda quyidagilar ko’rsatilishi lozim: 
a) ogohlantirish amal qiladigan joyning aniq belgilari (peregon, kilometr va yo’l 
nomeri); 
b) poezdlar harakatida ehtiyot choralari; 
v) ogohlantirish amalga kiradgan vaqt va muddati. 
366. Harakat xavfsizligiga xavf soluvchi va to’xtash signallari yoki tezlikni 
pasaytirish, "Tok qabul qilgichni tushirish" signallari bilan to’silishni talab qiluvchi yo’l va 
qurilmalar nosozliklari (defektli yakka rels, nakladkalar, strelka ostryaklari, tenglash asboblari 
qismlari, krestovinani almashtirish, bo’rtib chiqqan yo’llarni to’g’rilash va h.z.) aniqlanganda, 
ularni bartaraf etishda kutilmagan ishlarni bajarish harakatlariga ogohlantirish berishga 
talabnomalar yo’l ustasi (u bo’lmaganda - yo’l brigadiri), kontakt tarmog’i hududlari 
xodimlari talabi bo’yicha energodispetcher yoki elektrta'minoti distansiyasi boshlig’i 
(elektmexanigi), SSB elektrmexanigi tomonidan topshirilib, bu to’g’rida yo’l distansiyasi 
boshlig’i yoki mos ravishda elektr ta'minot distansiyasi, kontakt tarmog’i hududi yoki 
signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig’iga xabar qilinadi. 


367. Harakat xavfsizligiga tahdid qiluvchi kutilmagan holatlar paydo bo’lganda, 
ogohlantirish berishga talabnoma bevosita peregonni chegaralovchi stansiyalar (yoki shu 
stansiyalardan biri) navbatchilariga uzatiladi. 
Peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi olingan talabnomaga yoki qo’shni 
stansiya navbatchisining ma'lumotiga asosan, birinchi navbatda peregonda xavfli joyga qarab 
harakatlanayotgan poezdlarning mashinistlariga radio aloqa orqali kilometr (piket)ni va uni 
bosib o’tishda ehtiyot choralarni xabar qilishi shart. Ma'lumot to’g’ri qabul qilinganiga 
ishonch hosil qilib bu xaqda poezd dispetcheriga xabar qilishi lozim. Ushbu yo’nalishda 
harakatlanayotgan poezd yaqinlashayotgan yoki stansiyada bo’lsa, mashinistni radio aloqa 
orqali ogohlantirish imkoniyati bo’lmasa, yozma shakldagi ogohlantirishni taqdim qilish 
uchun chiqish (marshrut) svetofori oldida to’xtatish lozim. 
Stansiya navbatchisidan xabar olgan poezd dispetcheri peregonni chegaralovchi va 
ogohlantirish berish stansiyalariga poezdlarga ogohlantirish berish tartibi to’g’risida qayd 
etiladigan buyruq beradi. 
Poezd dispetcherlik aloqasi uzilgan hollarda peregonni chegaralovchi stansiya 
navbatchisi toki dispetcherlik aloqasi tiklangunga qadar xavfli joyga qarab jo’nab ketayotgan 
barcha poezdlarga ogohlantirish berishi shart. Aloqa tiklangandan so’ng poezd 
dispetcherining ko’rsatmalariga muvofiq harakat qilinadi. 
Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida kutilmagan ogohlantirishlarga 
beriladigan talabnomalar poezdlarga ogohlantirish berishni ta'minlovchi choralar ko’radigan 
poezd dispetcheriga topshiriladi. 
DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan ayrim uchastkalarda harakatlanayotgan 
poezdlarning mashinistlariga kutilmaganda paydo bo’lgan ogohlantirishlar xaqidagi xabarni 
yozma ruxsatnoma berish uchun poezdni to’xtatmasdan, radio aloqa orqali uzatish tartibi 
ko’zda tutilishi mumkin. Bunday xabarlar poezd peregonni chegaralovchi stansiyaga 
yaqinlashganda kirish signali ochilgunga qadar, poezdlar harakati yoki dispetcherlik 
farmoyishlari 
jurnalida 
xabarni 
qayd 
etib, 
mashinistga 
stansiya 
navbatchisi, 
markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcheri tomonidan berilishi 
mumkin. 
Poezdlar harakati uchun xavfli bo’lgan yo’l, kontakt tarmog’i va boshqa 
qurilmalarning kutilmagan nosozligini bartaraf etish bo’yicha ishlar hamda shu bilan bog’liq 
bo’lgan maxsus o’zi yurar harakat tarkibi va olinadigan birliklarning harakati nosozlik 
aniqlangandan so’ng darhol, ish joyi tegishlicha to’silgandan so’ng amalga oshirilishi shart. 
Ogohlantirishni o’rnatish zaruriyati tug’ilganda uni berishga talabnomalar belgilangan 
tartibda rasmiylashtiriladi. 
368. Ogohlantirish to’g’risidagi barcha talabnoma va telegrammalar (jumladan, poezd 
dispetcherining buyrug’i bilan uzatilganlari ham) stansiya (park) navbatchisi yoki operator 
tomonidan ogohlantirishlar kitobiga yozib qo’yiladi va nomerlanadi. 
Ogohlantirishlar kitobini yuritish va poezdlarga ogohlantirishlarni berish tartibi 
stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 
Ogohlantirish o’rnatilgan peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi talabnoma 
olingani xaqida poezd dispetcheriga xabar qiladi. 
Ogohlantirishlar har oyning birinchi kuni nol soatdan boshlab, oyma-oy birinchi 
raqamdan nomerlanadi. 
Har oyning birinchi kunida amaldagi barcha ogohlantirishlar kitobga yangitdan yozib 
qo’yiladi. 
Kitobdagi barcha qaydlar stansiya (park) navbatchisining imzosi bilan tasdiqlanishi 
lozim. 
Ogohlantirish beriladigan stansiyalarda ogohlantirishlarni qayd etish kitobi, odatda har 
bir tutash yo’nalish uchun alohida yuritiladi. 


Stansiya boshlig’i yoki uning o’rinbosari ogohlantirishlar kitobini muntazam tekshirib 
borishlari shart. 
369. Ogohlantirishlar poezdlar tuziladigan va poezdlar texnikaviy ehtiyoj uchun 
to’xtaydigan stansiyalarda beriladi. Shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarga ogohlantirishlar 
ularni jo’natiladigan boshlang’ich stansiyalar tomonidan berilishi mumkin. 
Stansiyalar ro’yxati va poezdlarga ogohlantirishlar berish tartibi DATK boshqaruvi 
raisi tomonidan belgilanadi. Ishlar rahbarlari (ishlarni xavfsiz bajarilishiga mas'ul shaxslar) 
ogohlantirishlar o’rnatilganligi xaqidagi telegrammalarni shu stansiyalarga, jumladan, qo’shni 
yo’llarda joylashgan yondosh uchastkalardan ham yo’llashi lozim. 
370. Ayrim poezdlar harakatlanishning alohida shartlari to’g’risidagi ko’zda tutilgan 
ogohlantirishlar poezdlarni tuzish yoki belgilangan tezlikda harakatlana olmaydigan harakat 
tarkiblarini poezdlarga tirkash stansiyalarida beriladi. Lokomotivlarni va lokomotiv 
brigadalarni almashtirish stansiyalarida tarkibida harakatlanishni alohida shartlariga rioya 
qilinishi talab qiladigan tarkib yoki yuk bor poezdlarni jo’natilishini istisno qiladigan shunday 
ogohlantirishlarni berish tartibi DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i 
tomonidan belgilanishi va stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilishi lozim. 
371. Ogohlantirish diagonali bo’ylab sariq tasmali oq rangli maxsus blankada yoziladi 
(DU-61 shaklidagi blank 211-betda keltirilgan) va imzo chektirilib, lokomotiv (motorvagon 
poezdi) mashinistiga yoki uning yordamchisiga shaxsan stansiya (post, park) navbatchisi yoki 
uning ko’rsatmasiga binoan operator, stansiya texnologik markazining xodimlari, strelkali 
post navbatchisi, signalchi yoki boshqa xodim tomonidan topshiriladi. Ogohlantirish 
mashinist yordamchisiga topshirilgan bo’lsa, u darhol mashinistga berishi shart, mashinist 
esa, o’z navbatida yordamchisidan ogohlantirish topshirilganligi xaqida tekshirib ko’rishi 
lozim. 
Ogohlantirishlar shaxsiy kompyuterlar va teletayp apparatlarida sariq tasmasiz oq 
qog’ozda bosib chiqarilishi mumkin. Bunda ularni jo’nab ketayotgan poezdlar lokomotiv 
mashinistlariga berish tartibi avvalgicha qoladi. 
372. Ogohlantirishlar blankalari avvaldan to’ldirilib (poezd nomeridan tashqari) 
stansiya (park, post) navbatchisi tomonidan imzo chekiladi. 
Blankalar nusxa ko’chirish qog’ozi bilan ko’paytirib to’ldirilganda har bir nusxada 
ogohlantirish matni aniq-ravshan o’qilishi lozim. 
Jo’natilayotgan poezd nomeri ogohlantirish blankasida mashinistga yoki uning 
yordamchisiga topshirilishi oldidan qo’yiladi. 
Poezdni ikkita lokomotiv tortganda ogohlantirish yetakchi lokomotiv mashinistiga 
topshiriladi, u esa ikkinchi lokomotiv mashinistini ogohlantirish borligidan xabardor qiladi. 
Poezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda ogohlantirish suruvchi mashinistiga ham 
topshiriladi. 
Shahar atrofiga qatnovchi, tortib chiqaradigan va uzatib beradigan poezdlarga, 
shuningdek, suruvchi lokomotivlarga ogohlantirishlar berish tartibi DATK mintaqaviy temir 
yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi. Bunda ogohlantirishlarni har bir poezdga emas, 
ma'lum (brigadalar almashuvi oralig’ida) muddatga berilishi mumkin. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling