O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
TFQ ning 201-bandiga muvofiq, harakat tarkibining peregonga ketib qolish
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
333. TFQ ning 201-bandiga muvofiq, harakat tarkibining peregonga ketib qolish
xavfi mavjud qiyalikda joylashgan stansiya yo’llaridagi manyovrlar, lokomotivni qiyalik tomondan qo’yib, vagonlarning avtotormozlari ishga tushirilib va sinab ko’rilgandan so’ng amalga oshiriladi. Lokomotivni qiyalik tomondan qo’yish imkoniyati bo’lmagan hollarda ushbu yo’llarda manyovrlar tisarish usuli bilan amalga oshiriladi, bunda vagonlarning avtotormozlari ishga tushirilgan va sinab ko’rilgan bo’lishi lozim. Bunday yo’llarga ega stansiyalarda harakat xavfsizligini ta'minlab manyovrlarni amalga oshirish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlar bo’yicha Yo’riqnoma bilan belgilanib, stansiyaning texnikaviy boshqaruv aktida ko’rsatiladi. Qiyalikda joylashgan yo’llarda manyovrlar amalga oshirilganda barcha holatlarda ehtiyot choralari (strelkalarni ajratilgan holatga o’rnatish, ayrim uzilgan qismlar ostiga boshmoqlarni qo’yish va boshqa choralar) ko’rilib, uzilgan vagonlarni manyovr tarkibi bilan to’qnashuvi, shuningdek, vagonlarni poezdlar harakatlanish marshrutlari yoki manyovr hududlariga ketib qolinishining oldi olinishi lozim. Manyovr paytida harakat tarkibining ketib qolish xavfi mavjud qiyaliklarda joylashgan hudud va yo’llarning ro’yxati, shuningdek, manyovrlar paytida bu hududlarda rioya etilishi lozim bo’lgan harakat xavfsizligini ta'minlashning qo’shimcha choralari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 334. Oraliq stansiyada lokomotivsiz qoldirilgan poezd tarkibi yo’lovchilar o’tishi uchun uzilib, ajratilganda ushbu tarkibning har bir qismi o’zi turgan yo’lning profiliga mos me'yorlar bo’yicha tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanishi kerak. 335. Tutashtirish va birlashtirish yo’llari tutashadigan xududlarda harakat tarkibini stansiya yoki peregonga o’z-o’zidan ketishini oldini olish maqsadida stansiya navbatchilari, tuzuvchi brigadalari, strelkali postlar navbatchilari biron harakatdagi tarkib tutash yo’lga kirganidan (chiqqanidan) so’ng darhol berk yo’llar strelkalari (jumladan, markazlashtirilganlari)ni va saqlovchilarini, tushirib yuboruvchi strelka va boshmoqlarni normal holatga o’tkazhilari lozim. 336. Kutilayotgan kuchli shamol to’g’risida ma'lumot olib yoki ma'lumot olinmagan bo’lsada, shunday shamol turganda stansiya xodimlari har biri o’z postida harakat tarkibi ketib qolishdan ishonchli mahkamlanganligini tekshirib ko’rishi va ushbu Yo’riqnomaning 2-ilovasi 9-bandiga muvofiq qo’shimcha tormoz boshmoqlarini qo’yishi lozim. 337. Harakat tarkibini peregonga ketib qolish xavfi paydo bo’lganda stansiya xodimlari uni to’xtatish uchun darhol ixtiyorida bo’lgan barcha vositalardan foydalanishlari shart. Harakat tarkibi peregonga ketib qolganda stansiya navbatchisi ixtiyorida bo’lgan barcha vositalardan foydalanib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan poezdlarni ushlab qolish va ketib qolgan tarkibni to’xtatish choralarini ko’rish uchun bu to’g’rida peregondagi poezdlarning mashinistlariga, poezd dispetcheriga, yo’l postlari, qo’shni stansiya va pereezd navbatchilariga va boshqa xodimlarga xabar berishi shart. 338. Harakat tarkiblarini stansiya yo’llarida mahkamlash operatsiyalari bajarilganida xodimlarni o’zaro nazoratini ta'minlovchi quyidagi asosiy qoidalarga rioya etilishi lozim: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling