O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
MANYOVRLARNI AMALGA OSHIRISHDA
XODIMLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR 314. TFQ ning 206-bandiga muvofiq, manyovrlar rahbarining majburiyatlari quyidagilardir: manyovr ishlariga berilgan topshiriqlarni aniq va o’z vaqtida bajarish; kelgusidagi manyovr ishlarini bajarishning rejasi va usullari bilan tanishtirish asosida manyovr ishlarida ishtirok etayotgan xodimlarning to’g’ri joylashtirilishi va harakatlarining muvofiqligini ta'minlash; poezdlarni ushbu qoidalar, DATK ning tegishli yo’riqnomalari va ko’rsatmalariga aniq amal qilgan holda tuzish; manyovr ishlarini, harakat xavfsizligi, manyovrlarda band bo’lgan xodimlarning shaxsiy xavfsizligi, harakat tarkibi va yuklarning butligini ta'min etib tashkillashtirish. Odamlari bor, nogabarit va xavfli yuklar ortilgan vagonlar bilan manyovrlarni o’ta ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish. Navbatchilikka kirishayotgan tuzuvchi (bosh konduktor) o’z hududidagi yo’llarda harakat tarkibining mavjudligi va joylashishi bilan tanishishi, uni ishonchli mahkamlanganligini tekshirishi, hudud uchun belgilangan mahkamlash vositalarning mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim. Tekshiruv natijalari xaqida stansiya navbatchisiga xabar beriladi. 315. Manyovr ishlarini boshlashdan avval manyovrlar rahbari quyidagilarni bajarishi shart: a) manyovrlarda ishtirok etayotgan barcha xodimlar, jumladan, lokomotiv brigadasi ham to’liq tarkibda o’z joyida ekanligiga ishonch hosil qilishi; b) mashinistni va manyovrlarda ishtirok etayotgan stansiya xodimlarini mo’ljallanayotgan manyovrlar rejasi va uni bajarish tartibi bilan tanishtirishi; v) vagonlar harakatlanishi uchun to’siqlar (masalan, g’ildiraklar ostida tormoz boshmoqlari) yo’qligini tekshirishi lozim. 316. Manyovrlar rahbari u yoki bu yo’lga manyovr marshrutini tayyorlash to’g’risidagi topshiriqni strelkali post navbatchisi yoki markazlashtirish posti operatoriga shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi orqali, lokomotiv hushtagi, qo’l hushtagi yoki stansiyaning texnikaviy jixozlanganligiga bog’liq ravishda texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan boshqa vositalar bilan berishi mumkin. 317. Ish jarayonida manyovrlar rahbari quyidagilarga amal qilishi shart: a) manyovr harakatlariga taaluqli signal va ko’rsatmalarni aniq va o’z vaqtida berishi lozim; b) manyovr harakatlari uchun strelkalar vaqtida tayyor bo’lishi, markazlashtirish posti operatorlari, strelkali postlar navbatchilari va lokomotivlar mashinistlari tomonidan signallar o’z vaqtida va to’g’ri berilishini kuzatib borishi; v) manyovr qilayotgan tarkib signallari va uning harakatlanish marshruti yaxshi ko’rinadigan joyda turishi; lokomotiv mashinisti bilan radio aloqa bo’lmagan (nosozlik yoki lokomotiv manyovr radio aloqasi bilan jihozlanmaganligi sababli) holatlarda mashinist yoki uning yordamchisi uzatilayotgan qo’l signallarini yaxshi ko’radigan joyda turishi; g) stansiya yo’llarida vagonlarni oldinga qaratib harakatlanganda, odatda harakat bo’yicha birinchi maxsus zina (o’tish maydonchasi, tambur)da turishi, imkon bo’lmaganda esa, to’xtatilayotgan vagonlarning oldida yo’llar oralig’ida yoki yo’l chetida yurishi; manyovr svetoforlarining ko’rsatmalari, uzatilayotgan signallar, marshrutdagi strelkalar holatini, yo’lda to’siqlar va odamlar yo’qligini kuzatishi; zarurat tug’ilganda manyovr tarkibini to’xtatish choralarini ko’rishi. Radio aloqa bo’lmaganda, zarur holatlarda signallarni uzatish uchun markazlashtirish posti operatorlari, strelkali post navbatchilari va stansiyaning boshqa xodimlarini jalb etishi; d) katta tarkiblar bilan yo’lning egri uchastkalarida yoki ko’rinish yomon (tuman, bo’ron, qor yoqqanda va h.z.) sharoitlarda xavfsizlikni ta'miilash uchun qo’shimcha choralar ko’rishi - signallar va radio aloqa yoki ikki tomonlama park aloqasi orqali ko’rsatmalarni tez- tez uzatishi; e) kesilgan strelka ko’rikdan o’tkazilib, ta'mirlanmaguncha undan harakat tarkibi o’tkazilishiga yo’l qo’ymasligi; j) tarkibga yaqinlashishdan avval to’sish signallari yo’qligiga ishonch hosil qilishi; z) vagonlarni mo’ljallanayotgan turib qolish vaqtidan qat’iy nazar mahkamlamasdan yoki stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanganidan kamroq mahkamlanib qoldirilishiga yo’l qo’ymaslik; i) barcha vagonlar o’zaro va lokomotiv bilan tirkalganiga ishonch hosil qilmasdan turib manyovr tarkibi (lokomotiv yoki vagonlarini oldinga qaratib) harakatlanishiga yo’l qo’ymasligi; k) manyovrlar turtish bilan amalga oshirilganda ajratilgan vagonlarni teskari tomonga harakatlanishiga yoki yo’lning qarama-qarshi chetidagi chegara ustunchasidan tashqariga chiqib ketmasligi choralarini ko’rishi; l) turtki bilan manyovr qilinganda yoki tarkiblar tepachaga surilganida ajratish richaglari ish sharoitlariga ko’ra "buferga" holatiga o’rnatilgan bo’lsa, ajratilgan qism tarkibdan uzilganidan so’ng richaglarni darhol normal holatga keltirishi; m) manyovr lokomotivi (yakka yoki vagonlar bilan) vagonlar bilan band etilgan u yoki bu yo’lga boshqa vagonlarni tirkash yoki uzish uchun kirganida, shuningdek, turgan vagonlar uzish uchun siqilganida manyovr lokomotividan qarama-qarshi tomonda vagonlar ishonchli mahkamlanganligiga ishonch hosil qilmasdan ushbu operatsiyalarni bajarishga yo’l qo’ymasligi; n) u yoki bu yo’lda turgan vagonlar guruhiga, jumladan, belgilangan me’yorlar bo’yicha mahkamlanganlariga ham, qo’shimcha vagonlar tirkalganda, buning natijasida ilgari qo’yilgan boshmoqlarning to’g’ri o’rnatilishi buzilmaganligini, shuningdek, mavjud boshmoqlar, soni oshgan vagonlarga yetarli ekanligini tekshirishi; o) manyovr tarkibi yuk ortish va tushirish joylaridan qo’zg’alishidan avval, harakatga to’siq yo’qligiga ishonch hosil qilishi; p) yuk ortish va tushirish ishlari yakunlanmagan vagonlar bilan manyovrlarni faqat yuk ortish va tushirish operatsiyalarini boshqaruvchi xodim bilan kelishilgandan so’ng amalga oshirish; r) tuzuvchi va konduktorlik brigadalari xodimlari bilan manyovrlar amalga oshirilganda, mehnat muhofazasi bo’yicha mahalliy yo’riqnomada ro’yxati belgilangan vagonning maxsus zinachasida, nogabarit va xavfli joylarida turishlarini taqiqlashi. 318. Manyovrlar rahbari ishni shunday tashkil etishi lozimki, harakat tarkibi yo’llarning qarama-qarshi chetidagi chegara ustunchalari (izolyatsiyalovchi birikma yoki svetoforlar)dan tashqariga chiqib ketmasin. Manyovrlar rahbarining park (yo’l)ning qarama-qarshi chetidagi xodimlar bilan ko’rsatilgan talab bajarilishini ta'minlovchi harakatlarni muvofiqlashtirish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 319. Odamlar band etgan yoki 1 klassli xavfli yuk (VM) ortilgan vagonlar, shuningdek, tashish hujjatlarida "Tepachadan tushirilmasin" va "Tepachadan ehtiyotkorlik bilan tushirilsin" shtempellari bor boshqa xavfli yuklar ortilgan vagonlar bilan manyovr qilish zarurligida stansiya navbatchisi, manyovrlar dispetcheri yoki tepacha navbatchisi bu xaqda poezd tuzuvchisini, u esa o’z navbatida yordamchisini va manyovr lokomotivi mashinistini xabardor qilishi shart. 320. Ta'mirlash (yo’l, SSB) brigadalari ishlayotgan joylarda, pereezdlarni kesib o’tib, yo’lovchi platformalari yonida, yuk omborlari, yuk hududlari, yonilg’i omborlari, vagon va lokomotiv depo yo’llarida, zavodlar, ustaxonalar va shu kabi hududlarda manyovr ishlari amalga oshirilganda, tuzuvchi va lokomotiv brigadalari o’ta ehtiyotkorlikka rioya etishlari, tarkib yo’l yonida yoki platformalarda turgan odamlarga yaqinlashganda tovushli signallarni o’z vaqtida berishlari, shuningdek, tarkib harakatlanishi xususida yuk ortish, tushirish, yo’lni, vagonlarni ta'mirlash va boshqa operatsiyalarda ishlovchilarga tovushli signalni o’z vaqtida berishlarni shart. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling