O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
"____ km da post faoliyati ___ soat ___ minutdan boshlab ochiladi (yopiladi)"
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-bob. STANSIYALARDA MANYOVR ISHLARI UMUMIY QOIDALAR 298.
"____ km da post faoliyati ___ soat ___ minutdan boshlab ochiladi (yopiladi)".
295. Elektr tortishli uchastkalarda poezd dispetcheri energo-dispetcher bilan hamkorlikda ish yuritishi va elektr ta'minoti qurilmalarini normal ishini ta'minlash choralarini ko’rishi lozim. Kontakt tarmog’i shikastlanganda, tortish podstansiyalari o’chirilganda yoki ularning quvvati kamayganida energodispetcher bilan birgalikda poezdlarni uchastkalardan o’tkazishni eng maqbul tartibini belgilash lozim. Yaxvonlik davrida energodispetcherning talabnomasi bo’yicha kontakt tarmog’idagi muzni yuqori kuchlanishli tok bilan eritish uchun poezd dispetcheri harakat grafigida "okno"lar taqdim etadi. 296. Poezd dispetcherlik aloqasining nosozligida poezdlar harakati poezd dispetcherining ishtirokisiz amalga oshiriladi. Poezdlar harakati to’g’risida aloqa bevosita stansiyalar navbatchilari o’rtasida amalga oshiriladi. Poezd dispetcherlik aloqasining nosozligida poezd dispetcheri va stansiya navbatchilari dispetcherlik farmoyishlari jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritadilar. Poezd dispetcherlik aloqasi tiklanganini poezd dispetcheri barcha stansiyalar umumiy sirkulyar buyruq bilan ma'lum qiladi. 297. Tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi xodimlarining lavozimi shtatlar jadvalida belgilanmagan kam faoliyatli uchastkalarda poezd dispetcherlarining ish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 11-bob. STANSIYALARDA MANYOVR ISHLARI UMUMIY QOIDALAR 298. Manyovr ishlari stansiya ishining texnologik jarayoni va quyidagilar ko’zda tutilgan reja asosida amalga oshirilishi lozim: poezdlarni o’z vaqtida tuzilishi va jo’natilishi; vagonlarni o’z vaqtida yuk operatsiyalari uchun uzatilishi va yuk operatsiyalari tugagandan so’ng olinishi; vagonlarni ishlash uchun eng kam vaqt sarflanishi; barcha manyovr vositalardan va texnikaviy qurilmalardan ratsional foydalanish; stansiyaga poezdlarni uzluksiz qabul qilinishi; harakat xavfsizligi hamda manyovrlar bilan bog’liq xodimlar xavfsizligi va harakat tarkibining butligi. 299. Yo’llarning rivojlanganligi, manyovr ishlarining xususiyati va hajmiga bog’liq ravishda stansiyadagi yo’llar manyovr hududlariga bo’linadilar. Manyovr hududlarining chegaralari va ularning har biridagi ish xususiyatlari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. Har bir manyovr hududida odatda bitta manyovr lokomotivi ishlaydi. Ayrim hududlarda ikki va undan ortiq manyovr lokomotivi ishlashi zarur bo’lsa, harakat xavfsizligi ta'minlanadigan ularni ishlash tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. Manyovr ishlari uchun beriladigan lokomotivlar soz bo’lishi, yaxshi ishlaydigan radiostansiyalarga, belgilangan signallar va inventarga ega bo’lishi lozim. 300. Manyovr harakatlarida markazlashtirilmagan strelkalar manyovrlarga rahbarlik qilayotgan shaxsning farmoyishiga binoan strelkali post navbatchilari tomonidan o’tkaziladi. Elektr markazlashtirish bo’lgan stansiyalarda strelkalar stansiya navbatchisi yoki markazlashtirish posti operatori tomonidan o’tkaziladi. Strelkalar markaziydan mahalliy boshqaruvga topshirilganda, shuningdek, strelkali post navbatchisi xizmat ko’rsatmaydigan markazlashtirilmagan strelkalarda manyovrlar amalga oshirilganda strelkalarni lokomotiv yoki tuzish brigadalarining xodimlari, konduktorlar, park navbatchilari, stansiya navbatchilari, stansiya boshliqlari, yuk va bagajni qabul qilib-topshiruvchilar, lokomotiv, vagon depolari xodimlari va boshqa xodimlar tomonidan o’tkazilishiga ruxsat etiladi. Manyovrlar paytida ko’rsatilgan xodimlarga strelkalarni o’tkazishga ruxsat etilgan stansiyalar ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi. (300-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil 27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi). Markazlashtirilgan strelkani o’tkazishdan avval unga xizmat ko’rsatuvchi xodim (shaxsan yoki boshqa xodimning ma'lumotiga asosan) strelka tarkib bilan band etilmaganligiga, shuningdek, yondosh yo’llardan o’tishlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim. Elektr markazlashtirishda strelka o’tkazgichning harakat tarkibidan bo’shligi boshqaruv apparatidagi nazorat asboblarinnng ko’rsatmasi bo’yicha aniqlanadi. Ushbu asboblar nosoz bo’lganida yoki vaqtincha o’chirilganida yohud strelkalar manyovr kolonkalaridan o’tkazilganida strelkali o’tkazgichning harakat tarkibidan bo’shligini aniqlash tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. Markazlashtirilmagan strelkalar (saralash yo’llarida joylashgan, manyovr ishlari har doim ketma-ket turtkilar bilan amalga oshiriladigan, sharnir-tirsakli tutashtirgichlar bilan jihozlangan strelkalardan tashqari) manyovrlar paytida zakladkalar bilan berkitlishi lozim. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling