O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"____ sanadagi № _____ buyruq bekor qilinadi. Peregonning _____ yo’li bo’ylab


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

"____ sanadagi № _____ buyruq bekor qilinadi. Peregonning _____ yo’li bo’ylab 
__ soat __ minutdan boshlab ______ (juft yoki toqligi ko’rsatiladi) poezdlar harakati 
_________ (signalizatsiya va aloqa vositasi ko’rsatiladi) orqali tiklanadi". 
290. Harakat grafigida ko’zda tutilmagan ravishda (odamlarni tushirish va chiqarish, 
yuklarni ortish va tushirish uchun) peregonda to’xtaydigan poezdni stansiyadan jo’natish 
zarurligida, ushbu poezd qo’shni stansiyaga boradigan yoki jo’natilgan stansiyasiga 
qaytadigan bo’lsa, poezd holatidan kelib chiqib poezd dispetcheri peregonni chegaralovchi 
stansiyalarga poezdning jo’nash va peregonni egallash vaqtini ko’rsatib, ruxsat beradi. 
Bunday poezdlar jo’natilganda lokomotiv mashinistlariga, shuningdek, odamlarni 
chiqarish va tushirish, yuklarni ortish va tushirishga rahbarlik qilayotgan xodimlarga tegishli 
ogohlantirishlar taqdim etiladi. Peregonda to’xtagandan so’ng ushbu poezdlarning 
mashinistlari harakatni yuqorida ko’rsatilgan xodimlarning signallariga asosan davom 
ettiradilar. 
Poezd dispetcheri yoki uning ko’rsatmasiga binoan stansiyalar navbatchilari, 
peregonga keyingi yo’ldosh poezdlar jo’natilganda, bu poezdlar mashinistlarini radio aloqa 
orqali poezdning grafikda belgilanmagan to’xtash joyi xaqida kilometr va piketni ko’rsatib 
xabarlashlari kerak.
Yopilgan peregonlar (yo’llar)ga xo’jalik poezdlari, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi 
ushbu Yo’riqnomaning 8-bobida belgilangan tartibda jo’natiladi. 
291. Poezdlar harakatida u yoki bu peregon (yo’lda) signalizatsiya va aloqa 
vositalarining nosozligi to’g’risida xabar olgan poezd dispetcheri uni dispetcherlik 
farmoyishlari jurnaliga yozib qo’yadi va stansiyalar navbatchilari orqali peregon (yo’l)ning 
bo’shligini tekshirib, harakatni telefon aloqa vositalari orqali o’rnatilishi to’g’risida quyidagi 
shaklda buyruq beradi: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling