O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


markaziy boshqaruvdan mahalliysiga topshirilgan hollarda, strelkalarga ularni


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

markaziy boshqaruvdan mahalliysiga topshirilgan hollarda, strelkalarga ularni 
o’tkazish vazifasi yuklatilgan xodimning ko’rsatmasi yoki signaliga binoan chiqishga 
ruxsat etiladi. 
TFQ ning 208-bandiga muvofiq, yig’ma poezdlar bilan ishlayotgan, shuningdek, 
manyovr ishlarini bajarish uchun ajratilgan lokomotiv brigadalari, konduktorlar va 
tuzish brigadalari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilgan manyovr 
ishlarining tartibini bilishlari lozim. Stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida 
ko’rsatilagan manyovr ishlarining shartlari bilan lokomotiv va tuzish brigadalari, 
konduktorlarni tanishtirish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzelining boshlig’i 
tomonidan belgilanadi. 
(321-bandning 8-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).


Manyovrlarni amalga oshirayotgan lokomotiv mashinistiga, manyovrlar rahbarining 
ko’rsatmasini shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari, manyovrlarda 
ishtirok etayotgan boshqa xodim orqali yoki shaxsan ushbu Yo’riqnomaning 338-bandida 
belgilangan qoidalarni bajarib, qabul qilmasdan turib, lokomotivni harakatga keltirish 
taqiqlanadi. 
Manyovrlar paytida lokomotiv mashinist tomonidan boshqariladi. Mashinist 
lokomotivni boshqarishni o’z yordamchisi yoki nazorati ostida dublyorga ishonib topshirishi 
mumkin. 
322. Vagonlar bilan oldinga qarab harakatlanganda manyovrlar rahbari faqat strelkali 
post navbatchisidan strelkalarning manyovr harakatiga tayyorligi to’g’risida signal (ma'lumot) 
olganidan yoki manyovr svetofori ochiq holatda ekanligiga ishonch hosil qilganidan so’ng 
strelkalar hududiga chiqib, harakatni boshlash to’g’risida signal berishi mumkin. 
323. Yakka lokomotiv mashinisti stansiya yo’llari bo’ylab harakatlanganda stansiya 
navbatchilari, markazlashtirish postlari operatorlari, strelkali post navbatchilari bevosita 
lokomotiv mashinistiga uzatadigan signallari yoki xabarlari yoki manyovr svetoforlari 
ko’rsatmalariga binoan ish ko’radi. 
324. Uzatiladigan signallar, shuningdek, radio aloqa yoki ikki tomonlama park aloqasi 
qurilmalari orqali olinadigan ko’rsatmalarni mashinist lokomotivning hushtagi yoki uzatilgan 
ko’rsatmani qisqacha takrorlash bilan tasdiqlashi shart. 
Agar mashinist signal yoki ko’rsatmaning to’g’ri tushunganiga ishonchi bo’lmasa yoki 
manyovr ishlarining rejasini bilmasa to’xtab, ahvolni aniqlashtirishi lozim. 
325. Yo’lovchi poezd jo’natilayotgan yo’ldan (ushbu poezd orqasidan) lokomotiv va 
manyovr tarkiblari harakatlanishiga bu yo’l to’liq bo’hamaguncha signal va ko’rsatmalar 
berish taqiqlanadi. Yo’lovchi poezdi band etgan yo’lda turgan lokomotivlar mashinistlariga 
yo’l to’la bo’shatilgani xaqida ma'lumot olmasdan turib, yo’lovchi poezdining ortidan 
harakatlanishi man etiladi. 
326. Strelkali post navbatchilari, markazlashtirish posti operatorlari va strelkalar 
o’tkazish vazifasi yuklatilgan boshqa xodimlar, manyovrlar amalga oshirilayotgan paytda 
quyidagilarga amal qilishlari shart: 
a) manyovrlar rahbari ko’rsatgan marshrut bo’yicha strelkalarni to’g’ri va o’z vaqtida 
o’tkazish; 
b) strelka o’tkazilgandan so’ng strelkali post navbatchisi uni zakladka bilan berkitib 
(ushbu Yo’riqnomaning 360-bandida ko’zda tutilgan holatlar bundan mustasno) va ostryak 
romli relsga jips turganiga ishonch hosil qilishi kerak; 
v) manyovr tarkibi harakatlanishi xaqida signal uzatish yoki xabar yuborishdan oldin 
manyovr marshrutidagi strelkalar holati to’g’riligini tekshirishi; 
g) mashinistga va tuzuvchiga signal va xabarlarni aniq va o’z vaqtida uzatishi; 
d) manyovr tarkibining harakatlarini, uzatilayotgan ko’rsatmalar va signallarni e'tibor 
bilan kuzatib borishi, ushbu ko’rsatma va signallar talablarini o’z vaqtida bajarish. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling