O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
VAGONLARNI MAHKAMLASH
327. TFQ ning 204-bandiga muvofiq, stansiya yo’llaridagi harakat tarkibi chegara ustunchalari bilan belgilangan chegara ichida joylashtirilishi lozim. Stansiya yo’llarida lokomotivsiz turgan poezd tarkiblari, vagonlar va maxsus harakat tarkiblari o’z-o’zidan ketib qolishidan tormoz boshmoqlari, qo’l tormozlari yoki DATK tomonidan belgilangan boshqa mahkamlash vositalari bilan ishonchli mahkamlanishi lozim. Vagonlar stansiya yo’llarida ushbu Yo’riqnomashshg 2-ilovasida keltirilgan me'yor va qoidalarga muvofiq mahkamlanishi lozim. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda vagon va tarkiblarni mahkamlash tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilib, unda har bir yo’lda poezdlarning vagon va tarkiblari qay tariqa mahkamlanishi, ushbu operatsiyalarni bajaradigan, shuningdek, vagon g’ildiraklari ostida mahkamlash vositalarini oladigan yoki qo’l tormozlarini qo’yib yuboradigan kishilar hamda yuqoridagi operatsiyalar bajarilgani xaqida kimga xabar qilish kerakligi belgilanadi. 328. Stansiya yo’llarida qoldiriladigan poezd tarkiblari, yakka yoki guruh vagonlar har bir holatda lokomotiv uzilguniga qadar stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilgan me'yorlar bo’yicha tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanishi lozim. Nishabligi 0,0025 dan oshmaydigan qiyaliklarda yo’lovchi poezdlar lokomotivlari almashtirilganda 15 minutdan ortiq bo’lmagan muddat mobaynida tarkibni mahkamlash uchun poezd avtotormozlaridan foydalanish mumkin. Ko’rsatilgan vaqt mobaynida lokomotivlarni almashtirish imkoni bo’lmasa, tarkib belgilangan me'yorlar bo’yicha tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanishi lozim. 329. Stansiyaga kelayotgan poezdlar lokomotivlari mashinistlariga tarkib mahkamlanganligi xususida ma'lumot olmasdan turib, undan lokomotivni uzishiga ruxsat etilmaydi. Bunday xabar mashinistga stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibda uzatiladi. Lokomotivni poezddan uzishdan avval barcha holatlarda mashinist tarkibni avtomatik tormozlar bilan tormozlashi shart. 330. Stansiyaga uzoq muddat (24 soatdan oshiq) turish uchun (rezervda, vagon ta'mir zavodiga uzatilishini kutib) kelgan vagonlar poezdlar harakatlanish marshrutidan ajratiltan, nishabligi 0,0025 dan oshmagan yo’llarga qo’yillishi kerak. Bunday vagonlar vagon g’ildiraklarini tormoz boshmoqlari ustiga surish usuli bilan mahkamlanishi lozim. Ishonchli va to’g’ri mahkamlanganlik stansiya boshlig’i, uning o’rinbosari yoki stansiya navbatchisi tomonidan tekshirilishi kerak. 331. Yuk poezdlari oraliq stansiyalarda lokomotivsiz vaqtincha qoldirilganda, ular stansiyaiing texnikaviy-boshqaruv aktida tegishli yo’l uchun belgilangan me'yorlar bo’yicha vagon g’ildiraklarini tormoz boshmoqlari ustiga surish bilan maxkamlanadi. Bunday poezd tarkiblarning to’g’ri va ishonchli mahkamlangani stansiya boshlig’i yoki uning o’rinbosari tomonidan tekshiriladi. Ular poezd dispetcherining ko’rsatmasiga binoan stansiyaga oldindan chaqiriladilar va to’g’ri mahkamlanganlik tekshiruvi xaqida unga xabar beradilar. Ko’rsatilgan rahbarlarning chaqirtirish imkoni bo’lmasa, to’g’ri va ishonchli mahkamlanganlik shaxsan stansiya navbatchisi tomonidan tekshiriladi va u bu to’g’rida poezd dispetcheriga xabar qiladi. 332. Nishabligi 0,0025 dan ortiq bo’lgan, poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlariga vagonlarni ketib qolishini oldini oluvchi qurilmalar bilan jihozlanmagan stansiyalarda yoki stansiyaning ayrim yo’llarida poezdlar tarkibini lokomotivsiz qoldirilishga yo’l qo’yilmaydi. Bunday stansiyalar va stansiya yo’llarining ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining buyrug’i bilan belgilanadi. (332-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil 27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling