"_____ sanadagi №____buyruq bekor qilinadi. Peregonning yo’li bo’ylab
poezdlar harakati ___ soat ___ minutdan boshlab (signalizatsiya va aloqa vositasi
ko’rsatiladi) orqali tiklanadi".
287. Har bir yo’l bo’ylab blokirovkali (jumladan, lokomotiv svetoforining
ko’rsatmalari bo’yicha) ikki tomonlama harakat uchun qurilmalar bilan jihozlangan ikki
yo’llik peregonda poezd dispetcheri regulirovka tartibida poezdni noto’g’ri yo’ldan jo’natsa,
ushbu yo’l bo’shligi tekshirilgandan so’ng peregonni chegaralovchi stansiyalarga va
peregonda mavjud yo’l postlariga quyidagi shaklda buyruq beriladi:
"____soat ____minutdan boshlab peregonning _____ yo’li bo’ylab ______ (juft
yoki toqligi ko’rsatiladi) poezdlarning harakati to’xtatiladi. № ___ poezdni _______
stansiyasidan bir yo’llik harakat qoidalari bo’yicha jo’nating".
Noto’g’ri yo’l bo’ylab yo’lovchi poezdini jo’natish to’g’risida shunday buyruqni
uzatishdan avval dispetcherlik farmoyishlari jurnalida YaDM yo’nalish bo’yicha
navbatchisining quyidagi buyrug’i yozilishi shart:
"№ _____ poezdni stansiyadan noto’g’ri yo’l bo’ylab jo’nating".
Noto’g’ri yo’l bo’ylab birin-ketin ikkita yoki undan ko’p poezd o’tkazilganda buyruq
matni shunga muvofiq o’zgartiriladi. Peregonda yo’l postlari mavjud bo’lsa, zarur holatda
ulardan noto’g’ri yo’l bo’ylab bir yo’nalishda harakatlanayotgan poezdlarni chegaralash
uchun foydalanish mumkin, bu ham poezd dispetcherining buyrug’ida ko’rsatiladi.
Noto’g’ri yo’ldan poezdni o’tkazish xaqidagi buyruqni olganidan so’ng stansiyalar
navbatchilari dispetcherning nazorati ostida ushbu Yo’riqnomaning 165-bandida ko’rsatilgan
shakllar bo’yicha telefonogrammalar bilan almashadilar.
Yo’l postlari navbatchilari (bir yo’llik peregonlarda ikki yo’llik tutashma postlar va
uzel oldi postlar bundan mustasno) noto’g’ri yo’l bo’ylab poezdlar harakati to’g’risidagi
so’zlashuvlarda ishtirok etmaydilar, ammo poezdning jo’natilganligi xaqida telefon orqali
xabardor qiladilar va uning o’tish vaqtini poezdlar harakati jurnalida qayd etadilar.
Yo’l postlarida chegaralash usuli bilan noto’g’ri yo’ldan birin-ketin bir nechta poezd
jo’natilganda ushbu postlarning navbatchilari qo’shni stansiyalarga poezdlar o’tgani xaqida
quyidagi shaklda xabar beradilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |