"Buyruq №____. Vaqti: soat, minut".
"№ _____ poezdning mashinisti. Men, _______ stansiyasining navbatchisi
_________ yo’l bo’ylab kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida harakatlanishga ruxsat
beraman. qabul qilish marshruti tayyor. DSP __________ (familiya)".
Poezd noto’g’ri yo’ldan harakatlanib, ushbu yo’lda kirish svetofori bo’lmaganda qayd
etiluvchi buyruq quyidagi shaklda uzatiladi:
"Buyruq №____. Vaqti: soat, minut".
"№ _____ poezdning mashinisti. Men, _______ stansiyasining navbatchisi
___________ noto’g’ri yo’ldan _____ yo’l bo’ylab harakatlanishga ruxsat beraman.
qabul qilish marshruti tayyor. DSP ________ (familiya)".
Buyruqni takrorlab va uni to’g’ri tushunilgani xususida stansiya navbatchisidan tasdiq
olganidan so’ng, mashinist poezdni stansiyaga kiritadi.
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni stansiyaga harakatlanishi
to’g’risidagi stansiya navbatchisining mashinistga buyrug’i kirish svetofori ("Stansiya
chegarasi" signal belgisi) yonida o’rnatilgan maxsus telefon orqali ham xuddi shu kabi
shakllarda uzatiladi. Bunday telefonlardan faqat lokomotiv brigadalari foydalanishi mumkin.
Odatda, radio aloqa orqali buyruq mashinistga oldindan, poezd stansiyaga
yaqinlashganda uzatiladi. Maxsus telefon orqali buyruq mashinistga poezd kirish svetofori
("Stansiya chegarasi" signal belgisi) oldida to’xtaganidan so’ng uzatiladi.
268. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida kirish svetoforining taqiq
ko’rsatmasida poezd stansiyaga ushbu Yo’riqnomaning 66-bandida ko’zda tutilgan tartib
bo’yicha qabul qilinadi.
269. Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida stansiya navbatchisining yozma
ruxsatnomasi bo’yicha poezd stansiyaga faqat favqulodda holatlarda, bu maqsad uchun ushbu
Yo’riqnomaning 265-bandida ko’zda tutilgan ruxsatnomalarning boshqa shakllaridan
foydalanish imkoni bo’lmaganda qabul qilinadi. Yozma ruxsatnoma quyidagi shaklda
to’ldiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |