O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"№ _______ poezdning mashinistiga stansiyaning ______ yo’liga harakatlanishga


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

"№ _______ poezdning mashinistiga stansiyaning ______ yo’liga harakatlanishga 
ruxsat beriladi. Qabul qilish marshruti tayyor. DSP (imzo)". 
Ruxsatnoma to’ldirilgan kun, oy, vaqt (soat, minut) ko’rsatilib, stansiyaning shtempeli 
va stansiya navbatchisining imzosi bilan tasdiqlanadi. 


Kelayotgan poezd mashinistiga yozma ruxsatnomani taqdim etish uchun stansiyaning 
texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilgan tartibda strelkali postlar navbatchilari
signalchilar, markazlashtirilgan postlar operatorlari, tuzuvchi brigada ishchilari va boshqa 
xodimlar jalb etilishi mumkin. 
270. Mashinistga yozma ruxsatnomani taqdim etish uchun tayinlangan xodimlar 
poezdning kirish (marshrut) svetofori, noto’g’ri yo’l bo’ylab esa (ushbu yo’lda kirish 
svetofori bo’lmaganda), "Stansiya chegarasi" signal belgisi oldida, kirib kelayotgan poezd 
tomonga kunduzi yoyilgan qizil bayroqni, kechasi esa qo’l signal fonarining qizil chirog’ini 
ko’rsatib kutib oladilar. Poezd to’xtagandan so’ng yozma ruxsatnoma mashinistga taqdim 
etiladi. 
271. Stansiya yo’llarining bo’sh uchastkalariga (yo’lovchi, odamlar tashiydigan va
1-klassli xavfli yuk (VM) ortilgan poezdlar band etganlaridan istisno) tiklash, o’t o’chirish 
poezdlari, yordamchi lokomotivlar, vagonsiz lokomotivlar, qor tozalagichlar, maxsus o’zi 
yurar harakat tarkibi, shuningdek, xo’jalik poezdlari (peregonni berkitilishi bilan ishlar 
amalga oshirilganda) zarur holatlarda faqat kirish signalining taqiq ko’rsatmasida, ushbu 
Yo’riqnomaning 265-bandida ko’rsatilgan ruxsatnomalar bo’yicha qabul qilinadi. Bunda 
lokomotiv (maxsus o’zi yurar harakat tarkibi) mashinistlari stansiyaga qabul qilish 
to’g’risidagi ruxsatnoma uzatilishi (jumladan, kirish svetoforida taklif chirog’i yonishidan 
avval) bilan bir paytda to’xtash zarur bo’lgan joy xaqida ogoshlantirilishi lozim. 
Bunday holatda kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida stansiyaga harakatlanayotgan 
lokomotiv mashinistlari (maxsus o’zi yurar harakat tarkibi haydovchilari) xabarda 
ko’rsatilgan joyda to’xtashlari, so’ngra signallar yoki stansiya navbatchisining, 
markazlashtirish posti operatorining, strelkali post navbatchisining yoki signalchining 
ko’rsatmalariga binoan harakatlanishlari lozim. 
272. Texnikaviy foydalanish qoidalarining 238-bandiga muvofiq ishlab chiqiladigan 
stansiya yo’llariiing ma'lum uchastkalariga suruvchi lokomotivlar, stansiyada joylashgan 
depoga yoki qo’shni stansiyada joylashgan depodan poezdlar tarkibiga qarab 
harakatlanayotgan lokomotivlarni qabul qilish tartibi, ularni stansiya chegarasidan belgilangan 
joygacha - manyovr svetoforigacha yoki "Suruvchi lokomotivning to’xtash joyi", "Poezd 
tarkibiga harakatlanayotgan lokomotivning to’xtash joyi", "Depoga qarab harakatlanayotgan 
lokomotiv (motorvagon poezd)ning to’xtash joyi" maxsus ko’rsatkichgacha harakatlanishini, 
shuningdek, ushbu lokomotivlarni stansiya yo’llari bo’ylab keyingi harakatlanish tartibini 
ko’zda tutishi lozim. 
Ushbu harakatchan birliklarni stansiyaga kirishi uchun maxsus manyovr signalining 
ruxsat ko’rsatmasida yoki kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni stansiyaga qabul 
qilish uchun ushbu Yo’riqnomaning 265-bandida ko’zda tutilgan ruxsatnomalardan biri 
xizmat qilishi mumkin. Belgilangan tartib stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida 
ko’rsatiladi va depoga kelayotgan barcha suruvchi lokomotivlar va lokomotiv (motorvagon 
poezdlar) mashinistlariga e'lon qilinadi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling