O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

 
 
 


POEZDLARNI JO’NATISH 
254. TFQning 249-bandiga muvofiq, stansiya navbatchisiga, markazlashtirilgan 
dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda esa poezd dispetcheriga poezd jo’natish 
marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, jo’natish marshruti strelkalarida manyovrlar 
to’xtatilgani, tarkibning tijorat ko’rigi va texnik xizmatdan o’tganiga ishonch hosil 
qilmasdan chiqish svetoforlarini ochish yoki peregonni egallashga boshqa ruxsat berishi 
taqiqlanadi. Poezdlarni ularni tuzish stansiyalaridan, poezd tarkibiga vagonlar ulangan 
yoki uzilgan stansiyalardan yoki poezd oxirgi qismini belgilovchi signal disklarini 
almashtirish ko’zda tutilgan stansiyalardan jo’natilishida stansiya navbatchisi chiqish 
svetoforni ochishdan yoki lokomotiv, maxsus o’zi yurar tarkib mashinistiga peregonni 
egallashga ruxsatnoma berishdan avval so’nggi vagonda poezd signalining mavjudligiga 
ishonch hosil qilishi kerak. 
Lokomotiv yo’lovchi poezd uchun berilganda yoki lokomotiv brigadasi almashganda 
depo (brigadalar almashish punkti) bo’yicha navbatchi stansiya navbatchisiga lokomotivga bir 
mashinist xizmat ko’rsatayotgani xaqida lokomotiv raqami, mashinist familiyasi va uning 
ishga kelgan vaqtini qo’shib xabar qiladi. 
Stansiya navbatchisi ushbu ma'lumotlarni poezdlar harakati jurnaliga kiritadi va ularni 
poezd dispetcheriga xabar qiladi. 
Poezd dispetcheri ushbu xabarni qabul qilgach, o’z uchastkasi stansiyasiga qayd 
etiluvchi buyruq uzatadi va ketib borish marshrutidagi qo’shni uchastka poezd dispetcheriga 
quyidagi shaklda xabar beradi: 
"___________ stansiyasidan jo’natilayotgan № _______ poezdga bir mashinist 
tomonidan xizmat ko’rsatilmoqda. Xavfsiz o’tishini ta'minlang. DNS _________". 
Stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ushbu poezdlarning qabul qilish va 
o’tkazish yo’llari ko’rsatiladi. 
Markazlashtirilmagan strelkali 
stansiyalarda poezdlarni 
jo’natishda stansiya 
navbatchisi, strelkali postlarning katta navbatchilari va strelkali postlar navbatchilari 
marshrutlarni tayyorlashning quyidagi tartibiga rioya qilishlari shart. 
Stansiya navbatchisi jo’natish marshrutiga kiruvchi barcha strelkali postlar katta 
navbatchilarini (kattalarining navbatchiligi tashkil etilmagan bo’lsa, strelkali post 
navbatchilarini) chaqirib, ularga marshrutni tayyorlash xaqida farmoyish beradi. 
Stansiya navbatchisining ko’rsatmasiga binoan strelkali post navbatchilaridan biri, 
boshqalarining telefon oldida hozirligida ushbu farmoyishni takrorlaydi, boshqa barchalar esa 
uning to’g’riligini "To’g’ri" deb tasdiqlaydilar. Farmoyish to’g’ri tushunilganiga ishonch 
hosil qilib, stansiya navbatchisi uni "Bajarilsin" so’zi bilan tasdiqlaydi. 
Marshrutni tayyorlash xaqidagi farmoyishni qabul qilib, strelkali postlarning katta 
navbatchilari uni ijro etish uchun darhol o’z hududidagi strelkali postlar navbatchilariga 
uzatishlari va to’g’ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilishlari shart. 
Jo’natish marshrutini tayyorlash va stansiya navbatchisiga marshrutning tayyorligini 
xabar qilish bilan bog’liq barcha operatsiyalar qabul qilish marshruti uchun belgilangan 
tartibdagi kabi amalga oshiriladi. 
Stansiya navbatchisi jo’natish marshruti to’g’ri tayyorlanganligiga ishonch hosil qilib, 
peregon bo’shligida va zarur holatlarda qo’shni stansiya navbatchisining roziligini olib, 
chiqish svetoforini ochadi yoki mashinistga peregonni egallash uchun boshqa usul (radio 
aloqa orqali buyruq, yozma ruxsatnoma yoki jezl) bilan ruxsat beradi. 
Signali o’rnatilgan poezdlarni stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda 
tutilgan joylarida strelkali post navbatchilari poezdlarni qabul qilishdagi kabi tartibda 
jo’nashini kuzatishlari shart. Tarkibiga marshrutning oxirgi chiqish strelkasi kirgan strelkali 


post navbatchisi poezdni kuzatib, oxirgi vagonda signallar mavjudligiga ishonch hosil 
qilgandan so’ng, stansiya navbatchisiga poezd to’liq tarkibda jo’natilganligini xabar qiladi. 
Poezd jo’natilgandan so’ng strelkalar normal holatga, yo’l band bo’lsa, bo’sh yo’l 
yo’nalishida o’rnatiladi. 
255. Poezdni jo’natish uchun chiqish svetofori ochilgandan so’ng stansiya navbatchisi 
marshrutni o’zgartirish va boshqa poezdni jo’natish uchun marshrut tayyorlash xaqida 
ko’rsatma berish xuquqiga ega emas. 
Bunday harakat favqulodda holatlarda chiqish svetofori yopilib, chiqish signali 
ochilgan poezd lokomotivining mashinisti ogoshlantirilganida va belgilangan marshrut bekor 
qilinganidan so’ng amalga oshirilishi mumkin. 
256. Stansiyadan bir yo’nalishda harakatlanuvchi bir necha poezd ketma-ket 
jo’natilganda stansiya navbatchisiga, poezdlardan biri uchun marshrut tayyorligi to’g’risidagi 
xabarni qabul qilganidan so’ng strelkali postlar navbatchilariga keyingi poezd uchun 
marshrutni tayyorlash xaqida ko’rsatma berishga ruxsat etiladi. Bunday holatda birinchi poezd 
to’liq tarkibda jo’natilgandan so’ng darhol ikkinchisini jo’natish uchun marshrut tayyorlanadi. 
Birinchi poezd marshrutiga kirmaydigan strelkalar oldindan o’rnatilishi va yopilishi mumkin. 
Ikkinchi poezdga marshrut tayyorligi xaqidagi xabar stansiya navbatchisiga birinchi poezd 
jo’natilganligi to’g’risidagi ma'lumot bilan bir paytda uzatiladi. 
257. Qarama-qarshi yo’nalishdagi poezdlar yo’li kesishgan hollarda poezdni qabul 
qilish marshruti tayyorligi to’g’risidagi xabarni olgan stansiya navbatchisiga qarama-qarshi 
yo’nalishdagi poezd marshrutini (poezd kelganidan so’ng) tayyorlash to’g’risida strelkali 
postlar navbatchilariga ko’rsatma berishga ruxsat etiladi. Bunday holatda poezd to’liq 
tarkibda yetib kelganidan so’ng qarama-qarshi yo’nalishda jo’naydigan poezd uchun marshrut 
tayyorlanadi. Kelayotgan poezd marshrutiga kirmaydigan strelkalar oldindan o’rnatilib, 
yopilishi mumkin. Jo’natish marshruti tayyorligi xaqida xabar stansiya navbatchisiga poezd 
kelganligi to’g’risidagi ma'lumot bilan bir paytda uzatiladi. 
258. Faqat poezd qabul qilinganida strelkalar holatini nazorat qilinishini 
ta'minlaydigan marshrut-nazorat qurilmalari mavjud stansiyalarda ushbu qurilmalar imkoni 
boricha jo’natish marshrutlarida ham strelkalar holatini nazorat qilish uchun qo’llanilishi 
lozim. Bunday holatlarda stansiya navbatchisi strelkali postlarga jo’natish marshrutini 
tayyorlash xususidagi farmoyishni uzatgandan va farmoyish ijro etilgandan so’ng tayyor 
marshrutda blok-ochkolar va marshrut dastaklar bo’yicha strelkalar to’g’ri o’rnatilganligini 
poezdni ushbu yo’lga qabul qilinishi uchun tekshiradi. 
Marshrut-nazorat qurilmalari imkoni boricha noto’g’ri yo’ldan harakatlanayotgan 
poezdlarni qabul qilishda ham (teskari marshrutlarni blokirovka qilish bilan) strelkalar to’g’ri 
o’rnatilganligini nazorat qilish uchun qo’llanishi lozim. 
259. Poezd stansiya yo’llaridan chiqish svetoforining taqiq ko’rsatmasida, shuningdek, 
chiqish svetofori bo’lmagan yo’llardan jo’natilganda peregonni egallash uchun yozma 
ruxsatnomaga ega yetakchi lokomotiv mashinistiga: stansiya navbatchisining radio aloqa 
orqali uzatgan ko’rsatmasi; stansiya navbatchisi tomonidan yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha 
post, park navbatchisi, markazlashtirish posti operatori, strelkali post navbatchisi yoki bosh 
konduktor (poezd tuzuvchisi) tomonidan berilgan jo’nash signalisiz poezdni harakatga 
keltirish taqiqlanadi. Jo’nash signalini berish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida 
ko’rsatiladi. 
Marshrutni tayyor ekanligiga belgilangan tartibda ishonch hosil qilmasdan turib, 
stansiya navbatchisiga poezdni jo’nashi uchun mashinistga radio aloqa orqali qayd etiluvchi 
buyruq berish yoki poezd jo’nashiga yozma ruxsatnoma taqdim etish taqiqlanadi. 


Stansiya navbatchisi (stansiya xodimi) mashinistga yozma ruxsatnoma taqdim 
etilganidan so’ng unga radio aloqa orqali jo’nash to’g’risida ko’rsatma uzatishi (jo’nash 
signali berishi) lozim. 
Chiqish svetoforida taklif chirog’i yonganidan yoki radio aloqa orqali qayd etiluvchi 
buyruq berilganidan so’ng stansiya navbatchisining poezdni jo’nashi uchun qo’shimcha 
ko’rsatma va signal berishi talab qilinmaydi. 
Poezd yo’l xati (qog’ozi) yoki diagonali bo’ylab bir yoki ikki qizil tasmali oq rangli 
blankadagi ruxsatnoma (muvofiq ravishda DU-50, DU-64, DU-56 shakllaridagi blanklar) 
bo’yicha jo’natilganida jo’natish marshrutini tutashtirish uchun stansiya navbatchisi chiqish 
svetoforida ruxsat ko’rsatmasini ochishi mumkin. Bunday holatda chiqish svetoforini 
ochishdan avval stansiya navbatchisi radio aloqa orqali yoki boshqa usul bilan mashinistda 
peregonni egallash uchun yozma ruxsatnoma borligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
260. Strelkalari markazlashtirilmagan stansiyadan poezd to’xtamasdan to’g’ri 
o’tkazilganida stansiya navbatchisi va strelkali post navbatchilari poezdni qabul qilish va 
jo’natishda belgilangani kabi marshrutlarni tayyorlash va ularning tayyorligi xaqida xabar 
berish tartibiga rioya qilishlari shart. 
Bunday holatda marshrutni tayyorlash va uni tayyorligi xaqida xabar berish paytida 
poezdni harakat marshrutiga kiruvchi barcha strelkali postlar katta navbatchilari (kattalari 
tayinlanmagan bo’lsa, navbatchilari) telefonda hozir bo’ladilar. 
261. Jadal harakatli uchastkalarda stansiyadan bir yo’nalishda harakatlanayotgan bir 
necha poezd bir marshrut bo’ylab qisqa vaqt oralig’ida o’tganda, birinchi poezdni o’tishi 
uchun marshrut tayyorligi to’g’risida xabarni olgan stansiya navbatchisi ushbu marshrutga 
kiradigan strelkalarni o’tkazishni taqiqlash va ularni yopish xaqida ko’rsatma beradi. 
Bunday holatda strelkali post navbatchilariga birinchi poezd o’tganidan so’ng harakat 
marshrutiga kiradgan strelkalarni o’tkazish taqiqlanadi. Har bir keyingi poezdga kirish va 
chiqish svetoforini ochilishi to’g’risida stansiya navbatchisi strelkali post navbatchilarini 
xabardor qilishi, ular esa poezdlarni belgilangan tartibda kutib olishlari va kuzatib qo’yishlari 
shart. 
Qabul qilish yo’lining bo’shligiga stansiya navbatchisi shaxsan yoki poezd ortidagi 
signallari bilan to’liq tarkibda yetib kelganligi va jo’naganligini xabar qiluvchi kirish va 
chiqishdagi strelkali post navbatchilarining xabari orqali ishonch hosil qiladi. 
262. Avtomatik blokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda poezdlarni stansiya orqali 
to’xtamasdan to’g’ri o’tishi uchun kirish, chiqish va marshrut svetoforlari avtomatik ishlashga 
o’tkazilganda ularning ruxsat ko’rsatmasi normal hisoblanadi. Kirish, marshrut va chiqish 
svetoforlari avtomatik ishga o’tkazilganligi xaqida stansiya navbatchisi markazlashtirish ijro 
posti operatorlarini, signalchilarni va strelkali postlar navbatchilarini xabardor qilishi lozim. 
Bunday holatda ushbu xodimlar stansiya navbatchisining alohida ko’rsatmasini kutmasdan 
har bir poezdni belgilangan joyda kutib olishlari va kuzatib qo’yishlari shart va barcha 
aniqlangan me'yordan chetlashuvlar xaqida darhol stansiya navbatchisiga xabar qilishlari, 
harakat xavfsizligi yoki odamlar xayotiga xavf soluvchi nosozliklar aniqlanganda esa poezdni 
to’xtatish choralarini ko’rishlari lozim. 
263. Vagonlar qolayotgan yo’ldan poezd jo’natilayotgan har bir holatda poezd tarkibi 
va ushbu vagonlar orasida kamida 5 m masofa qoldirilishi lozim. Joyida qolayotgan vagonlar 
ketib qolishini oldini olib ishonchli mahkamlanishi kerak. 
Bu operatsiyalarni bajarish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida 
ko’rsatiladi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling