O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


TFQ ning 197-bandiga muvofiq, manyovr ishlarida ko’rsatmalarni


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

301. TFQ ning 197-bandiga muvofiq, manyovr ishlarida ko’rsatmalarni 
uzatishning asosiy vositasi sifatida radio aloqa, zarur hollarda esa ikki tomonlama park 
aloqasi qurilmalari ishlatilishi lozim. 
Manyovr ishlarida qo’l signal asboblari bilan signal berishga ruxsat etiladi. 
Poezd tuzuvchisi olib yuriladigan soz radiostansiyaga ega bo’lishi lozim. Stansiyalarda 
mavjud radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasi qurilmalaridan manyovr ishlarini tashkil 
etish va harakat xavfsizligini ta'minlash uchun foydalanilishi lozim. 
Radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasi orqali uzatiladigan ko’rsatma va 
ma'lumotlar qisqa bo’lishi lozim; ko’rsatma bergan kishi uni manyovr lokomotivining 


mashinisti va boshqa xodimlar tomonidan to’g’ri tushunilganiga (ko’rsatmaning qisqacha 
takrorini tinglab, belgilangan tovushli javob signalini olib) ishonch hosil qilishi lozim. 
Radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasi orqali uzatiladigan, manyovr ishlariga xos 
bo’lgan ko’p qaytariladigan ko’rsatmalar uchun zarur holatlarda so’zlashuvlarning namunaviy 
reglamenti o’rnatiladi. 
Radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasining konkret maqsadi ulardan foydalanish 
xuquqi berilgan xodimlar ro’yxati va har bir manyovr hududida foydalanish tartibi 
stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 
Stansiyalarda radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasidan foydalanish tartibi 
DATK ning maxsus Yo’riqnomasi bilan belgilanadi. 
302. Stansiya navbatchisi manyovr marshrutlarini manyovr ishlari rejasiga muvofiq 
tayyorlashi lozim. 
Harakatlanish yo’nalishi o’zgarmaydigan manyovr marshruti odatda manyovr 
tarkibining to’liq harakatlanish yo’liga mo’ljallab tuziladi. Bunday marshrutni tayyorlashning 
imkoni bo’lmaganda stansiya navbatchisi mashinistni (manyovrlar rahbarini) marshrutni 
qismi qaysi yo’lga yoki qaysi svetoforgacha tayyorligini xabardor qilishi shart. 
Marshrut tayyor bo’lsa, taqiq ko’rsatmali yoki chiroqlari o’chgan manyovr svetoforini, 
stansiya (post) navbatchisi manyovr lokomotivi mashinistiga radio aloqa, ikki tomonlama 
park aloqasi yoki manyovrlar rahbari orqali uzatadigan ko’rsatmasiga binoan bosib o’tish 
ruxsat etiladi. 
303. Birlashtirish yoki tortish yo’llari bo’ylab tarkiblarni parkdan parkka o’tkazishda 
xavfsizlikni ta'minlash tartibi va shartlari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida 
ko’rsatiladi, bunda manyovr tarkiblarini vagonlari oldinga qarab harakatlanganda xavfsizlikni 
ta'minlashga alohida e'tibor berilishi kerak. 
Ayrim holatlarda mahalliy sharoitlardan kelib chiqib (parklar ketma-ket joylashganda, 
machinist kabinasidan turib manyovr lokomotivlarini vagonlardan ajratish qurilmasi bilan 
jihozlanganda va h.z.), tarkiblar tuzuvchi brigada xodimlarining kuzatuvisiz parkdan parkka 
o’tkazilishi mumkin. 
304. 
O’ta ehtiyotkorlikni talab etuvchi ayrim toifadagi yuklar ortilgan vagonlar 
(yuklarni tashish qoidalari, shuningdek, xavfli yuklarni tashish qoidalariga muvofiq), 
manyovrlar paytida qattiq yonilg’ida ishlaydigan parovozdan kamida bitta tez o’t olmaydigan 
xavfsiz yuk ortilgan yoki bo’sh vagon bilan to’silishi (ajratilishi) lozim. 
Poezdlarda va manyovrlar paytida ayrim toifadagi o’ta xavfli yuk ortilgan vagonlarni 
to’sish me'yorlari tashish hujjatlarida maxsus shtempel bosish usuli bilan ko’rsatilib, undagi 
raqamlar to’siladigan vagonlarning eng kam sonini belgilaydi, masalan, me'yorda 3/0-0-3-1 
deb qayd etilgan bo’lsa, bunda: 
birinchi raqam - poezdning yetakchi lokomotivdan to’silish vagonlari soni (surati - 
qattiq yonilg’ida ishlaydigan parovozdan, mashraj - neft yonilg’isida ishlaydigan parovozdan, 
elektrovozdan yoki teplovozdan); 
ikkinchi raqam - poezdddagi suruvchi lokomotivdan
uchinchi raqam - poezddagi odamlar ketayotgan vagonlardan; 
to’rtinchi raqam - manyovrlar paytida qattiq yonilg’ida ishlaydigan parovozdan 
to’silish vagonlari soni; 
"0" (nol) belgisi to’sish talab etilmasligini bildiradi. 
Odamlari bilan vagonlar, shuningdek, yuklarni kuzatib borish uchun maxsus ajratilgan 
xodimlari, kuzatuvchilari, qorovullari, qo’riqlash naryadlari bilan vagonlar, jonivorlar bilan 
vagonlar, 1 klassli xavfli yuk (VM) li vagonlarning oldi tomonidan ham, orqa tomonidan ham 
qo’yillishi mumkin, lekin tashish hujjatlarida quyidagi shtamplar mavjud bo’lgan: "Zaharli" 


va "To’siq ...." (bir paytning o’zida ikki shtamp) xavfli yuklar ortilgan vagonlarning doimo 
oldida qo’yiladi. 
Tez alangalanuvchi suyuqliklar ortilgan vagonlar tuzish stansiyalarida poezdlarga VM 
vagonli poezdlarning orqasidan (poezd boshidan hisoblaganda) qo’yillishi kerak. 
305. Vagon va lokomotiv depolarining ta'mir yo’llarida manyovr harakatlar DATK 
ning tegishli tarkibiy bo’linmasi mas'ul xodimining kuzatuvi ostida va shaxsiy 
ko’rsatmalariga asosan amalga oshiriladi. 
(305-band “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil 27 yanvardan 1/6-7-
02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling