O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
-bob. POEZDLARNING VAQTNI TAQSIMLASH
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
14-bob. POEZDLARNING VAQTNI TAQSIMLASH
TARTIBIDA HARAKATI 398. Vaqtni taqsimlash (ketma-ket) tartibida poezdlar harakati DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 399. Poezdlarni vaqtni taqsimlash tartibida jo’natish faqat ayrim, o’tkazish qobiliyati cheklangan, kamida tormozlash yo’li masofasida ko’rinishni ta'minlaydigan plan va profilga, avtoblokirovka bilan jihozlanmagan yo’llarga ega peregonlarda, shuningdek, avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonlarda blokirovka qurilmalari uzoq vaqt ishdan chiqqan holatlarda, telefon aloqa vositalari orqali poezdlar harakati o’rnatilgandan so’ng qo’llanishi mumkin. 400. DATK boshqaruvi raisining buyrug’i bilan poezdlarni vaqtni taqsimlab jo’natish ruxsat etilgan peregonlar, ketma-ket jo’natilayotgan poezdlarning eng katta harakat tezliklari va jo’natilayotgan poezdlar orasidagi eng kam vaqt oraliqlari belgilanishi lozim. 401. Vagonlarni peregonga tutash shahobcha yo’llarga qo’yilgan holatlarda, shuningdek, jo’natilgan poezd ketidan jo’natilish stansiyasiga qaytadigan xo’jalik poezdlari harakatlanganda, vaqtni taqsimlab harakatlanish tartibi DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilanadi. 402. Vaqtni taqsimlash tartibida poezdlar harakati poezd dispetcherining tegishli peregonni chegaralovchi stansiyalarga uzatiladigan qayd etiluvchi buyrug’i bilan o’rnatiladi. 403. Vaqtni taqsimlab jo’natilganda birinchi poezdning mashinisti peregon uchun belgilangan normal tezlikda harakatlanishi lozim. Ikkinchi poezdning mashinisti poezdni ushbu holatlar uchun DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan o’rnatilgan tezlikdan oshirmasdan, o’ta ehtiyotkorlik bilan va harakatga to’siq uchrasa, darhol to’xtatishga tayyor holda yuritishi kerak. 404. Quyidagi poezdlarni vaqtni taqsimlab (ketma-ket) jo’natish taqiqlanadi: a) yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk va odamlar tashiydigan, shuningdek, tarkibida 1 klassli xavfli yuk (VM) ortilgan vagonlar va suyiltirilgan gazli sisternalar bor poezdlarni. Bunday poezdlar ortidan ham boshqa poezdlarni jo’natish ruxsat etilmaydi; b) vagonlarni oldinga qaratib harakatlanganda; v) oldinda ketayotgan poezd uchun peregonda to’xtash ko’zda tutilgan bo’lsa; g) tuman, bo’ron paytida va signallarni ko’rinishini yomonlashtiradigan boshqa noqulay sharoitlarda. 405. Bir va ikki yo’llik peregonlarda ham poezdlarni vaqtni taqsimlab jo’natish faqat telefon aloqa vositalari bo’yicha bir yo’llik harakat qoidalariga asosan yoki elektr jezl tizimida amalga oshiriladi. Poezdlarni vaqtni taqsimlab harakatlanishi ruxsat etilgan peregonlarning jezl apparatlarida burab chiqariladigan jezllar bo’lishi kerak. 406. Poezd dispetcherining harakatni telefon aloqa vositalari orqali o’rnatish va poezdlarni vaqtni taqsimlab jo’natish xaqidagi buyrug’i olingandan so’ng, bunday poezdlar harakati to’g’risida poezd telefonogrammalari bir yo’llik va ikki yo’llik peregonlarda quyidagi shakllar bo’yicha uzatiladi: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling